AQIDAPARASTLIK (aqida - arabcha – ishonch) muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga
qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat,
vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar
ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi.
EKSTREMIZM (lotincha «yextremus» - keskin, so‘nggi) ostida muayyan jamiyatda qabul qilingan qonun-
qoidalarga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib va amal qilish tushuniladi.
TERRORIZM – qo‘rqitish va zo‘ravonlik ishlatishni anglatuvchi ijtimoiy fenomendir. Siyosiy terrorizm
muayyan ijtimoiy guruh manfaatlari yo‘lida zo‘ravonlik (suiqasd, portlatish, garovga olish, beqarorlik keltirib
chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima, qo‘rquv uyg‘otish va h.k.) ishlatish bilan bog‘liq.
MISSIONERLIK - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: