Bunyodkor g`oyalar


Yurt tinchligi — milliy istiqlolimizning asosiy g’oyalaridan biri


Download 103 Kb.
bet3/7
Sana09.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1085390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bunyodkor g

Yurt tinchligi — milliy istiqlolimizning asosiy g’oyalaridan biri bo`lib, u bebaho ne'mat, ulug` saodatdir. Bashariyat o`z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, awalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Tinchlikni saqlash va mustahkamlash umumbashariy masala. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy masalalari tinchlik-totuvlik sharoitidagina samarali hal etilgan. Shu boisdan ham yurt tinchligi — barqaror taraqqiyot garovidir.
Tinchlikka o`z-o`zidan, quruq xohish-istak bilangina erishib bo`lmaydi. Uni izchil va qat'iy harakatlar tufayligina ta'minlash mumkin.
Bosqinchilik harakatlari, miliiy, diniy va boshqa xildagi turli nizolar, urush-janjallar ming yillar mobaynida bashariyatning umumiy taraqqiyotiga pand berib keldi. o`tgan besh ming yil davomida insoniyat 15 mingdan ortiq urushni boshdan kechirgan. XX asrdagi yuz bergan ikkita jahon urushida 60 milliondan ortiq kishi halok bo`lgan. Afsuski, bu illatdan insoniyat hanuzgacha to`la qutulgani yo`q.
Xalq farovonligi - Vatan obodligini, unda yashaydigan kishilar hayoti uchun moddiy-ma'naviy boyliklarning mo’l-ko’lligini, odamlaming munosib turmush sharoitiga ega bo’lishini anglatadi.
Ushbu g`oya mustaqillikka erishgan o`zbekiston xalqining oliyjanob maqsadlaridan birini ifodalaydi. Unga erishish uchun mamlakat iqtisodiyoti bugungi kunda tubdan isloh qilinmoqda. Binobarin, yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ma'no-mazmuni ham ana shu maqsadga qaratilgan.
Mustaqil o`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslari shakllanmoqda.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotni xalqimizning maqsad-muddaolariga mos holda tashkil etdi. Biz turmushda o`zini oqlagan, dunyodagi rivojlangan davlatlar hayotida sinovdan o`tgan iqtisodiyot qonunlari asosida yashay boshladik.
Bu yo`lning afzalligi nimada?
Avvalo iqtisodiyot o`zining tabiiy qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Unda talab va taklif ustuvor ahamiyat kasb etadi. Unga chetdan iiralashish kutilgan natijani bermaydi. Odamlar o`z qobiliyatiga yarasha mehnat qilib, ehtiyojga mos narsani xarid qila oladigan ho`ladi. Iqtisodiy munosabatlardagi bunday holat jamiyatdagi hayotga ham asos bo`ladi. Endi o`zbekiston g`allani deyarli chetdan sotib olmaydi. Yurtimizda boshqa mahsulotlarni yetishtirish ham ko`payib bormoqda. Endilikda o`z paxtamizdan tayyorlangan kiyim-kccliak va matolarni xomashyo narxidan qimmatiga sotish imkoniga cga bo`ldik.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling