BUNI HAMMA BILISHI KERAK
(qisqa satrlarda)
2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni. Konstitutsiya davlat tuzilishini,
uning boshqaruv shaklini, davlat
organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini, shaxsning huquqi, erkinligi va burchlarini belgilab qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oliy Kengash tomonidan 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.
Konstitutsiya 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.
PREZIDENTLIK LAVOZIMI
Respublika boshqaruvidagi mamlakatlarda Prezidentlik birinchi marta Davlat boshlig‘i sifatida 1787-yilda AQSHda
joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va hukumat boshlig‘i hisoblanadi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil
O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun saylovda Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev 80.12 foiz ovozga ega
bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari
Oliy Bosh qo‘mondoni ham hisoblanadi.