8
2) Katta og‘maga katta proyeksiya mos keladi va aksincha.
19. Parallelogramm. Qarama-qarshi tomonlari parallel bo‘lgan to‘rtburchakka
parallelogramm deyiladi.
Parallelogrammning xossalari va belgilari.
1) Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka ajratadi.
2) Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari o‘zaro teng.
3) Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari o‘zaro teng.
4) Parallelogrammning diagonallari bitta nuqtada
kesishadi va bu nuqtada
teng ikkiga bo‘linadi.
5) Agar to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari o‘zaro teng bo‘lsa, u holda
bu to‘rtburchak – parallelogrammdir.
6) Agar to‘rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomoni teng va parallel bo‘lsa,
u holda bu to‘rtburchak – parallelogrammdir.
7) Agar to‘rtburchakning diagonallari kesishish
nuqtasida teng ikkiga
bo‘linsa, u holda bu to‘rtburchak – parallelogrammdir.
20. To‘g‘ri to‘rtburchak. Burchaklari to‘g‘ri bo‘lgan parallelogrammga to‘g‘ri
to‘rtburchak deyiladi.
To‘g‘ri to‘rtburchakning xossalari va belgilari.
1) To‘g‘ri to‘rtburchakning diagonallari teng.
2) Agar parallelogrammning diagonallari teng bo‘lsa,
u holda bu
parallelogramm – to‘g‘ri to‘rtburchakdir.
21. Romb. Barcha tomonlari teng bo‘lgan to‘rtburchakka romb deyiladi.
Rombning xossalari va belgilari.
1) Rombning diagonallari o’zaro perpendikulyar.
2) Rombning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga bo‘ladi.
3) Agar parallelogrammning diagonallari perpendikulyar bo‘lsa,
u holda
bunday parallelogramm – rombdir.
4) Agar parallelogrammning diagonallari uning
burchaklarini teng ikkiga
bo‘lsa, u holda bunday parallelogramm – rombdir.
Do'stlaringiz bilan baham: