Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda
Download 137.1 Kb.
|
Rayhon kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad
- Materiallar
- 3. Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
Material: taom tasviri bilan menyu.
O‘qituvchi bolalarni kafega "taklif qiladi". Har bir stolda menyu mavjud. oziq-ovqat tasviri. Bu eng mazali va buyurtma berish taklif etiladi foydali mahsulotlar, ularni nomlang va qaysilarida tez-tez ishlatilishini solishtiring oziq-ovqat va qaysi biri kamdan-kam uchraydi va nima uchun. "Turistik sayohat" Maqsad: maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy inson ehtiyojlari to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlashtirish. Materiallar:turli xil narsalar tasvirlangan kartalar. Bolalar uchta jamoaga bo‘lingan, ularning har biri janubga, shimolga sayohatga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Cho‘lga jamoalar faqat o‘zlari uchun zarur bo‘lgan narsalarni olishlari mumkin ular o‘zlarini topadigan sharoitlar. Rasmlarda ko‘rsatilgan narsalar guruh xonasi bo‘ylab joylashtirilgan, jamoa a'zolari, ularning fikriga ko‘ra, eng ko‘p kerak bo‘lgan narsani tanlaydilar. O‘yin oxirida jamoalar bir-birlarini tekshiradilar va tanlovlarini tushuntiradilar. "Shaharimiz korxonalari" Maqsad: bolalarning kasblar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, qaramlikni qanday o‘rnatishni o‘rgatish. Insonning mehnat faoliyati natijasi va kasbi o‘rtasida, tarbiyalash odamlarga qiziqish turli kasblar ularga nisbatan hurmatli munosabat. Materiallar: turli korxonalarning ustaxonalari tasvirlangan fotosuratlar. Bolalarga shahar korxonalari do‘konlari tasvirlangan fotosuratlar taqdim etiladi. Ular korxona nomini, unda ishlovchi kishilarning kasb-hunarlarini va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar. 3. Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojiantirish yo‘lida o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojiantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida", 1994-yil 15-martdagi O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi, shuningdek, 2001—yil 22-avgust, 2007-yiI 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir. 9 Mamlakatda ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar qo‘yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir. Xo‘sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish lozim. Iqtisodiyot bu - kishilarning o‘z hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi. Iqtisodiyot - kishilarning yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy ashyolarni yaratish va iste'molchiga yetkazib, hayot kechirishni kafolatlaydi. Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyoj ini qondiruvchi vosita. Shu o‘rinda ehtiyojning o‘zi nima ekanligini anglab olish zarur. Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda ma'lum mavqega ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan turli-tuman noz-ne'matlar, ya'ni barcha mahsulot va xizmatlarning majmuasidir. Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi: 1. Moddiy-mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlar bunga oziqovqat, kiyim-kechak, turar joy, uy asbob-anjomlari, transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar. 2. Turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj. Ya'ni, ta'lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o‘z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyojdir. 10 Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va istaklari asosida namoyon bo‘ladi. Bola ehtiyoji: - to‘laqonli xohishi bo‘yicha ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyoj; - ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o‘z xohishi bilan sarflash; - dam olish, sayohatga chiqish; - shaxsiy o‘yinchoqlar, kompyuter; - shaxsiy o‘rin-joy. Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga o‘rgatiladi. Bolalarga har qanday talab - bu huquqiy masuliyat deb qaralishini tushuntirish zarur. Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji to‘xtovsiz o‘sib borishi haqida ma'lumot beriladi. Masalan, ta'lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj turli yo‘nalishdagi o‘quv markazlari, chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojlarining o‘rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko‘payishi kuzatiladi. Iqtisodiyot hech narsa yo‘q yerda bo‘lishi mumkin emas. Bu albatta, iqtisodiy resurslar, kattalar mehnati orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy resurslar: 1) Moddiy resurslar; 2) Mehnat resurslari; 3) Informatsion axborot resurslar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan tanishtirganda tabiiy resurslar - yer, suv, yer osti va usti boyliklari bularningbarchasi tabiat ne'matlari ekanligi, ulardan oqilona foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy jihatlari, ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o‘lkamizdagi barcha boyliklarni asrab-avaylash kerakligi, tevarak-olam, tabiat, matematika, nutq o‘stirish va boshqa pedagogik jarayonlarda o‘rgatib boriladi.11 Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar, mashina va mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat resurslari ular kim tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning mehnat qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xo‘jaligidagi kattalarning ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari bilan tanishtiriladi. Endilikda har bir ishni tashkil etishda, albatta, oldin kerakli mahsulotlar yig‘ilar, shularga tayanib, kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Bu axborotinformatsion resurs jarayoniga kiradi. Yuqorida biz iqtisodiyot va iqtisodiy resurs va ehtiyojlar haqida fikr yuritib, maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish dolzarb muammo ekanligi va mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishda jamiyatning hamma fuqarolari faol qatnashishi zarurligini ta'kidlagan holda maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo‘ydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning maqsadi bolalarga iqtisodiyotga oid bilim va ma'lumotlar berish orqali iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetish va ularni iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirishdir. Shuningdek, milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishida kelajak avlodni tarbiyalshni maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustuvor hisoblanadi: 1. Maktabgacha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlantirish tamoyillari va qonuniyatlari bilan tanishtirish orqali ularni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish; 2. Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash, o‘z kundalik faoliyatlarida ongli ravishda qo‘llay olish malakalarini shakllantirish; 3. Bolalarda iqtisodiy tafakkur elementlarini shakllantira borib iqtisodiy muammolarni tahlil, farqlay olish, isbotlay olish va umumlashtirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish; 4. O‘qitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobi “Jamiyatning iqtisodiy negizlari"ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda: bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir" deyiladi. Download 137.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling