Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda
Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
Download 137.1 Kb.
|
Rayhon kurs ishi
Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
O‘rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar o‘z ilmiy asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar. Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi juda ko‘p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto”da kiritilgan. "Avesto”da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta'minlashda asosan: - Shahar va qishloqlarni obod qilish; - Bog‘larni ko‘paytirish; - Chorva va yaylovlarga e'tibor berish; - Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g‘oyalari o‘rin egallaydi. Shuningdek: - yer, suv, zamin; - kiyim-kechak; - oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi. Zardushtiylik ta'limotida inson shaxsining takomili, tabiatni muhofaza qilish, o‘z ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini tarbiyalash masalalari o‘rin egallaydi. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq xalqlarining emas, balki g‘arb mamlakatlarining muqaddas merosi bo‘lib qoldi. Bu davrda G‘arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O‘rta yer dengizini bog‘lovchi buyuk savdo yo‘li - "Buyuk Ipak yo‘li” rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot yuzaga keldi. 12 Sharq uyg‘onish davrida qishloq, hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishi yo‘l berdi. Natijada Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Buning natijasida ko‘plab sug‘oriladigan yerlar ochildi, sug‘orish inshootlari yaratildi. Paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda, asosan, Xorazm, Urganch, Farg‘ona, Samarqad va Buxoroda to‘qimachilik mahsulotlari ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyosi mashhur bo‘ldi. Bu davrlarda pul muammosi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida o‘zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta'lim-tarbiya iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar. Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta'lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va omillarini o‘z ilmiy asarlarida yoritib berdi. Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi, Og‘ir mehnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. Beruniy "Minerologiya" asarida qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini ilgari suradi. Ibn Sino materiyanining eng sodda bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o‘simlik, hayvonot olamiga ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi to‘g‘risida o‘zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya" (aqliy bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi. Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko‘tarishgda savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turlituman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san'atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga e'tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim ahamiyatga egadir. Ma'naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo‘shib, shifoxonalar, madrasa qurdirib, ularni kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlarga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan ta'minladi. Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yo‘lga qo‘yish, mamlakat iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, o‘ylab ilmiy risolalar bitirishga bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni boshqarishda bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligini ta'kidlanadi. Talabalar uchun "Ixlosiya" madrasasi, darveshlar uchun "Xalosiya" xonaqoni, bemorlar uchun "Shifoiya" shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (Dor ul-hufroz) qurilib, ular uchun nafaqa ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan doimiy ravishda ta'minlab borilgan. Alloma tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham farovonligini, turmush darajasini o‘stirish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishga olib keldi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, diyorimizda yashab o‘tgan har bir olim-u fuzalolar mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmay, o‘z asarlari va hayot faoliyatlari bilan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. O‘zbekiston diyorimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Davlatimiz rahbari tomonidam buyuk bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangidan qad rostlagan ta'lim muassasalari, maskanlari (maktab, litsey-kollej, maktabgacha ta'lim muassasalari, oliy ta'lim); - Shifoxonalar, sanatoriya, dam olish maskanlari; - Madaniy va ma'rifiy inshootlar; - Turli xildagi banklar; - Mashinasozlikka mo‘Ijallangan korxona va zavodlar; - Yo‘l, ko‘priklar, mamlakat temir yo‘li, yangi Qamchiq dovoni; - Respublika havo yo‘llari kompaniyasi; O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik ishlarining eng sermahsul zamonaviy tizimini joriy etishning o‘zi ham davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e'tibori nihoyatda katta ekanligidan dalolat beradi. 13 Xulosa Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan barcha tarbiya turlari, ularga kelajakda barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida ulkan hissa qo‘shadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya turlari: Aqliy tarbiya; Axloqiy tarbiya; Estetik tarbiya; Jismoniy tarbiya; Mehnat tarbiyasi; Iqtisodiy tarbiya. Huquqiy tarbiya. Iqtisodiy tarbiya o‘rta guruhdan boshlab berila boshlanadi. Ya’ni ilk iqtisodiy tushunchalarni berish quyidagi bilimlar: 1-Inson va uning ehtiyojlari; 2-Inson va iqtisod; 3-Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash asosida tashkil etiladi. Bu tushunchalarni berish orqali tevarak-atrofdagi buyum va xomashyolar, ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro‘zg‘or buyumlari (ko‘rpa-to‘shak, ko‘rpacha, yostiq, choyshab, idishtovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish, ustki kiyimlar turlari haqida tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishadi.Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi, suv, havo, yer to‘g‘risida tasavvurlari shakllantiriladi. Vaqtni chamalash va bolalarning vaqtni ifodalovchi kun-tun kabi so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘Ilashga o‘rgatish asosida vaqt haqida tasavvurlari mustahkamlanadi. Shuningdek, sutka qismlari (kechasi, kunduzi, ertalab, kechqurun, bugun, kecha, ertaga) tushunchalarini farqlash va to‘g‘ri qo‘llay olishga, harakat tarzini ifodalashga (tez, sekin) o‘rgatiladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida "Non va suv biz uchun aziz", "Uy-ro‘zg‘or buyumlari", "Oshxona buyumlari” kabi mavzularda suhbatlar o‘tkaziladi. Katta guruhda quyidagi: -Inson va uning hayotiy ehtiyojlari; - Inson va iqtisodiyot; - Pul, narx mahsulotlari sotib olish va ayirboshlash; - Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo‘limlar asosida iqtisodiy bilim beriladi, bolalarga iqtisodiy ongni shakllantirish, mustaqil fikr yurita olish, puldan to‘g‘ri foydalana olish, pul qiymati, milliy valyutamiz, davlatimiz rivojidagi kuchi, xizmati haqida tushuncha beriladi. Insonlarning transport va aloqa vositalariga bo‘lgan ehtiyoji haqida tushuncha beriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida "Aloqa vositalari", "Havo" transporti haqida suhbatlar o‘tkazib, yengil transport turlari harakati kuzatiladi va kompyuter bilan yaqindan tanishtiriladi. Tovarni ishlab chiqarish, ularning turlari, pul, uning turlari, insonlar uchun pulning zaruriyati, mahsulotlarni sotish va sotib olish, savdo turlari - chakana, ulgurji savdo, mahsulotlarning narxi va uning nimaga bog‘liqligi, arzon va qimmatbaho mahsulotlar haqida tushuncha beriladi. Bular, dastavval, ishlab chiqaruvchi kim? Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmen kabi tovar egalari haqida, “pul" - nima, milliy valyutamiz haqida to‘liq ma’lumot beriladi. Bozor haqidagi tushunchalarni kengaytirib borish, bozordagi oldi-sotdi, tovar ayirboshlash naqd pul, narx, "tannarx", "foyda", "zarar", ishlab chiqarish shakllari to‘g‘risida to‘liq ma'lumot beriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida: “Pul nima?", “Pulni saqlash”, "Oziq-ovqat do‘koniga sayr" tashkil etiladi. Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalarga iqtisodiy bilimlar berish mazmun jihatdan bir muncha kengaytirilib, bunda "mulk”, oila byudjeti, “bank", "import", "eksport" kabi tushunchalar berildi. Shuningdek, iqtisodiy tarbiyani oilada ham berib boorish yaxshi samara beradi. Bu orqali bolalar oila budjeti haqida ham mustaqil fikrga ega bo‘ladilar. Oilada iqtisodiy mulk, oila mulkiga nisabatan to‘g‘ri munosabat asoslari shu tariqa tarkib toptiriladi. Oilada pul mablag‘larini shakllantirish, sarflarni har bir oila a'zolarining ehtiyojlari va umumiy ehtiyoji (gaz, elektr, isitish, suv, soliq va boshqalar)larning hisobiga oqillik bilan rivojlantirish uyushganlik va tartibga o‘rgatadi, turmush madaniyatini oshiradi. Oila byudjetida hisobga olishning yo‘qligi, oldindan ko‘ra bilmaslik, uy xo‘jaligini uyushtira bilmaslikka olib keladi. Oilada bolalarni amaliy ishlarni hal etishga jalb qilish, ularga vaqti-vaqtida va doimo topshiriqlar berish, o‘yinchoq va kitoblarni yig‘ishtirish, o‘z o‘rnini solish va yig‘ishtirish, o‘simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish, suv, gaz elektr energiyasi, pul, kiyim-kechak boshqa jihozlardan to‘g‘ri foydalanish, ortiqcha o‘ylab ko‘rishlikka o‘rgatib boriladi. Download 137.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling