Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)


Download 157.04 Kb.
bet34/44
Sana02.06.2024
Hajmi157.04 Kb.
#1834323
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org

Nazorat savollari:
  1. YOritish qurilmalarni hisoblash usullarini aytib o‘ting?


  2. Foydalanish koeffitsienti usulining asosini nima tashkil qiladi?


  3. Xona indeksi deganda nima tushuniladi?


  4. YOritish uskunalarining quvvati qanday aniqlanadi?




14-MA'RUZA (4 soat)
Yoritish elektr uskunalar loyihasining yorug‘lik texnikasi qismi.

Yorug‘lik manbalari

Reja:

1. Ventili fotometriya.

2. Tashqi fotoeffektli fotoelement.

3. YOritilganlikni o‘lchash.
Ventilli fotoelement

(nurlanish energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartirgich)

Bu yarim o‘tkazgich asbobi bo‘lib, nurlanish energiyasi ta’sirida unda e.yu.k. hosil bo‘ladi. Fotoelement zanjirida tashqi kuchlanishsiz elektr toki paydo bo‘ladi. U fotoelementga tushayotgan nurlanish oqimiga bog‘liqdir. YA’ni, ventilli fotoelementlar nurlanish energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartiruvchi hisoblanadi.

YOrug‘lik o‘lchovlari uchun eng keng tarqalgan selenli fotoelementlardir, ularning spektrial- sezgirligi yorug‘likning nisbiy spektral samarali nurlanishining normallashtirilgan funksiyasiga juda yaqin to‘g‘ri keladi.

1-Selenli fotoelementning asosi bo‘lib xizmat qiladigan katta po‘latli plastinka (musbat qisqichga ulanadi).

2-YOrug‘lik nurlari uchun tiniq bo‘lmagan selenning qatlami.

3-Selendan oltinga qarab bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qulflovchi qatlam.

4- Oltin yoki platinaning yuzaki tiniq qatlami (5nm).

5- Oltin ustiga qo‘yiladigan (qoplanadigan) metall halqa (bu fotoelementining manfiy qiqichiga ulanadi).

6- Galvonometr,

YOrug‘lik ta’sirida selenning tashqi qatlamidan elektronlar ozod bo‘ladi va ular qulflovchi qatlam orqali faqat bir yo‘nalishda (selendan oltin qatlamiga qarab) harakat qilishi mumkin. Agar fotoelement qisqichlariga galvonometr ulansa, unda zanjirda elektr toki hosil bo‘ladi (yo‘nalishi rasmda ko‘rsatilgan).


Fotoelement tekisligida fototok o‘zgarishini yoritilganlikka nisbatan to‘la mosligi tashqi zanjirga qisqa ulanganda saqlanadi (Stoletov), ya’ni uning qarshiligi nolga teng bo‘lganda tashqi zanjirga qarshilik (galvanometr) ulanganda bum oslik buziladi va bu buzilish, fotoelement tekisligidagi yoritilganlik qancha katta bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi, chunki yoritilganlik qaratilganda selenli fotoelementning ichki qarshiligi kamayadi.

Rasm. Selenli fotoelement fototokini tashqi zanjirning turli qarshiliklarida yoritilganlikka bog‘lanishi.




Download 157.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling