9
26. To‘rtburchak tomonlari o‘rtalarining xossasi. Istalgan to‘rtburchak
tomonlarining o‘rtalari parallelogrammning uchlari bo‘ladi.
27. Uchburchak medianalari haqidagi teorema. Uchburchakning medianalari
bitta nuqtada kesishadi va bu nuqtada uchburchak uchidan boshlab hisoblaganda
2: 1 nisbatda bo‘linadi.
28. a) agar uchburchakning medianasi o‘zi tushayotgan tomonning yarmiga teng
bo‘lsa, bu uchburchak to‘g‘ri burchakli bo‘ladi.
b) to‘g‘ri burchakli uchburchak to‘g‘ri burchagi uchidan tushirilgan mediana
gipotenuzaning yarmiga teng.
29. Trapetsiya. Tarpetsiya deb, faqat ikkita qarama-qarshi tomoni (asoslari)
parallel bo‘lgan to‘rtburchakka aytiladi. Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i deb,
uning
parallel bo‘lmagan tomonlari (yon tomonlari) o‘rtalarini tutashtiruvchi kesmaga
aytiladi.
Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i haqidagi teorema. Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i
asoslariga parallel va ular yig‘indisining yarmiga teng.
30. Trapetsiya diagonallari o‘rtalarini tutashtiruvchi kesma asoslari ayirmasining
yarmiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: