Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet128/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Ustki kiyimlar ixcham tanaga yopishib turadigan qilib bichilgan, bel charm yoki maxsus (ipdan, ip aralash ipakdan) to‘qilgan kamar bilan bezatilangan. Avom xalq ko‘pincha junli to‘qimalardan tikilgan ust kiyimlar kiyib bellarini jun ipdan ingichka to‘qilgan qur yoki chibchilgan (qirrali qilib to‘qilgan ip) bilan bog‘lab yurgan. Kamarga g‘ilofga solingan shamshir (yuqori tabaqadagi kishilarda, harbiy sarkardalarda), qiniga solingan pichoq, kosa yoki piyola solib yuradigan charm qutti chiniqop yoki tarkash, igna, bigiz, qayroq, paki, chaqmoq va chaqmoq tosh solinadigan, charmdan tikilgan maxsus buyum — gudor yoki musvog taqib yurilgan; yoyo‘q solingan sadoqni (ko‘pincha jangchilar, begbachchalar, ovchilar) yelkada olib yurganlar.
Sovuq paytlarda jun ipdan chakmon, astari yupqa kigizdan qilingan chaydam va po‘stin, oshlangan teridan tikilgan issiq ishton (dambal) va boshqalar kiyilgan.
Turkiylarning oyoq kiyimi, (etigi) charmdan, tagi uncha qalin bo‘lmagan, (tikishi yuziga chiqarilgan) ag‘darilmasdan (ustdan tikilgan) uchi tepaga qayrilgan bo‘lgan.
Keltirilgan ma’lumotlardan aniq bo‘ladiki, qarluqlar davrida matolar
(asosan jun ipdan) to‘qish, kiyim tikish va ularni bezash charmgarlik va hunarmandchilikning boshqa turlari birmuncha rivojlangan. Shuni ham uqdirib o‘tish joizki, jun matolarni to‘qish, kiyimbosh tikish, ularni yo‘rma naqshidalar bilan bezash va boshqalar ko‘pincha uy hunarmandchiligi darajasida qolgan edi. Oiladan, qishloq aholisining talabidan ortib qolgan qo‘l hunarmandchilik mahsulotlari bozorga ham chiqarilgan, albatta.
Kiyimlarni bezashda ko‘pincha turli xildagi va rangdagi munchoq, yupqa va yassi qilib oltindan, kumushdan yasalgan bargaklar bilan ishlangan zirak, sirg‘a, uzuk, bilakuzuk, ko‘krak va bo‘yin taqinchoklari ham mavjud bo‘lgan. Taqinchoklar moviy, zangori, munchoqlar, qimmatbaho (nefrit, firuza, lal va boshqa) toshlar bilan bezatilgan1.


Toshkent. 2004.


1 Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni...–B. 280-181
Akademik Karim Shoniyozovning mazkur ma’lumotlari Qoraxoniylar davrida teriga ishlov berish taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Qolaversa, Farg‘ona vodiysidagi qadimgi shaharlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ham buni tasdiqlamoqda. Masalan, qadim Quva shahristonidagi topilmalarni olaylik. Bu haqda qadimshunos G.P.Ivanov quyidagilarni bayon etadi:
Charm ishlash bo‘yicha ustaxona ham shahristonning janubi-sharqiy burchagida kovlab o‘rganildi. Bu yerdaga uy xo‘jaligining bir xonasida uning bajargan vazifasini dalilovchi topilmalar qayd etildi. Xona poli yaxshilab qotirilgan. Unda uchta to‘rtburchakli qurilma tozalab ochildi. Bu qurilma devorlari va ichkari tomoni alebastr (ganch) bilan 3 sm. gacha qalinlikda suvalgan. Gipsni qadimdan gidroizolyatsiya xususiyati ma’lum va shuning uchun ushbu inshootlar suyuqlik saqlaydigan katta idish sifatida foydalanilgan. Pol ustida toshdan yasalgan teri tekislagich topildi. Bu xonani hayvon terisini qayta ishlab charm tayyorlash uchun moslashtirilgan xona deyish mumkin”1.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar qanchalik qiziqarli bo‘lmasin XI- XII asrdagi Movarounahrda yashovchi o‘troq xalqlarning kiyinish madaniyatiga doir to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Shu sababdan biz Mahmud Qoshgariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan turkiy xaqlarning kiyimlariga doir ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Zero, madaniy merosimizning sarchashmalaridan biri bo‘lgan “Devonu lug‘otit-turk” buyuk qomusiy asar bo‘lishi bilan birga ayni vaqtda ijtimoiy turmushning har qaysi tomonlarini, ajdodlarimiz yaratgan yuksak madaniyatning turli qatlam kategoriyalariga oid ko‘p qimmatlik ma’lumotlarini o‘zida mujassam etganligi bilan ham bebaho asar hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlarda o‘z navbatida nafaqat tarixiy asarlarga o‘xshash, hatto ulardan ham batafsilroq o‘sha davrdagi bir butun ijtimoiy siyosiy hayotni asil qiyofasini aks ettirib bergan. Ularni atroflicha bilib o‘rganish uchun dastavval mazkur ma’lumotlarni ayrim sohalar bo‘yicha chuqur tadqiq qilishga hamda o‘sha davrning moddiy, ma’naviy turmushi bilan ham bevosita bog‘lagan holda tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda “Devonu lug‘otit-turk”dagi kiyim-kechakka doir ma’lumotlardan ayrimlarini havola etishni lozim topdik va so‘zimiz avvalida uyg‘ur olim Erkin Idrisning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tmoqchimiz:
Milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi shuningdek milliy xoslikning aniq ifodalanish shakllardan biri bo‘lgan kiyim-kechak madaniyati – moddiy va ma’naviy turmushning ko‘plab taraflarini nihoyatda obrazlik qilib ko‘rsatib bera oladi. “Turkiy tillar devoni”ni tafsili ko‘rib chiqilganligi kishida “to‘n” so‘zi juda chuqur ta’sir qoldiradi. Mazkur asarning uyg‘urcha nashrining 1-to‘m 188-betida “to‘n, kiyim” izohlangan. Bu so‘z Mahmud Qoshg‘ariyning tarafidan boshqa so‘zlar yoki yoki fonetika yoki leksika qoidalar uchun keltirilgan masalalarda kam deganda 142 o‘rinda uchraydi.




1 Ivanov G.P. Qadimgi Quva shahri // Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari... –B.90.
Turkiy tillar devoni”da ko‘p uchraydigan so‘zlarning yana biri “tovar” (tovar, mol) bo‘lib, u 80 o‘rinda uchraydi. “Tovar” so‘zining ko‘p qalamga olinishi savdo ishlarining ijtimoiy hayotda zo‘r salmoqni egalaganligidandir. Qoraxoniylar sulolasi davrida savdo-sotiq ishlarining nihoyatda rivojlanganligidan darak berganiga o‘xshash, “to‘n” so‘zining shuncha ko‘p qalamga olinishi ham kiyim-kechak zo‘r e’tibor beriliganligidan darak beradi. Holbuki, kiyim-kechakka berilgan bundoq e’tibor muayyan iqtisodiy qudrat va ma’naviy boylikni namoyon qilgan bo‘ladi.
Turkiy tillar devoni”da kiyim-kechak madaniyatiga doir ma’lumotlar nihoyatda mo‘l bo‘lib unda bosh kiyim, ustki kiyim, ichki kiyim, ziynat va pardoz buyumlari, gazlama, yung-teri, to‘qimachilik va tikuvchilikka oid hunar, san’at, asbob va jabduq, gaz – o‘lcham shu bilan birga kiyinish, yasanish odati faoliyatlari jihatidagi ma’lumotlarning hammasi ifodalanadi1.
Darhaqiqat mazkur asarda turkiy xalqlarining kiyinish madaniyatiga oid bo‘lgan atamalar 225 ta so‘zdan tashkil topgan2.
H.Nazirova “Devonu lug‘otit-turk” asarida kiyim-kechaklar tavsifi” nomli maqolasida mazkur atamalardan kelib chiqib, faslbop kiyimlar, ayollar kiyimlari, erkaklar kiyimlari, marosim kiyimlari, kasb kiyimlari singari turlarga tasniflaydi. Biroq biz ushbu kitobimizda dastlab “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan qolib va dazmol haqida ma’lumotlardan boshlasak.
Jan – qolip, andaza. Bu – biror narsaning shakli olinib, so‘ngra unga o‘xshatib yasalgan qolipdir. Chunonchi bork jani –– kuloh andazasi. Bunda qog‘ozdan cho‘ziq yoki yumaloq shakllarda bir narsalar kesiladi yoki o‘yiladi. Yoki loydan quvur shaklida bir narsa yasalib, qalpoq shohichi unga o‘lchanib, unga moslab kesiladi. Har narsaning qolipi ham shundaydir3.
E’tibor bergan bo‘lsangiz bundan ming yil avval bosh kiyimlarni tayyorlashdagi qolip, ya’ni andaza olish usuli hozirgi kunda ham saqlanib qolgan.
Otuk – dazmol; andavaga o‘xshash temir [asbob] bo‘lib, uni qizdiradilar va kiyimning chok hamda baxyalarini va tuklarini bostirib silliqlaydilar. Markaziy Osiyolik turkiy xalqlarni kiyimlarni dazmollashlari haqidagi ushbu o‘z navbatida Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrdargi ajdodlarimizni naqadar yuksak madaniyatga ega bo‘lganliklaridan dalolat beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek “Devonu lug‘otit turk” asaridagi kiyim va matolarning nomigina keltirilmasdan ularning marosimlarga xoslar haqida ham so‘z yuritiladi. Masalan, to‘y bilan bog‘liq kiyim, taqinchoqlarni olaylik.




1 Erkin Idris. “Turkiy tillar devoni”dagi kiyim-kechak madaniyatimizga doir atag‘ular ustida dastlabki izdanish // Shinjong tazkirachiligi. Urumchi. 2006. № 2, – B. 51-52.
2 Nazirova H. Mahmud Qoshgariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida kiyim-kechaklar tavsifi // Markaziy Osiyoda an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar. 2–qism. Toshkent, 2005. – B.81.
3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 373.
“Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra kelin bilan kuyov ishtirokida kechasi yig‘ilib, ularning ustlaridan pul sochadigan majlisni, chigilchasiga – mendiri deb ataganlar. To‘yda kelin va kuyovga yaqinlariga hurmat yuzasidan kiydiriladigan to‘n bo‘lsa – kezut deyilgan.
Didak – kelin ko‘chganda, yurganda begonalardan yashirinish uchun yopinadigan narsa.
Didim – nikoh kechasi kelinga kiydiriladigan toj (Qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan bosh kiyimi) 1.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling