Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet121/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Xitoy manblarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tan sulolasi davrida (618-907) Xitoy poytaxti Chang’an xalqaro savdo markaziga aylanganligi sababli, bu yerda turkistonliklar ko‘p to‘plangan edilar. Ular, asosan, shaharning g‘arbiy darvozasi yaqinida joylashgan “sishi” (g‘arbiy bozor) atrofida joylashgan edilar. Ana shu bozorda va bozorga olib keladigan asosiy yo‘llar bo‘yida son-sanoqsiz katta-kichik oshxonalar, nonvoyxonalar ochilgan. Chang’anda bir turkistonlik boy kishining oshxonasi “xuji jyusi” (“Xo‘r malikasi restorani”) deb nomlangan. Restonlarda nom qo‘yishda ko‘pincha ayollar ismidan foydalanilgan.
Turkistonliklar oshxonasi va taomlari shu qadar ommaviy bo‘lgan ekanki, ko‘zga ko‘ringan xitoy ziyolilari ham shu restonlarga borib ovqatlanish va mehmon kutishni ma’qul ko‘rgan. Bu haqda yirik Xitoy shoirlari she’rlar ham to‘qishgan. Tan sulolosa ko‘hna tarixining (Jyu Tang Shu) “Yuyfu ji” (Ma’ishiy xizmat ma’nosini anglatadi) bobida Chang’an shahrida “Xular taomlari” sevimli taomlar bo‘lib qolgan “boylar ziyofati xular taomidan iborat bo‘lar edi”, deb zikr etiladi. Shimoliy sulolar (386-550) davriga oid “Chimin yaoshu” (Xalq hunarlari ma’nosini bildiradi) nomli bir asarda Xitoyning g‘arbiy tomonidagi mamlakatlardan


1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 188, 241-242.
2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 423.
3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 34
4 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 394, .407, 415.
keltirilgan taomlarni tayyorlash va mevalarni saqlash uslublari bayon etilgan. Ana shu asarda “Xular taomlarini tayyorlash uslubi”, “Xular qovunini saqlash uslubi”, “Xular sho‘rvalarini tayyorlash uslubi” kabi boblar mavjud. Xan sulolasi tarixida (Xan Shu) “xu bing” (xular noni) so‘zining ko‘p uchrashi va “non” so‘zini ifoda qilish uchun “nong” deb o‘qiladigan maxsus ieroglif yaratilishi nonning Xitoyga tarqalgan vaqti miloddan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Shu davrga oid manbalarda “nong” yoki “xubing” achitilgan bir bo‘lak xamir (xitoycha “mantou”) olov yoqilgan o‘choqlarda pishirilar edi, deb ko‘rsatilgan. Nonga sedona seilishi va nonvoyxonalar oldidan tong saharda o‘tilsa atrofni ishtaha ochadigan xushbo‘y hid qamrab olishi va bunday nonlar “xumabing” deb atalishi aytilgan. Bunday non hangomasi mashhur Xitoy shoiri Bay Jyuyi (Bo Jyuyi deb ham aytiladi 772-846 yy.yashagan) she’rlarida ham o‘z aksini topgan.
Chimin yaoshu” nomli asarda yozilishicha, “xubing” turlari ko‘p bo‘lib, ayrimlariga qiyma solingan. Qiyma solingan “xubing bir bo‘lak xamir ichiga ikki qadoq go‘sht, oq piyoz, dorivor, tuz kabilardan qilngan qiyma solib, olovda pishiriladi, xamirning yuz tomoni darhol shishib chiqadi”, deb ko‘rsatilgan. Mazkur “go‘shtli non”ning ta’riflanishidan ko‘rinib turibdiki, u somsaning xuddi o‘zi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling