Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda


Download 137.1 Kb.
bet2/7
Sana22.11.2023
Hajmi137.1 Kb.
#1793774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rayhon kurs ishi

Mavzuning maqsadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Kurs ishi ob’ekti: Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari (3-7 yoshli bolalar).
Kurs ishining vazifasi:

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiyani tashkil etish;

  • Maktabgachata’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslarini o‘rganish.

Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik.

  • Kuzatish;

  • Suhbat;

  • Savol javob;

  • Tajriba;

  • Bolaning maktab ta’limiga yetukligini tashxislovchi metodikalar.

Kurs ishining predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlar berish bo‘yicha metodikalar.
Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda Maktabgacha ta’lim- tarbiyani tashkil etishda o‘rgatiladigan amaliy hamda nazariy ma’lumotlarni o‘rganib chiqamiz va tahlil qilib ma’lumotlar yig‘amiz. To‘plangan ma’lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo‘lajak metadistlar foydalanishlari mumkin.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligining 19.09.2013-yil 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan Davlat talablari" da maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish vazifalari belgilab berildi. Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bozor, sotuvchi, xaridor, bank, banker, pul qiymatlari, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar berish ko‘rsatib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlarni berishda dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid ma'lum bilimi va ma’lumotlar bilan qurollangan bo‘lmog‘i zarur.
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari zarur:
- Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o‘rni va uning rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslarini;
- zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qo‘llay olish;
- bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash zarur.
Iqtisodiy tushunchalardan bo‘lgan bozor tushunchasi bilan tanishtirishda tarbiyachi bolalarga "bozor" haqida ma'lumot beradi.
Bozor - bu xaridor bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri bilan bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi. Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, fermer xo‘jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.
Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste'molchilardir.
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya'ni, bog‘bon o‘z yetishtirgan ho‘l meva mahsulotlarini sotib, o‘rniga o‘ziga kerakli mahsulot sotib oladi.
Bunda: tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari haqida ma'lumot beriladi. 2
Bozorlar mazmuni va ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Iste'molchilar bozori - bunda iste'mol uchun zarur bo‘lgan barcha tovarlar sotiladi;
- xizmat ko‘rsatish bozori bunda asosan zarur bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu bozorning rivojlanishi aholining iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilab berish bilan bog‘liqdir.
- uy-joy bozori - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan bo‘lib, asosan uy-joylarni xususiylashtirish va ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlardan tashkil topadi;
- innovatsion bozor - ilmiy yangiliklarni texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini, turli ixtirolarni o‘zida jalb etadi.
Shuningdek, mahalliy, milliy, asosiy, qo‘shimcha chakana, ulgurchi, mayda-ulgurchi davlatlararo, jahon bozor turlari mavjud.
Xaridor bozordan o‘ziga kerakli ehtiyoj narsalarni pulga sotib oladi. Xo‘sh, pulning o‘zi nima?
Pul - bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir.
Pul - bozor munosabatlarining asosiy vositasi, uning yordamida barcha iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi.
Ma'lumki, hamma kishilar puldan foydalanadilar.
- Pulga xonadonlar'bozordan davlatga iste'mol tovarlarini sotib oladilar.
- Pul - soliqlar, badal, qarz, stipendiya, pensiya kabi majburiyatlarni to‘lash uchun kerak.
Pul 3 ta asosiy funksiyani boshqaradi.
1 - hisob-kitob va iqtisodiy o‘lchov funksiyasi;
2 - muomala vositasi;
3 - jamg‘arish vositasi 1994-yil 2-iyundan boshlab “O‘zbekistonda milliy pul so‘m joriy etildi.3
Milliy pul - bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho to‘lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Bunda nechta mamlakat bo‘Isa, shuncha milliy pullar bor, Ularning nomida o‘xshashlik bo‘lsada, ular farqlanadi. AQSh, Kanada, Avstraliya, Gonkong pullari dollar bilan yuritiladi, lekin ular hamma jihatdan farqlanadi. Milliy pullar turlicha bo‘ladi. Ulardan biri tovar shaklidagi puldir, ya’ni bu oltindir.
Qog‘oz pullar - davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi yagona to‘lov vositasi sifatida kiritiladi va bu tanga pulning o‘ziga yozib qo‘yiladi. Qog‘oz pullar kupyura shakliga ega. Ular har xil qiymatli bo‘lib chiqariladi. Masalan, O‘zbekiston milliy puli - so‘mni olsak, 10, 25, 50,100,200,500,1000,5000,10000 va 50000 so‘mlik pullar shaklida chiqariladi. Ular yirik va mayda pullarga ajraladi. Yirik pullar qog‘oz shaklida, mayda pullar tanga va chaqa shaklida chiqariladi.
Milliy pul quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
- U mamlakatdagi yagona to‘lov vositasi hisoblanadi.
- u himoya belgilariga ega (bu belgi 12 tagacha bo‘lad), uni qalbakilashtirish qiyin bo‘ladi.
- milliy pulning o‘z ko‘rinishi bor, uni boshqa puldan farqlantirib topib olish mumkin. Milliy pul chidamli bo‘lib, uzoq davrga qadar xizmat qila oladi. Pul o‘z shakli jihatidan qog‘oz, tanga va chaqa pullardan tashkil topsa, muomala jihatidan naqd va naqd bo‘lmagan pullarga ajraladi.
Naqd pullar - bu aholi qo‘lida aniq moddiy shaklidagi qog‘oz va tanga pullar bo‘lib, u qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yuradi.
Bank - bu pul bozorda faoliyat yurituvchi moliyaviy institutdir.
Biroq oldi-sotdi aloqalariga naqd bo‘lmagan pullar ham xizmat qiladi. Bu - bankdagi ayrim kishilar, fermerlar yoki davlat tashkilotlari nomiga yozilgan puldir. Aholi naqd pul va bankdagi puldan tashqari plastik kartochkalardan ham foydalanadi. Biroq, ularning o‘zini pul deb bo‘lmaydi.
Plastik kartochka - pul borligini tasdiqlovchi vositadir. Asl pul kartochkaning o‘zi emas, balki bankdagi pul egasi hisob varag‘i yozilgan puldir. Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar kishilar va jamiyatga xizmat qiladi.
Narx - bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo‘lib, tovar va xizmat birligini sotib olish uchun to‘lanadigan pul miqdorini bildiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga narx bozordagi oldi-sotdi aloqalarini ta'minlashi, pul bo‘lgandagina bozordan narsa yoki tovar sotib olish mumkinligi, xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv, sotuvchi bozorda o‘z narxini taklif qilishi mumkinligi, savdolashuv asosida har ikki tomonga ma'qul narx paydo bo‘lishi to‘g‘risida tushuncha beriladi. Buning uchun “Bozorda" o‘yini hamkorlikda o‘ynaladi. Bolalarga xonadon byudjeti oilada jamg‘ariladigan va tejab qolingan pul, ya'ni oila daromadi va oila xarajati kabi tushunchalar berib boriladi.
Xarajat - bu har qanday narxning umumiy asosi bo‘ladi, chunki xarajatsiz hech qanday tovar yoki xizmat yaratib bo‘lmaydi.
Xarajat narx tarkibiga kiradi, chunki tovarlar sotilgach ular qoplanishi kerak. Narx hech bo‘lmaganda xarajatni qoplashga yetarli bo‘lishi kerak. Masalan, yosh tadbirkor milliy qo‘g‘irchoqni yasab uni bozorga olib chiqadi, har bir qo‘g‘irchoqning tannarxi ya'ni tadbirkor sarflagan xarajat taxminan 10.000 so‘m, unga bozor narxi 12.000 so‘m qilib belgilanadi. Tadbirkorning har bir qo‘g‘irchoqdan oladigan sof foydasi 2 000 so‘m. Talabga qarab, narx-navoni oshirish yoki tushurish mumkin. Bu bolalar bilan o‘ynaladigan "Biz bozorga boramiz” o‘yinida aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tadbirkorlik to‘g‘risidagi tushuncha berishda, tadbirkorlik mehnat faoliyatining bir turi ekanligi, bu g‘oyat mas'uliyatii mehnat turi ekanligi tushuntiriladi.
Tadbirkorlik - bu bozor qonun-qoidalariga asoslangan faoliyat hisoblanadi.
Tadbirkorlik - bu intilish, qandaydir yangilikni boshqarishda qaror qilish, yaratishga intilishdir.
Tadbirkorlik amaldagi qoidalarga muvofiq daromad olishga qaratilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish yo‘li bilan tavakkal qilib o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati hisoblanadi.
O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning taraqqiyoti tarixan 5 davrni bosib o‘tdi.
Birinchi davr - XIX asr uchinchi choragidan 1917-yilgacha davom etdi. Bunda kosiblar, dehqonlar, kichik va o‘rta korxonalar bo‘lgan.
Ikkinchi davr - 1918-1985 (turg‘unlik) davri yakka tartibdagi hunarmardchilik -kosibchilik 1 % ga yetgan.
Uchinchi davr - 1985-1991-yillar jonlashish davri
To‘rtinchi davr - shakllanishi 1991-2005-yiIlar.
Beshinchi davr - barkamollik davri 2005-yildan keyingi yillar. Mamlakatimizda yaratilgan qonunlar, me’yoriy hujjatlar asosida iqtisodiyotning an’anaviy tadbirkorlikka moyil bo‘lgan tarmoqlar, xizmatlar tarmog‘i kengayadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy va iqtisodiy amaliyotga ega. Bozor iqtisodiyotga asoslangan ishlab chiqarish jarayonida tadbirkorlikning roli kattadir.4
Tadbirkor - bu shunday insonki, u o‘zida bo‘lgan pul mablag‘laridan, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlabchiqarish qurollari, mahsulotlar bilan aholi uchun turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qiluvchi shaxsdir.
Tadbirkor - bu tartib bilan puxta o‘ylab ish qiladigan, ya'ni ishbilarmon shaxs.
- Hamma ham tadbirkor bo‘lavermaydi. Tadbirkor doimo o‘zining fikr-mulohazalari bilan yangilik yaratishga, ya'ni ishlab chiqarish tashkil etishga, yangi iste'mol mahsulotlarini yaratishga yangi texnika va texnologiyalarini yaratish orqali o‘z qo‘lida ishlayotgan xodimlarning mehnatlarini yengillashtirish, ishlab chiqarish harakatlarini kamaytirishga intiluvchi shaxs hisoblanadi.


Download 137.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling