Ijtimoiy hamkorlik - xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo’lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yoflidagi hamjihatligidir.
Sho`rolar davrida yakka hukmron bo`lgan kommunistik mafkura sinfiylik va partiyaviylik shiori ostida olamni faqat oq-qora bo`yoqlarda tasvirladi, millatlar va xalqlarni bo`lib tashladi. Buning sababi shundaki, sho`rolar mafkurasida sinfiy manfaatlar umuminsoniy g`oyalardan ustun qo`yilgan edi.
O`zbekiston istiqlolga erishgach, bunday illatlarga barham berildi. Ya'ni jamiyatdagi kuchlarni bir-biriga dushman qiladigan, odamlarni to`g`ri yo`ldan chalg`itadigan ishlarga chek qo`yildi. Prezidentimiz ta'kidlagani kabi, biz «Bu — partokrat, bu — kommunist, bu — dindor, bu esa — dahriy» deb odamlarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yish yo`lidan bormadik. Aksincha, barcha muammolarni faqat hamjihat bo`lib bartaraf eta olish mumkinligini to`g`ri tushundik.
Millatlararo totuvlik g’oyasi umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlarning bir hududiy birlikda, tinch-totuvlikda istiqomat qilishini anglatadi, ushbu mintaqa va davlatlarning taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikni kafolatlaydi.
Bugungi kunda Yer yuzida 6 milliarddan ziyod odam yashaydi. o`zbekiston hududida esa 25 milliondan ortiq kishi, 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda.
Har bir millat — olamning mo`jizasidir. Davlatlar ko`pmillatli (polietnik) va bir millatli (monoetnik) tarkibga ega. Har bir mamlakatda turli millat vakillarining mavjudligi azal-azaldan unga o`ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etib kelgan. Chunki, millatlarning umumiy manfaatlari bilan birga, o`ziga xos qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari ham bor. Umumiy va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg`un bo`lishi mumkin. lkinda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng yuzaga chiqarish, ular rivojini ta'minlash juda mas'uliyatli masala Millatlararo totuvlik g`oyasi ana shu masalani to`g`ri hal qilishga yordam beradi. Mamlakatimizda ushbu g`oyani amalga oshirishga katta e'tibor berilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov o`zbekistonning bu boradagi o`ziga xos siyosatini bayon etib, quyidagicha ta'kidlagan: «Respublika aholisi o`"rtasida ko’pchilikni tashkil qiladigan o`zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o`z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kamsonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniy-mo`naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas'ul bo’lishdan ham iboratdir». Ijtimoiy bag’rikenglik goyasi - xilma-xil diniy etiqoddagi yoki muayyan dinga e'tiqod qilmaydigan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo`lib yashashini anglatadi.
Din-olam, odam va boshqa mavjudotlarning yaralishi va kelib chiqishi, hayotning ma'no-mazmuni, insonning yashashdan ko`zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtayi nazardan yondashuvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg`uni o`z ichiga oladi. o`rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, huquq, axloq kabi) o`zida mujassamlashtirgan va ularga o`z ta'sirini o`tkazgan. Qadim-qadimdan aksariyat ma'naviy qadriyatlarni ifoda etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir. Prezident Islom Karimov so`zlari bilan ifodalaganda, «din bizning qon-qonimizga, ong-u shuurimizga shu qadar teran singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo'lmaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |