5. Uchburchakning burchaklari yig‘indisi haqidagi teorema va uning
natijalari.
1) Uchburchakning ichki burchaklari yig‘indisi 180° ga teng.
2) Uchburchakning tashqi burchagi unga qo‘shni bo‘lmagan ikkita ichki
burchaklari yig‘indisiga teng.
3) Qavariq 𝑛 burchakning ichki burchaklari yig‘indisi 180°(𝑛 − 2) ga teng.
4) 𝑛 burchakning tashqi burchaklari yig‘indisi 360° ga teng.
5) Agar tomonlari o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan ikkita burchakning ikkalasi
ham o‘tkir yoki ikkalasi ham o‘tmas bo‘lsa, u holda ular teng bo‘ladi.
6. Agar 𝐴𝐵𝐶 uchburchakning 𝐵 va 𝐶 burchaklarining bissektrisalari 𝑀 nuqtada
kesishsa, u holda
∠𝐵𝑀𝐶 = 90° +
∠𝐴
2
.
7. Qo‘shni burchaklar bissektrisalarining orasidagi burchak 90° ga teng.
8. Ikki parallel to‘g‘ri chiziqni uchinchisi kesib o‘tganda hosil bo‘ladigan ichki bir
tomonli burchaklarning bissektrisalari o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi.
9. To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning tenglik alomatlari.
1) Ikkita katetiga ko‘ra.
2) Bir kateti va gipotenuzasiga ko‘ra.
3) Gipotenuzasi va o‘tkir burchagiga ko‘ra.
4) Kateti va o‘tkir burchagiga ko‘ra.
10. Burchak tomonlaridan bir xil uzoqlikda yotgan burchak ichki nuqtalarining
geometrik o‘rni burchak bissektrisasidir.
11. To‘g‘ri burchakli uchburchakning 30° li burchagi qarshisidagi katet
gipotenuzaning yarmiga teng.
12. Agar to‘g‘ri burchakli uchburchakning kateti gipotenuzaning yarmiga teng
bo‘lsa, bu katet qarshisidagi burchak 30° ga teng.
13. Uchburchak tengsizligi. Uchburchakning ikki tomoni yig‘indisi uchinchi
tomondan katta.
14. Uchburchak tengsizligidan kelib chiqadigan natija. Siniq chiziqning
bo‘g‘inlari yig‘indisi birinchi bo‘g‘inining boshi va so‘nggi bo‘g‘inining oxirini
tutashtiruvchi kesmadan katta.
15. Uchburchakning katta burchagi qarshisida katta tomon yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |