Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

Ko‘pyoqlarning hajmlari 
82. To‘g‘ri burchakli Parallelepipedning hajmi uning uchta o‘lchami 
ko‘paytmasiga teng. 
83. Og‘ma prizmaning hajmi uning perpendikulyar kesim yuzi va yon qirrasi 
ko‘paytmasiga teng. 
84. Prizmaning hajmi uning asos yuzi va balandligi ko‘paytmasiga teng. 
85. Uchbuchakli prizmaning hajmi yon yog‘ining yuzi va bu yoqqa qarama-qarshi 
yon qirrasi ko‘paytmasining yarmiga teng. 
86. Piramidaning hajmi uning asos yuziga balandligi ko‘paytmasining uchdan 
biriga teng. 
87. Balandliklari teng va asoslari tengdosh bo‘lgan piramidalar tengdoshdir. 


23 
88. Piramidaning asosida yotgan to‘g‘ri chiziq va piramida uchi orqali tekislik 
o‘tkazilganda, to‘g‘ri chiziq asos yuzini qanday nisbatda bo‘lsa, tekislik ham 
piramida hajmini shunday nisbatda bo‘ladi. 
89. Agar 𝐴
1
, 𝐵
1
va 𝐶
1
nuqtalar 𝐴𝐵𝐶𝐷 uchburchakli piramidaning mos ravishda 𝐷𝐴, 
𝐷𝐵 va 𝐷𝐶 qirralarida yoki ularning davomida yotsa, u holda 𝐴
1
𝐵
1
𝐶
1
𝐷
1
piramida 
hajmining 𝐴𝐵𝐶𝐷 piramida hajmiga nisbati 
𝐷𝐴
1
𝐷𝐴

𝐷𝐵
1
𝐷𝐵

𝐷𝐶
1
𝐷𝐶
nisbatlar ko‘paytmasi kabi 
bo‘ladi. 
90. O‘xshash ko‘pyoqlarning hajmlari nisbati o‘xshashlik koeffitsiyentining kubi 
kabi bo‘ladi. 
91. Tetraedrning asos yuzi va balandligining ko‘paytmasi o‘zgarmasdir. 
92. Tetraedrning hajmi 𝑉 ikkita qarama-qarshi qirralari 𝑎 va 𝑏, ular orasidagi 
masofa 𝑐 hamda ular orasidagi burchak φ sinusi ko‘paytmasining oltidan biriga 
teng, ya’ni 
𝑉 =
1
6
𝑎𝑏𝑐 ⋅ sin φ . 
93. Tetraedrning hajmi 𝑉 uning ikkita yog‘ining yuzi 𝑃 va 𝑄 hamda ular orasidagi 
φ burchak sinusi ko‘paytmasini ularning umumiy qirrasi 𝑎 ga nisbatining uchdan 
ikki qismiga teng, ya’ni
𝑉 =
2
3
𝑃 ⋅ 𝑄 ⋅ sin φ
𝑎

94. a) tetraedrning hajmi uning to‘la sirti va ichki chizilgan sfera radiusining 
uchdan biriga teng. 
b) ichki sfera chizish mumkin bo‘lgan ko‘pyoqning hajmi uning to‘la sirti va 
ichki chizilgan sfera radiusi ko‘paytmasining uchdan biriga teng. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling