O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I
Davlatning ramziy belgilaridan biri bo‘lmish Davlat bayrog‘i maxsus qonun bilan belgilangan yoki
Konstitutsiya asosida rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda Oliy Kengashning VII sessiyasida
tasdiqlangan. Davlat bayrog‘ining uzunligi – 250 sm, kengligi – 125 sm.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
Davlat gerbi – davlat ramzi, davlatning milliy, siyosiy, iqtisodiy hususiyatlari hamda ijtimoiy va davlat tuzumi,
geografik va boshqa belgilarini shartli ravishda ifodalaydigan tamg‘a-belgi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi Oliy Kengashning X sessiyasida 1992-yil 2-iyul kuni tasdiqlangan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYUTASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi milliy
valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra so‘m tarixda birinchi bor 1994-yil 1-iyulidan pul
muomalasiga kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: