YOrug‘lik parametriga ravshanlik ham kiradi
Trubkani diametri bo‘yicha ravshanlik bir tekis emas, shuning uchun uning o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan yo‘nalishdagi ravshanlikning diametr bo‘yicha o‘rtachasini aniqlanadi. Trubka oxirlarida ravshanlikning kamayishi kuzatiladi.
Foydalanish (ishlatish) parametrlari
YOrug‘lik uzatish darajash.
Jadvalga asosan, (ma’lumotnomalar keltirilgan) lyuminessent chiroqlarning uzatish darajasi, chug‘lanma chiroqlarnikiga qaraganda ancha yuqori.
O‘rtacha yonish davri (muddati).
Lyuminessent chiroqlarlar uchun bu kattalik -10000 soatni tashkil qiladi, bu o‘rtacha yonish davridan ancha katta.
Har bir chiroqning yonish muddati 4000 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. LCH ning yonish davriga, foydalanish sharoiti ancha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tarmoqdagi kuchlanishning, chiroq tez-tez ulanishi, atrof-muhit haroratining LCH ning yonish davrini ancha qisqartiradi.
YOrug‘lik va elektrik parametrlarning, manba tarmog‘i kuchlanshiiga va tashqi muhit sharoitiga bog‘liqligi
Ulanishning har qanday sxemalarida lyuminessent chiroqlar parametrlari chug‘lanma chiroqlarga qaraganda, manba tarmog‘ining kuchlanishiga ancha kam bog‘liq. Lekin shunga qaramasdan, tarmoq kuchlanishning tebranishi, lyuminessent chiroqlarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kuchlanish past bo‘lsa, chiroq yonmaydi, ya’ni katoddan oksid kuchli sochilishi natijasida yonish kechikadi.
Kuchlanish oshganda, chiroqdagi simob bug‘larining bosimi, oshadi, energiyani o‘zgarish samarasi kamayadi, hamda yonish davri ham kamayadi.
Lyuminessent chiroqlarning ishlashi uchun optimal harorat 20-25°S bo‘lishi kerak. Haroratning pasayishi yoki oshishi, chiroqning issiqlik bo‘ladi muvozanatini buzadi va uning samaradorligining kamaytiradi. Masalan 0°S ga yaqin bo‘lgan kichik haroratda, odatdagi sxemlarda ishlovchi lampalarning yonishi qiyinlashadi.
Lyuminessent chiroqlarning o‘lchamlari, shakli va boshqalar.
Lyuminessent chiroqlarning asosiy qismi, to‘g‘ri trubkachali chiroqlarga o‘xshab tayyorlanadi, faqat trubkaning uzunligi va diametri bilan bir biridan farq qiladi.
Lyuminessent chiroqlarning qo‘llanish sohasini kengaytirish maqsadida egilgan lyuminessent chiroqlarning har xil variantlari tayyorlangan:
U-shaklida, seksiyali halqa va halqali,
Do'stlaringiz bilan baham: |