Bunyodkor g`oyalar
Download 103 Kb.
|
Bunyodkor g
Bunyodkor g`oyalar REJA: Vatan ravnaqi va yurt tinchligi Xalq farovonligi Ijtimoiy hamkorlik va dinlararo bag`rikenglik VATAN RAVNAQI VA YURT TINCHLIGI, XALQ FAROVONLIGI VA KOMIL INSON G`OYASI Vatan ravnaqi — mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladigan asosiy g`oyalardan biridir. Vatan har bir kishining tug`ilib o`sgan makoni, bobolari yashagan va uning farzandlariga meros qoladigan zamindir. Har bir inson biror-bir oilada, muayyan mamlakat va millat bag`rida dunyoga keladi. U ko`z ochib, onasini, uyini, o`zi tug`ilgan zaminni taniydi. Avval onasining oq sutidan, keyin o`zi tug`ilgan zamin ne'matlaridan bahramand bo`ladi. Shuning uchun ona va Vatan tushunchalari uyqash tushunchalardir. Zero, inson Vatanni ham onadek aziz biladi, unga bolalikdan mehr va ixlos qo`yadi. Onaning iliq bag`ridan, qadrdon go`shasidan, Vatanidan uzoqda bo`lgan odam uni darrov sog`inadi, uning diydorini qo`msab, intiq va intizorbo`ladi. Onasiga, tug`ilgan xonadoniga, Vataniga taalluqli narsalarning hammasi unga nihoyatda noyob va tabarruk bo`lib tuyulaveradi. Bu — onaga, qadrdon ostonaga, Vatanga bo`lgan so`nmas mehrning dalolatidir. Vatan — insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas zamin, uni kamolotga yetaklovchi, hayotiga ma'no-mazmun bag`ishlovchi tabarruk maskandir. Buning ustiga, Vatan — har birimiz uchun ota-bobolarimizning xoki poklari yotgan aziz joydir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan tengsiz, bebaho meros, noyob in'om. Uni biz ham keyingi avlodlarga ozod, obod va farovon holda meros qilib qoldirishga mas'ulmiz. Shundagina avlodlar bizdan minnatdor bo`ladi, nomimizni ulug`laydi, yurtimizga ko`z olaytirganlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi. Xullas, Vatani bor odamning qadri baland, g`ururi yuksak, maqsad-muddaolari aniq bo`ladi. Vatani bor odamning orqasida tog`dek tayanchi bo`ladi. Vatan tuyg`usi — insonni fidoyilikka, mardlik ko`rsatishga da'vat etib turadi. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling