Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI TAOMLAR
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI TAOMLARBarcha insonlarga xos odatlardan biri qaerga borsa, o‘sha yurtning taomlaridan bahramand bo‘layotib, o‘zining milliy taomlaridan so‘z ochadi. Odamlar begona o‘lkalarda qanchalik uzoqroq qolib ketsa, o‘z yurtining taomlarini shu qadar qo‘msay boshlaydi. Ayniqsa, musofirchilikni boshidan kechirayotganlar uchun mehribon onalarining taomlari tushlariga ham kirib chiqadi. Zero, inson bolasi uchun onasi pishirgan taomdan totliroq va mazzali taom bo‘lmaydi. Qolaversa, oilada necha farzand bo‘lsa, ularning har birining suygan taomlari boshqa-boshqa bo‘lishini faqat onalargina xabardor bo‘ladi. Tabiiyki dunyoda necha ming xil millat va ellatlar bo‘lsa, barchasining o‘zi sevgan milliy taomlari ham bor. Bu ham albatta sharoit-tabiiy muhit taqozosidan kelib chiqadi. Kuzatishlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, arxeologik qazishmalar chog‘ida topilgan sopol idishlarga ko‘zi tushgan yoki ularni dafa’tan qo‘lga olgan kishilarni o‘z-o‘ziga bergan savollari aksariyat bir xil bo‘ladi, ya’ni “Bu idishda oldin yashab o‘tganlar qanday taomlarni tanovul qilganlar?”. Shu o‘rinda Burhoniddin Marg‘inoniy davridagi taomlar qanday bo‘lgan? degan savolni bergan o‘quvchini ham ilk bor qadimiy sopol idishni ko‘rgan kishilarning holatiga qiyoslagimiz keladi. Chindan ham buyuk olim kundalik hayotida qanday taomlar iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin? Burhoniddin Marg‘inoniy davrida suyib iste’mol qilingan taomlar turi qanday bo‘lgan? Albatta bu savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berish har qanday kishini mushkul ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Axir to‘qqiz asr avvalgi davr taomlari bilish uchun oz muncha adabiyotlarni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi-da. Qolaversa, Burhoniddin Marg‘inoniy davriga mansub taomlar ro‘yxatini hozirgi milliy taomlar to‘g‘risida kitoblarda uchratmaysiz ham. Shu sababdan biz bu borada ham yana ulug‘ olim Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” kitobiga murojat qilamiz. Yuqorida aytib o‘tganimizdek bu ikki buyuk olim yashagan davrlar ketma-ket bo‘lganligi bois yashash tarzi va taomlar turida ham farqlar deyarli bo‘lmagan deyish mumkin. Aytish joizki, Mahmud Qoshg‘ariyning umumjahon madaniyatiga qo‘shgan qimmatli tuhfasi “Devonu lug‘otit turk” asari tilshunoslikka doir o‘lmas asar bo‘lishi bilan bir vaqtda, tarix, etnografiya, folklorshunoslik, geografiya bo‘yicha o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot beradigan mukammal qomusiy asar hisoblanadi. Chunonchi uyg‘ur olimi Xo‘ja Ahmad Yunus ta’kidlaganidek: “X asrdan XII asrgacha bo‘lgan oraliqda o‘tgan Qoraxoniylar sulolasining gullagan iqtisodiy va yuksak madaniy hayotini mahsuli bo‘lgan bu asar (turkiy xalqlarning) shu vaqtdagi va undan ilgarigi yeyish-ichish madaniyatnini tadqiq qilishga asoslanadigan muhim manba sanaladi”1. “Devonu lug‘otit turk” da oziq – ovqatlar va taomlarning manbasi, taom turlari, oziq-ovaqat xom ashyosining hozirlash jarayoni, taom tayyorlash va istemol qilishga keraklik oshxona qurollariga doir juda muhim ma’lumot o‘z ifodasini topgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, turkiy xalqlarning taomlari rang-barang bo‘lishi bilan birga ulardagi taomlarini umumiy, o‘xshash jihatlar mavjud bo‘lib ular taomlar tayyorlanadigan mahsulotlardagina emas, balki taom tayyorlash usullarida ham o‘z ifodasini topgan. Mahmud Qoshg‘ariyning taomlar yuzasidan keltirgan ma’lumotlaridan o‘troqlashgan turkiy xalqlarning an’anaviy taomlari asosan dehqonchilik mahsulotlaridan, chunonchi don mahsulotlari, sabzavot va mevalardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ko‘chmanchilik turmush tarzi bilan hayot kechiruvchi turkiy xalqlar taomlarida ko‘proq sut va go‘sht mahsulotlaridan foydalanganliklarini anglash mumkin bo‘ladi. Burhoniddin Marg‘inoniy davri taomlari to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin o‘sha davrlarda taomlarni tayyorlash uchun ishlangan maxsus moslama o‘choq va qozonlar haqida to‘xtalib o‘tsak. Mahmud Qoshg‘ariyga ko‘ra, ustiga qozon yoki idish qo‘yib taom pishiriladigan uchoyoq, dala o‘chog‘i – orkuch deb atalgan2. Bunday o‘choqlar asosan ko‘chmanchi chorvadorlar uchun foydalanishga juda qulay bo‘lgan. Bundan tashqari Mahmud Qoshg‘ariy qozon osiladigan uch oyoqli temir asbob (temir o‘choq) balandligi, ya’ni yarim gaz balandligidagi har narsaga – tenoch deb atalishini aytib o‘tadi3. Unga ko‘ra, turkiy xalqlarda temirchi o‘chog‘ining qo‘rasiga o‘xshatib qurilib, non pishiriladigan yer tandir – avran deb atalgan. Albatta o‘quvchilar qadimda taomlar hozirgidek cho‘yan qozonlarda pishirilgan deb o‘ylashlari mumkin. Biroq aslida bunday emas. Chunonchi, Burhoniddin Marg‘inoniy davrida taomlar sopol qozonlardan pishirilgan. Mahmud Qoshg‘ariyga ko‘ra sopol qozon–buqach deb atalgan4. Yurtimizdagi mavjud qadimgi arxeologik yodgorliklardan topilgan X-XII asrlarga mansub sopol o‘choq qoldiqlaridan shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, o‘choqlar alohida me’moriy shakllar asosida ishlangan. O‘choqlarda turli xil geometrik va epigrafik hamda naqshinkor tasvirlar tushirilgan. O‘choqlarga bu tarzda did bilan ishlov berilishi ajdodlarimizning yuksak madaniyat sohibilari bo‘lganligidan dalolat beradi5. Bundan tashqari sopol qozonlarni 1 Xo‘ja Ahmad Yunus. “Turkiy tillar devoni”dagi bayonlardan uyg‘urlarning 11- asrdagi yemak-ichmak madaniyatiga nazar // Shinjong tazkirachiligi.Urumchi, 2005. № 4, – B. 21. 2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 121. 3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 391. 4 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 133, 339. 5 Bu haqda qarang: Masson M.E. K voprosu o proisxojdenii pamyatnikov drevney drevyannoy arxitekturы, otkrыtыx M.S. Andreev v gorax Samarkandskoy oblasti Tashkent, 1927; Pugachenkova G.A. Elementы sogdiyskoy arxitekturы na sredneaziatskix terrakotax // Materialы po arxeologii i etnografii Uzbekistana, t. II, Tashkent, 1950; Rempel L.I. Arxitekturnыy ornament Uzbekistana, Tashkent, 1961; Pugachenkova G.A. Rempel L.I. olaylik. Arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan X-XII asrlarga oid sopol qozonlar o‘tga chidamli bo‘lishi uchun yaxshi gilmoyadan tayyorlangan loy qorishmaga mayda qilib tuyulgan sopol parchalari yoki qum solingan. Bu narsa idishni yasash, ayniqsa kuydirish davrida yorilib ketishdan asragan, issiqlikni o‘tkazish qobilyatini oshirgan1. Aytib o‘tish joizki, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida turkiy xalqlarining an’anaviy taomlari haqida so‘z yuritilganda non haqida ko‘proq ma’lumotlar keltirilgan. Shu sababdan dunyo xalqlarining qadimdan rizqi-ro‘zi bo‘lib kelgan non haqida bir oz to‘xtalib o‘tsak. Donishmandlar aytganidek, bashariyat tarixi bir burda nondan, uning atrofidagi sargardonlikdan boshlanadi. Odatda mo‘ysafidlar “Nonning burdasini yoki hatto, ushog‘ini yerda ko‘rib qolganda, uni “uvol” deb darhol yerdan olib o‘padilar, so‘ngra oyoq ostidan biror chetga, masalan devorning kovagiga olib qo‘yadilar. Bunday paytlarda ular “Nonning ushog‘i ham non, uni bosgan nonko‘r bo‘ladi”, deya yoshlarga tanbeh beradilar. Bolaligimizda biz ham ushbu tanbehlarni eshitib o‘sib-ulg‘aydik. Faqat yoshimiz bir joyga yetib, sochimizga oq oralagan damlardagina o‘sha purma’no so‘zlarning qanchalik haqiqat ekanligini tushinib yetdik. Ajabo, keksalarimiz naqadar dono, aqlli bo‘lishgan ekan. Shu o‘rinda E.Yusupov hamda F Ismoilovlarni “Non-aziz” maqolasidan quyidagilarni keltirib o‘tsak: “Non degan so‘zning zamirimida hayot mazmuni bor. Binobarin, non – tirikchiligimiz manbai, hayotimiz ziynati, farovonligimiz manbai, hayotimiz ziynati, farovonligimiz, quvonchimiz asosi. Barcha xalqlarning maqol va matallarida, ertak va afsonalarida non beqiyos ulug‘lanadi. Qahramonlar, tabarruk odamlar, mehmon-izlomlar non-tuz bilan kutib olinadi, “Non ursin”deb qasam ichgan odamga uning ashyo – dalili bo‘lmasa ham ishonganlar; nonni oyoq osti qilgan xoru-zor va ko‘r bo‘ladi deyishadi; mehmonga borganda non olib boriladi; uyga mehmon kelsa, dasturxonga eng avvalo non qo‘yiladi. Nonni teskari qo‘yib bo‘lmaydi, teskarasidan tishlanmaydi. Nondek aziz bo‘lsinlar, bir-birlariga nondek issiq ko‘rinsinlar, degan niyatda kelin-kuyovlarga non-tuz tutadilar; turmushga chiqmagan qizlarga baxti ochilsin deb deb, to‘y nonidan yediradilar. Non bilan bog‘liq yana qanchadan-qancha udumlar bor. Ularning hammasida ham inson hayotining bezagi – non ulug‘lanadi. Odamzod bug‘doyni kashf qilib undan non tayyorlab yeyishni o‘rganganiga necha ming yillar bo‘ldi. Qadimiy davrlarda odamlar tabiatda tayyor o‘tlarni, meva- chevalarni yeb umr kechirganlaryu Ko‘p yillar o‘tib, to‘yimli va ta’mli bo‘lgan bug‘doy noni paydo bo‘lgandan boshlab non odam bolasining rizqu-ro‘ziga aylangan. O‘sha davrlardayoq non yuqori baholangan, qadrlangan. Qadimgi Misrda non quyosh va oltin bilan bir qatorda turgan. Uni “quyosh”ga, ”oltin”ga taqqoslaganlar. Hozirgi kunda ham hindular nonni barcha “barcha taomlarning onasi” deb ulug‘laydilar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling