Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)


YOrug‘lik manbaini tanlash


Download 157.04 Kb.
bet31/44
Sana02.06.2024
Hajmi157.04 Kb.
#1834323
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Bog'liq
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org

YOrug‘lik manbaini tanlash

Asosiy yorug‘lik manbalari:



1. CHug‘lanma chiroqlari;

2. Lyuminessent chiroqlari (gaz razryadli chiroqlari);

3. DRL chiroqlari (razryadli yoy chiroqlar);
Har bir yorug‘lik manbaining avfzalligini va kamchiligini hisobga olib, har bir joy uchun to‘g‘ri keladigan manbai:

-etarli yoritganligini, samaradorligini ishda qulayligini, tan narxini, xizmat davrini va boshqalar nuqtai nazaridan tanlash kerak.


Mana shunday tahlil natijasida bir qancha takliflar qilingan:

-boshqaruv, chizma o‘quv xonalarida, rahbariyat va jamoat binolarida, ishlab chiqarish joylarida lyuminessent chiroqlarini qo‘llash taklif etish. YAna bular: yordamchi joylarda (san - tugunlarda, zinapoyalarda, koridorlarda, muzey, galeriyalarda va boshqalar) qo‘llanilishi mumkin.

Agar xona harorati + 5°S kichik bo‘lsa (uzoq muddatga) unda lyuminessent chiroqlar qo‘llanilmaydi.
YOritish sistemasini tanlash

1. Umumiy bir tekis yoritish sistemasi.

Bu sistemada, har bir qatordagi chiroqlar orasidagi masofa va qatorlar orasidagi masofalar o‘zgarmas ushlab turiladi. Bunday bir tekis chiroqlarni taqsimlash, xonaning hamma maydonida yoritish bir xil sharoitini yaratish kerak bo‘lsa, qo‘llaniladi.



2. Tarqalishi cheklangan umumiy yoritish sistemasi.
Bu sistema. oldingiga, qaraganda o‘rnatilgan quvvati kamaytirish bilan birga, yoritishni sifatini oshiradi (yorug‘lik oqimini kerakli yo‘nalishga yuboradi va yaqin joylashgan jihozlarning soyasini yo‘q qiladi).


3. Qo‘shma (kombinatsiyalangan) yoritish sistemasi.
Bu, xonani umumiy yoritish va ish yuzalarini mahalliy yoritishlardan, tashkil topadi. Bu sistema, katta boshlang‘ich xarajatlar bilan xarakterlanadi (mahalliy yoritish uskunalariga ketgan qo‘shimcha xarajatlar natijasida), lekin bir qancha afzalliklari bor:

1. Kichik o‘rnatilgan quvvati va elektr energiya sarfi, bu esa elektr energiya bahosini kamaytiradi;

2. YOritishni ishlatishda qulayligi va moslashuvchanligi (nazorat, chiroqlarni ta’mirlash soddalashadi, va elektr energiyani tejash imkoniyati oshadi);

3. YOrug‘lik oqimi yo‘nalishini o‘zgartirish mumkinligi va soyalarni joylashishini o‘zgartirish va ko‘rish darajasini o‘zgartirish mumkinligi;



Download 157.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling