Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet126/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Suyuq taomlar:


Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida guruch va go‘sht bilan bog‘liq taomlar bilan birga suyuq ovqatlar, ya’ni sho‘rva va boshqa ovqatlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud.


Bulgama – yog‘i ham yo‘q, mazasi ham yo‘q yovg‘on osh.
Bulduni – ichiga uzum yoki mayiz solib tayyorlanadigan ovqat (kanjokcha). Oz – yog‘, o‘zluk mo‘n– yog‘liq sho‘rva.
Mon – sho‘rva. Yag‘molarda eshitdim, mo‘n keldur deganlarida uvralik sho‘rva hozirlaganlarini ko‘rdim1.
Lantu – bir xil taom. Suv, qor, muz kabi narsalar qo‘yib sovitiladi. So‘ng ichiga ko‘katlar solinadi. Sovuqlik o‘rnida yeyiladi.
Samduj – issiq, sovuqlikda o‘rtacha bo‘lgan, tabiatga yoqadigan taom nomi2.


  1. Ichimliklar:


Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida bo‘za, sharbat, qimiz singari ichimliklar to‘g‘risida ma’lumot keltirib o‘tgan.


Buxsum – tariq, so‘klardan qilingan ichimlik, bo‘za”3.
Turkiy xalqlarning bo‘za ichimligi haqida elshunos U.Abdullaev shunday yozadi “Aholi tomonidan o‘tmishda qimizdan tashqari kishini mast qiluvchi ichimliklardan yana “bo‘za” va “musallas” ham tayyorlangan. Garchi ushbu ichimliklar aholi orasida keng iste’molda bo‘lmasa-da, har holda aholi ushbu ichimliklarni tayyorlash bilan shug‘ullanganlar. Bo‘za tariq va arpani achitish yo‘li bilan tayyorlangan. U ayniqsa yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchi o‘zbeklar orasida keng tarqalgan edi”4.
Uxak – o‘rik– turshakdan siqib olinadigan suv uni ichiladi”5.
XIV asrda yashab o‘tgan arab olimi Ibn Battutaning Markaziy Osiyoga qilgan sayohatida mahalliy aholini meva sharbatini iste’mol qilishi haqida ma’lumotlar uchraydi: “Vobkent – chiroyli shaharcha, unda ariqlar, bog‘lar serob. Shahar aholisi yil bo‘yi uyida uzum saqlaydi. Ularni olu deb ataladigan mevasi bor. Shu mevalarni quritib, qoqi qilib Hindiston va Xitoyga olib borishadi. Shu mevaning ustidan suv quyib sharbatini ichishadi. Yangiligida shirin


1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 72, 327, 453. 2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 255, . 258. 3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 447.
4 Bu haqda qarang: Nalivkin V.P., Nalivkina M.V. Ocherk bыta jenщinы osedlogo ... S. 126-127.
5 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 144.
bu meva quritilganda taxirroq bo‘lib qoladi. Mevaning asosiy qismi go‘shtidan iborat bo‘lib na Andalusiyada, na Suriyada shunga o‘xshash mevani hech ko‘rmaganman1.
Chagir – sharbat.
Chagir – ichkilik, may. Bu so‘z ikki qarama-qarshi ma’no bildiruvchi so‘zlardandir”.
Qimiz – qimiz bu yilqi suti bo‘lib, uni sanoch-meshlarga solib achitiladi” 2.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Mahmud Qoshg‘ariydan bir necha asr burun ham turkiy xalqlarlarning an’anaviy ichimligi qimiz haqida ma’lumotlar mavjud. Jumladan, miloddan avvalgi birinchi asrga oid Xitoy yozma manbalarida Osiyolik ko‘chmanchilarning qimiz iste’mol qilishi qayd etilgan.
Bu haqda U. Abdullaev quyidagilarni keltiradi:
“Farg‘onaliklar nafaqat mol, qo‘y va echki, balki imkon qadar ot (biya) sutidan ham foydalanganlar. Chorvador xalqlarning eng qadimiy ichimliklaridan biri hisoblangan “qimiz” asosan biya sutidan tayyorlangan3.
Biz ko‘rib chiqayotgan davrda chorvachilik xo‘jaligida yilqichilik asosiy o‘rinni egallab turgan bir qator etnik jamoalarda, xususan qozoq, qirg‘iz hamda yarimko‘chmanchi va yarimo‘troq o‘zbek urug‘laridan loqay, qipchoq, yuzlarning ayrim guruhlarida odamni sarxush etuvchi ushbu ichimlikni, ya’ni qimizni tayyorlash an’anasi davom etmoqda edi4. O‘zining totliligi va kishini sarxush qilishi bilan vodiylik qirg‘izlar tomonidan tayyorlangan qimiz ajralib turgan. Qimiz tayyorlashda asosan quyidagi usul qo‘llanilgan. Biya suti charimdan tayyorlangan maxsus idish (“saba”)ga quyilgach, achitqi solinib har 10-15 minutda ko‘pirtirilgan. Bunda qirg‘izlar “beshkek” deb nomlangan maxsus tayoqchadan foydalanganlar. Haqiqiy qimiz bir kechayu bir kunduzda tayyor bo‘lgan. Qirg‘izlarda, xususan farg‘onalik qirg‘izlarda “uy qimiz” deb nomlangan qimiz ham tayyorlangan. Uni tayyorlash uchun ozroq ilitilgan mol suti alohida idishga olinib, biya suti qo‘shilgan. Usti yopiq holatda idish vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turilgan. 3-4 soat o‘tgach, qimiz tayyor bo‘lgan. Ushbu usulda tayyorlangan qimiz asosan chanqoq qoldiruvchi ichimlik sifatida iste’mol qilingan.
Qimiz asosan yoz faslida tayyorlangan. Chorvador xalqlarda, jumladan vodiylik qirg‘izlarda ham qimiz ichish bilan bog‘liq turli odatlar bo‘lgan. Shulardan biri qimizni ko‘pchilik bo‘lib ichishdir. Odatda, qimiz tayyorlagan kishi yaqinlarini mehmon qilgan va barcha yig‘ilganlarga bir tekisda qimiz



B.64.
1 Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning Markaziy Osiyoga sayohati. T.: Sharq mash’ali, 1993. –




2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 343, 346.
3 Bu haqda qarang: N.Ya.Bichurin (Iakinf). Sobranie svedeniy o narodax, obitavshix v

Sredney Azii v drevnie vremena. M-L., 1950. S. 58, 142).
4 Bu haqda qarang: Fielstrup. F.A. Malochnыe produktы turkov-kochevnikov. Sb. «Kazaki». Mater. Komissii eksped. Issledovaniy. Ser. Kazaxstanskaya. Vыp.15. 1930; Abramzon S.M. Kirgizы i ix etnogeneticheskie i istoriko-kulturnыe svyazi... S. 153; Aytboev M.T. Piщa kirgizov XIX i nachala XX vekov. S.16; Karmыsheva B.X. Uzbeki-loykasы... S. 142; Shaniyazov K.Sh., Ismoilov X.I. Etnograficheskie ocherki materialnoy kulturы... S. 117.

quyib bergan. Rus etnografi L.P.Patapov chorvador qabilalarning turmush tarzini o‘rganar ekan, ushbu odat o‘z ildizi bilan chorvador jamoalarning o‘tmishda umumiy bir xo‘jalik yuritganligi, birgalikda umumiy bir qozonda (yoki idishda) taom tayyorlab (xususan, qimizni ham umumiy bir idishda birgalikda tayyorlab) barobar taqsimlab iste’mol qilgan davrga borib taqaladi deb hisoblaydi”1.
Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bizga Burhoniddin Marg‘inoniy davridagi taomlar to‘g‘risida bir oz bo‘lsada, tasavvurga ega bo‘lshimizga yordam beradi. Albatta bu ma’lumotlarda XI-XII asrdagi Movarounnahrning o‘troq xalqlarining taomlaridan ko‘ra, ko‘chmanchi chorvador turkiy xalqlarga xos taomlar haqida so‘z yuritilgan bo‘lishi mumkin. Biroq o‘sha davrlarda ikki xil turmush tarziga mansub aholining an’anaviy taomlarida katta tafovut bo‘lmagan deyish mumkin.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling