Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Non mahsulotlari
O‘zbek xalqi qadimdan nonga beqiyos hurmat bilan qaragan. Farzandlarini nonga bo‘lgan hurmat ruhida tarbiyalagan. Rivoyatlarga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek
Samarkandskie ochajki // Iz istorii isskustva velikogo goroda. T.: Izdatelstvo literaturы i iskusstva Gafur Gulyama, 1972. 1 Isomiddinov M. Sopolga bitilgan tarix. T.: Fan, 1993.– B.34. Samarqand atrofida yurganda yo‘l yoqasida yotgan bir burda nonni ko‘rib qoladi-da, otdan tushib, uni qo‘yniga soladi. Uning yonidagilardan biri: “Sultonim, nega bizga buyurmay, o‘zingiz otdan tushdingiz?” deb so‘raganida Ulug‘bek: “Nonni dastlab men ko‘rdim, uni yerdan olishni birovga buyurish nonga nisbatan hurmatsizlik bo‘lardi. Non oldida mening sultonligim, martabam hechdir” – deb javob bergan ekan” 1. Darhaqiqat non to‘g‘risida qancha so‘z aytsak oz shunday ekan mavzudan chetga chiqmaslik uchun Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida non to‘g‘risida keltirilgan ma’lumotlarga e’tiborimizni qaratsak. Non mahsulotlari:Mahmud Qoshg‘ariyning yozishicha, turkiy qabilalarning ayrimlaria non –“etmak” –deyilib, yaxshi xamirdan qilingan non – “kavshak” deb atalgan. Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida nonni pishirish usullariga qarab quyidagi nomlar bilan keltiradi: Bushkal – lochira, yupqa non. Xoqoniyaliklarning so‘zi. Isbiri – issiq kulda piishirlib, yoqa to‘g‘rab, ustiga shakar sepib yeyiladigan non2. Komuch – ko‘moch. O‘choqda cho‘qqa ko‘mib pishiriladigan non3. Nonni bu tarzda pishirilishi xususida elshunos olim U. Abdullaev quyidagi fikrni keltiradi: “Xamirdan non tayyorlash usullari haqida to‘xtalganda, o‘tmishda aholi orasida xamirni o‘choq devorlariga yopishtirib pishirib olish va hatto uni qo‘rga ko‘mib pishirib olish usullari ham qzllanilganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Non pishirishning keyingi usuli quyidagicha amalga oshirilgan; non uchun tayyorlangan xamir tagi yaxshi tozalangan o‘choqqa qo‘yilgan va usti dastavval qovoq yoki boshqa barglar bilan yopilgan, so‘ngra uning ustiga qo‘r tortilgan. Bu usulda pishirib olingan non aholi orasida “ko‘mma non” atamasi bilan ma’lum bo‘lgan. Non pishirishning bunday usuli XIX asrda ko‘proq cho‘ponlarda uchraydi. “Ko‘mma non” pishirish usuli bizning fikrimizcha,o‘zining tarixiy ildizi bilan ilk ajdodlarimizning turmush tarziga borib taqaladi” 4. Sincho – lochiradek jada yupqa ham, qalin ham bo‘magan bir turli non5. Qara etmak – bu bir xil nondir. Shundayki go‘sht hil-hil pishib, so‘nggaklari ayrilib ketguncha qaynatiladi. So‘ng ustiga un, yog‘, shakar solinadi, bir-biriga aralashtirilib quyilguncha qaynatiladi. Bu qara qura tarzida ham qo‘llaniladi. Qijma – bir xil yog‘li non nomi. Uni sharbat bilan qorilgan xamirdan yupqa qilib kesiladi. So‘ng qozonda qaynayotgan yoqqa solib, aralashtiriladi, keyin ustiga shakar sepib yeyiladi1. 1 Yusupov E., Ismoilov F. Inson barkamolligi. T.: O‘zbekiston, 1990. – B. 215-216. 2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 126, 159, 444, 445. 3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 341. 4 Abdullaev U. Farg‘ona vodiysida etnoslararo jarayonlar. T.: Yangi asr avlodi, 2005.– B. 124. 5 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 394. Boskach – yuqa non2. Iug‘ga –qat-qat non3. Qatma: qatma iuga – yog‘da pishiriladigan qat-qat non [qatlama]. Chuqmi – lochiraga o‘xshash bir non. Uni qozonda suv bug‘i bilan pishiriladi. Bu oson singiydigan non. Kozman – qo‘rda pishiriladigan non. Sincho – lochiradek juda yupqa ham, qalin ham bo‘magan bir turli non4. E’tibor bergan bo‘lsangiz Mahmud Qoshg‘ariy tilga olgan nonlarni pishirish usuli va tarkibi ham turlicha. Demak, Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrlarda ham turli xil va turli o‘lchamdagi nonlar pishirilgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrdan bir necha asrlar ilgariyoq farg‘onalik nonvoylar va oshpazlarning taomlari dovrug‘i uzoq yurtlargacha borib yetgan edi. Ayniqsa, sedanali non va go‘shtli somsalarning ta’rifi shoirlar ijodida ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, bu haqda sharqshunos olim A.Xo‘jaev o‘zining “Farg‘ona vodiysining Xitoy bilan savdo bilan aloqalari” maqolasida bayon etadi: “Tandir noni va somsaning Xitoyga tarqalishi ham qadim zamonlarga borib taqaladi. Non ham Xitoyga Markaziy Osiyodan Xitoyga tarqalgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. Nonning xitoycha “nong” yoki “xubing” deb atalishi va shu so‘zlarning xitoy tilida paydo bo‘lishini o‘zi buni aniq ko‘rsatib turadi. Binobarin, yuqorida ayganimizdek, “xubing” so‘zidagi “xu” turkistonliklarning umumiy nomidir. Ilmiy adabiyotda mavjud fikr- mulohazalarga ko‘ra, “xu” so‘zi “o‘g‘uz”, “g‘uz”, “xo‘r” kabi atamalarning xitoycha talaffuzidir. “Bing” so‘zi “non”ning xitoycha tarjimasi hisoblanadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling