Buni hamma bilishi kerak


Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana07.02.2023
Hajmi0,53 Mb.
#1174981
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buni hamma bilishi kerak2023

VAHHOBIYLAR hukumatni qo‘lga olishda ochiq kurash, ekstremizm, terror yo‘lini tutsalar, «hizbchilar»
g‘oyaviy, mafkuraviy kurash uslubini qo‘llaydilar.
SHOVINIZM - shaddiy millatchilik, milliy ustunlik g‘oyasi va siyosatining ifodasi.
KORRUPSIYA - (lot. «corruptio» – poraga sotilish, aynish, tanazzul– mansabdor shaxsning boyish
maqsadida o‘z mansabi bilan bog‘liq huquqlarini suisteьmol qilishdan iborat jinoyati.
FANATIZM – (lotincha so‘z bo‘lib, qurbongoh, ibodatxona) mutaassiblik – qandaydir e’tiqodga yoki
dunyoqarashga o‘ta darajada berilganlik, boshqa har qanday qarashlarga toqat qila olmaslik.
QO‘SHILMASLIK HARAKATI – Tinchlik davrida jahondagi ko‘plab davlatlarning tashqi siyosatidagi
asosiy yo‘li. Harbiy bloklarda ishtirok etishini rad qilish hamda o‘z hududida chet davlatlarning harbiy bazalari
joylashishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan siyosatdir.


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
– 1967 – yilda tashkil etilgan.


“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilanadi.
1. Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etiladi, inson qadri-qimmati va uning qonuniy
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, keng ko‘lamli islohotlar yangi pog‘onaga ko‘tariladi.
2. Adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlashning eng asosiy va zaruriy sharti
bo‘ladi.
3. Milliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri
bo‘ladi.
4. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritiladi, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-
tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.
5. Ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
6. Iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi kabi umumbashariy
muammolarga yechim topish dolzarb bo‘lib qoladi.
7. Mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlar qudratini yanada
oshirish ustuvor maqsad bo‘lib qoladi.


1-RENESSANS
Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizasiya va
madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan
qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch
ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari so‘zi davom etarkan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal
qiladi”, degan so‘zlarini keltiradi.
“Men yuqorida Aristotelning fikrlarini bejiz eslamadim. Hammangizga yaxshi ma’lum, antik davrda Yunonistonda
yongan ilm mash’alasi to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda
yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib
berdi. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud
Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat
taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
“Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy,

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling