Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Yigit hukmdor bergan javobidan qoniqqan-qoniqmaganligini bilolmay hayajondan peshanasida paydo bo‘lgan marjon-marjon terni artishga jur’at etolmay chuqur tin oldi. Davrada cho‘kkan sukunatni hech kim buzishga jur’at etolmas, Arslonxon esa yosh me’morga tikilganicha jim turar edi.
Saltanat egasi o‘ng tomonidagi vaziriga burilib ko‘pchilikka javob berishni buyurdi. Taxt atrofida saroyning munajjim va muboshirlari bilan o‘sha yigit qoldi, xolos. Muhammad Arslonxon minora uchun shahar markazidan joy tanlash, uning tarxini al-jabr qonunlari asosida yulduzlarga qarab takomillashtirishga farmoyish berdi, uning qurilishi uchun xazinadan cheklanmagan miqdorda tilla aqcha ajratdi, Bundan tashqari muhandis va koshinkorlar sardori etib tayinlangan yigitga qurilish ehtiyojlari uchun har qanday mahsulotga boju xiroj belgilashga ruxsat berdi. Sardor bir yil davomida yurtdan boju xirojni tuya juni va suti, tovuk, tuxumi, uzum shirasi bilan to‘plashni so‘radi. Me’mor minora o‘rnida chuqur handak qazib, poydevorga qo‘yilgan marmar toshlar orasini tuya juni va suti, tuxum sarig‘i va uzum shirasida tayyorlangan qorishma bilan to‘ldirishni buyurdi. Qadim zamonlardan ustalar bunday qorishmani "qir" deb atashadi. Yillar o‘tgan sayin uning pishiq-puxtaligi oshib metinga aylanib boradi. Amir amaldorlari esa o‘shanda qumga to‘kilayotgan ne’matlardan darg‘azab bo‘lishsa ham hech narsa deyisholmasdi. Amirul umaroning sardorga ishonchi cheksiz edi. Har qanday davrda bo‘lgani kabi o‘sha qadim zamonlarda ham mansab suiiste’moli uchrab turardi. Viloyat va tumanlardan tuxum ortilgan aravalar kam kela boshladi. Me’mor podshoga shikoyat etdi. Tuxumni o‘zlashtirayotgan mansabdorlar aniqlanib jazolangunga qadar me’mor poydevor yotqizish ishlarini poyoniga yetkazib bir kechada mamlakatdan pinhona chiqib ketdi. Bir oy, ikki oy o‘tsayam undan darak bo‘lmadi. Darg‘azab bo‘lgan amir uning tirigini yoxud o‘ligini topib bergan kishiga katta mukofot belgilab yurt bo‘ylab chopar yubordi. Shahar o‘rtasidagi poydevor qo‘yilgan xandaq esa qor-yomg‘ir ostida qolaverdi. Me’mor oradan to‘qqiz oy o‘tganidan keyin shahar darvozasidan o‘zi kirib kelib to‘g‘ri sulton saroyiga ravona bo‘ldi. Hukmdor oldida tiz cho‘kib bir qoshiq qonidan kechishini o‘tinib so‘radi. Ijozatsiz g‘oyib bo‘lganingning boisi nedur?— dedi qahr otiga mingan hukmdor. Shahardan chiqib ketmasam, siz meni qurilishni davom ettirishga majbur etgan bo‘lur edingiz. Poydevor esa qish qor-yomg‘irini ko‘rib mustahkamlanmog‘i lozim... Amir achchig‘ini unutib, minora qurilishini davom ettirishini buyurdi. Minora ko‘kka bo‘y cho‘zgunga qadar yana bir necha qish qor-yomg‘irini ko‘rdi. Uning qaddi- qomatiga belbog‘dek yarashgan koshinkor tasmada Muhammad Arslonxonning muborak ismi sharifi yozildi. Tasmaning bir chekkasida esa kimdir kichik harflar bilan "Amale usto Baqo" deb pinhona yozuv qoldirdi. Bu o‘sha me’mor yigitning ismi- sharifimi, yoxud koshinkorning o‘zboshimchalik bilan qoldirgan izimi? Buni hech kim bilmaydi”1. Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, XI-XII asrlardagi mohir me’morlarning samarali mehnatlari natijasida o‘nlab me’moriy obidalar bizgacha meros bo‘lib kelmoqda. Buxorodagi Mohaki Attoriy, masjid, Minorai Kalon, Raboti Malik, Xoja Naxshiron maqbarasi, Termizdagi Sulton Saodat maqbarasi, Nomsiz maqbara, Jarqo‘rg‘on minorasi, Chorko‘h masjidi, Qubodiyondagi (Tojikiston) Xoja Mashhad madrasasi, Xo‘jandagi Shayx Maslahatdin majmuasi, Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi, Muhammad ibn Ziyod maqbarasi, Tulxotun Bobo masjidi, Abdulloh ibn Buray maqbarasi, Xurosondagi Abu Sayid maqbarasi, Abu Fazl maqbarasi, Alambardor Muntasir maqbarasi, Mashhadi Misriyon maqbaralar majmuasi va uning qoldiqlari yuqorida aytilganidek, Sharq uyg‘onish davrining nodir 1 Naimov N. Buxoroyi sharif. Buxoro.: “Buxoro” nashriyoti, 1997. – B. 119-22. me’moriy obidalari sifatida asrlardan asrlarga oshib, bizning kunlarga qadar yetib kelgan1. Aslida, bu davrda tiklangan inshootlarning soni bir muncha ortiq bo‘lgan. Tabiiyki, ularning asosiy qismi bizgacha yetmagan. Ular orasida jiddiy talofatsiz saqlanib qolganlaridan biri Qoraxoniylarning Farg‘onadagi qarorgohi bo‘lmish qadimgi O‘zgand shahridagi ko‘hna maqbaralar va Safed Bulondagi Shoh Fazl maqbarasidir2. O‘zgandda bira to‘la uchta qo‘rg‘on qurilgan bo‘lib, uning asosiy qismi bizgacha saqlanib qolgan. Minora, maqbara va mudofaa devorlari shaharning qadimgi qudratidan dalolat berib turibdi. Aytib o‘tish joizki, Safed Bulon me’moriy majmuasining O‘rta qismi Shoh Fazl mozori deyiladi. Shoh Fazl maqbarasi tarhi to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidadevorning ichki uzunligi (7,85 x 7,85 m) qalinligi esa 1,63 m. devor- ning tashqi uzunligi 11 m. dan iborat. Majmuaning yuqori qismi konusimon gumbaz bilan berkitilgan bo‘lib u asosiy devorlarga pog‘onali konstruksiya bilan biriktirilgan hamda tarhi chortoqli bo‘lib, devor sathiga chuqur 1 Bu haqda qarang: Shishkin V.A. Arxiteturnыe pamyatniki Buxarы. T., 1936; Bachinskiy N.I. Arxitekturnыe pamyatniki Turkmenii, v. 1, Moskva-Ashxabad, 1939; Gulyamov Ya. Pamyatniki g.Xivы. Trudы UzFAN, seriya 1. Istoriya, Arxeologiya, v. III, Tashkent, 1941; Zasыpkin B.N. Arxitektura Sredney Azii. M., 1948; Bernshtam A.N. Arxitekturnыe pamyatniki Kirgizii.M- L.,1950; Masson M.E. Nadpisi na shtuke iz arxitekturnogo ansamblya u mavzoleya Xakim-i Tarmizi. - Trudы TashGU (vыp.172). Arxeologiya Sredney Azii. V, Tashkent, 1960; Masson M.E. Iz vospominaniy sredneaziatskogo arxeologa. T., 1976; On je. Nekotorыe predstavleniya ob Aleksandre Makedonskom, bыtovavshie u narodov Sredney Azii v konse XIX – nachale XX veka // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane.1980. № 1; Pugachenkova G.A. Mavzoley Arab–ata (Iz istorii arxitekturы Maverannaxra IX–X vv.) // Iskusstvo zodchix Uzbekistana. T., 1963. Ona je. Arxitekturnыe pamyatniki Maverannaxra epoxi Ulugbeka // Iz istorii epoxi Ulugbeka. T., 1965; Ona je. Xorasanskie mavzolei // Xudojestvennaya kultura Sredney Azii IX–XIII vekov. T., 1983; Pugachenkova G.A., Rempel L.I. Vыdayuщiesya pamyatniki arxitekturы Uzbekistana (s drevneyshix vremen do seredinы XIX veka). M., 1965; Mankovskaya L.Yu. Mavzoley Rabiya Sultanbegim v Turkestane // ONU. 1969. № 3; Ona je. Mavzolei Kzыl–mazar i Gumbez–bobo // ONU. – 1970. № 10; Ona je. Arxitekturnыe pamyatniki Kashkadari. T., 1971; Ona je. O tipologii memorialnogo zodchestva Sredney Azii. Mavzolei Fudinы i Kasbi // Kultura i iskusstvo narodov Sredney Azii v drevnosti i srednevekove. M., 1979; Ona je. Memorialnoe zodchestvo Sredney Azii // Xudojestvennaya kultura Sredney Azii IX–XIII vekov. T., 1983; Pamyatniki zodchestva Tashkenta, Tashkent, 1983; Azimov I. Farg‘ona vodiysining arxitektura yodgorliklari. T., 1986; Talbakova N.S., Nikitina O.M. Arxitekturno-arxeologicheskoe issledovanie mavzoleya sheyxa Muslixiddina v protsesse restavratsii. - Issledovaniya po istorii i kulture Leninabada. Dushanbe, 1986; Saakov V.G. Arxitekturnыe shedevrы Buxarы. Rovno, 1991; Manыlov Yu.P. Pervыe itogi izucheniya karavan-saraev na torgovыx putyax mejdu Buxaroy i Xorezmom. - Goroda i karavansarai na trassax Velikogo shelkovogo puti. - TDMS YuNESKO. Urgench, 1991; Nekrasova Ye.G. O tipax monumentalnыx memorialnыx soorujeniy Uzbekistana. – MKSA, 1992. 2 Bu haqda qarang: Щerbina-Kramarenko N. Po musulmanskim svyatыnyam Sredney Azii (putevыe zametki i vpechatleniya). Spravochnaya knijka Samarkandskoy oblasti, vыp. IV, 1896; Dyakonov M.M.Neskolko nadpisey na kayrakax iz Kirgizii // Epigrafika vostoka. № II. M-L ,1948; Bernshtam A.N. Arxitekturnыe pamyatniki Kirgizii. Moskva, 1950; Abashin S.N. Safid Bulan // Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imperii. Ensiklopedicheskiy slovar. Vыpusk 3. M., 2001; Tursunboy hoji Abdunabi o‘g‘li. Safed Bulon. Bishkek. 2003; Abdulahatov N., Haydarova Z., Azimov O. Bibi Ubayda ziyoratgohi. F.: Farg‘ona, 2009. ravoqli tokchalar ishlangan. Maqbaraning balandligi poydevoridan gumbazigacha 15,5 m. ni tashkil etadi. Maqbaraning to‘rt burchagi olamning to‘rt tarafiga mos keladigan tarzda qurilgan. Maqbaraning mehrobi janubga qaratilgan bo‘lib sal g‘arbga qarab og‘gan. Bino to‘g‘ri to‘rtburchakli va kvadrat shaklidagi pishiq g‘ishtdan qurilgan. Asosiy peshtoq bezatilmagan. Maqbaraning janubiy-g‘arbiy tomonidagi devorda 0,82 m. kenglikdagi bitta eshik, shimoliy-g‘arbiy tomondagi devor o‘rtasidagi darchaning ikki yonida ikki eshik mavjud. Eshiklarga chiziqlar tortilgan. Binoga yorug‘lik faqatgina shimoliy-g‘arbiy devordagi yerdan 3 m. balandlikda joylashgan darchadan tushib turadi. Binoning tashqi mahobatining oddiyligi va bezaksiz ishlanganligi hamda yuqoriga uning pog‘anali tarzda qad ko‘targanligi bilan ajralib tursa ichki qismi buning aksidir. Maqbaraning ichki devori naqshlar va ko‘plab kufiy yozuvlar bilan bezatilgan1. Keyinroq barcha ichki bezaklar boy ganchli bezaklar bilan bezatilgan bo‘lib, moviy, zangori, qizil,sariq ranglar bilan bo‘yalgan. Qur’on oyatlari, ko‘p marta takrorlangan “Al-mulk lillohi”, ya’ni “Mulk Ollohniki” so‘zi tushirilgan. Uch gorizantal qatorda fors tilida bitilgan yozuvlar bo‘lib, undagi yuqori qatordagi yozuvdan va bir oz shikastlangan. Mazkur yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, ushbu bino qoraxoniy hukmdor Sayf ad-davla Maliknning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan va u Sayf ad-davla Mulkonning o‘g‘li Muiz ad davla Mulkon tomonidan qurilgan va qayta ta’mirlangan. Yozuvlarda sanalar ko‘rsatilmagan. Tadqiqotlar xulosasi binoning qurilish davri sanasi 447-451/1055-1059 yillarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 1027-1031 yillarda Axsikent va Kosonda zarb qilingan tangalarda Muiz ad-davla nomi uchraydi. Tangashunos olim M.N.Fedorov ushbu Muiz ad-davla laqabi Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati hukmdorlaridan biri Nasr Ilakxonning nabirasi Abbos ibn Ibrohimga tegishli bo‘lganligini yozadi2. Qizig‘i shundaki, mozorning ichiga bitilgan pastki yozuvlardan faqatgina fazl yoki fadl so‘zi saqlanib qolgan. Shu sababdan mahaliy xalq shu fazl so‘zidan kelib chiqib Shoh Fazlning mozori degan bo‘lsalar kerak3. Ushbu yozuvlar bizga Shoh Fazl mozorida XI asrda hukmronlik qilgan qoraxoniy xukmdorlaridan biri dafn etilganligini ko‘rsatib beradi. Ayrim tadqiqotchilar shundan kelib chiqib, mozor XI asrda barpo etilgan va uni arablar bilan bog‘liq emas degan fikrni ham bildirgan edilar4. Ammo afsonalar haqiqatni bir parchasi degan naqlga tayanadigan bo‘lsak, balki XI asrda yashagan Qoraxoniy hukmdor Sayf ad-davla Malik Safed Bulon ziyoratiga kelib o‘zini ham shu yerga Shoh Fazl mozoriga dafn etishlarini vasiyat qilgandir. Bu vaqtdagi Axsikent va Qubo shaharlari to‘g‘risida yuqorida ham 1Bernshtam A.N. Arxitekturnыe pamyatniki Kirgizii. M.-L.,1950 S.86-87. 2Fedorov M.N. Politicheskaya istoriya karaxanidov v konse pervoy i vo vtoroy chetverti XI v. Karaxanidskie monetы kak istoricheskiy istochnik // Numizmatika i epigrafika. XI. M., S.175. 3Abashin S.A. Safid Bulan…-B. 88. 4O‘sha asar. O‘sha bet. gapirilgan edi. Biroq, bu shaharlardagi me’moriy obidalarni tasavur qilish uchun arxeologik ishlar natijasidan boshqa materiallarga tayana olmaymiz. Qoraxoniylar davrida dehqonchilik va hunarmandchilik yusak darajada rivoj topdi. Biz qo‘limizdagi ma’lumotlarga va ashyoviy asotirlarga tayangan holda bu davrdagi Movarounnahrdagi dehqonchilik va hunamandchilik to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni quyida keltirib o‘tishni lozim topdik. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr shahar va qishloqlaridagi aholining turmushi to‘g‘risida davrimizning mutaxassis olimlari ijobiy fikrlar bayon etishgan. Binobarin, xukmdorlarning sa’yi harakatlari bilan har bir shaharda maishiy turmushni yaxshilash uchun hammomlar, kasalxonalar barpo etilgan. O.G.Bolshakovning fikriga ko‘ra, XI asrning o‘zida Samarqand va Marv singari shaharlarda yuzga yaqin hammomlar qurilgan. Masjidlardan so‘ng aholi eng ko‘p bo‘ladigan hammomlarda imkon boricha qulayliklar yara- tilgan. Qolaversa, bunday inshootlar eng ko‘p daromad keltiruvchi manba hisoblangan. Shuning uchun ham hukmdorlar mana shu sohani rivojlantirishga jiddiy ahamiyat qaratishgan. Bunday serdaromad joylar odamlarni boyishiga emas, balki ilm-fanni rivojlantirish maqsadiga yo‘naltirish uchun, madrasalarga vaqf qilib berilgan. Shu o‘rinda ibn Havqalning Samarqand to‘g‘risida bergan ta’rifining keltirib o‘tish diqqatga sazovordir: “Samarqand So‘g‘d daryosidan janubda joylashgan va undan balandda turgan shahardir. Bu yerda ark, shahriston va rabot bor. Arkda hozirgi vaqtda qamoqxona kurilgan va hokimlar saroyi bor. Ammo bu saroy xaroba holiga kelgan. Men arkka ko‘tarilib, inson ko‘zi hech qachon ko‘rmagan ajoyib manzaralardan birini: ko‘m-ko‘k daraxtlarni, hashamatli qasrlarni, oqayotgan kanallarni va uzluksiz barq urib yashnayottan madaniyatni ko‘zdan kechirdim. Maydonlar va shaharni bezab turgan binolar alohida ajralib turadi. Bularning barchasi hamisha mavjlanib turgan kanallarda va suvga to‘la hovuzlarda aks etadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling