Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet53/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Ertasiga Arkdagi ko‘rinishxonada ulamo va umaro, fuzalo va ustozodalar jamuljam bo‘lishdi. Taxtiga o‘tirgan amirul mo‘mininni hamma chuqur ta’zim bilan kutib olishdi.
Muhtaram fuqaro,—dedi amir Arslonxon vazmin ohangda,—saltanatimdan mangu bir nishona qoldirish maqsadida ajib bir inshoot bunyod etishga azm eturman. U shunday bir obida bo‘lsinki, shuhrati yetti iqlimga taralsin, qiyomat qoyimiga yetgunga qadar mo‘min-musulmonlarga qoraxoniylar davlatining kuch va qudratidan


1 Pugachenkova G.A. Ochiq osmon ostidagi muzey. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B.15-16.
2 Zasыpkin B.N. Arxitektura Sredney Azii. M., 1948. S. 64.
3 Bu haqda qarang: Umnyakov I.I. Pamyatniki arxitekturы Sredney Azii. T., 1928; Zasыpkin B.N. Arxitektura Sredney Azii. M., 1948; Bernshtam A.N. Arxitekturnыe pamyatniki Kirgizii.M-L.,1950; Pugachenkova G.A. Shedevrы Sredney Azii. T., 1986.
4 Zohidov P.Sh. Me’mor olami. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1996. – B. 100.
dalolat bersun. Aning tarxini chizib, bunyod etadigan me’mor va ustozodalarga ko‘p hadya in’om etilur!
Hukmdor ko‘rinishxonani to‘ldirib turgan nuroniy ruhoniylar, donishmand munajjimlar, oqil muhandislar, mohir koshinkorlarga diqqat bilan razm soldi.
Inshoot tarxini chizmoquchun har biringizga bir oy muddat berurman. Huzurimda tanlov o‘tkazurmiz!
Ahli fuzalo bir oy mijja qoqmay rang-barang inshsotlarning tarxini chizdi. So‘ngra hamma ko‘rinishxonada yana jamuljam bo‘ldi. har bir me’mor qo‘ltig‘ida qog‘ozda aks ettirilgan bo‘lajak bino tarxini olib kelgandi.
Qani, kim o‘rtaga tushib chizmasini namoyish etgay,—dedi hukmdor. Me’mor va ustozodalar birin-ketin ta’zim ila o‘rtaga tushib chizmalarini poyandoz singari hukmdor oyog‘i ostida yoyib tashladilar. Kimdir ajib bir qasr, boshqa birov mahobatli bog‘-saroy, yana qaysidir me’mor salobatli xonaqo tarxini ta’riflay ketdi.
Hamma rejasini izhor etgach, o‘rtaga mayin kashmir ipagidan libos kiygan, bejirim mo‘ylovi o‘ziga yarashib turgan qora qosh yigit chiqdi. U hukmdorga chuqur ta’zim qildi-da, xitoy qog‘ozida noma shaklida o‘ralgan, o‘zi tasavvur etgan inshoot chizmasini ikki qo‘llab amirga uzatdi. Davrada sokinlik cho‘kdi.
Arslonxon shitirlatib ipak qogoz o‘ramini ochdida, yer yuzidan boshlanib uchi samoga qadalgan minoraning rango-rang chizmasiga hayrat bilan tikildi. Keyin qog‘ozdan nazarini uzib qarshisida tiz cho‘kib turgan navqiron yigitga sinchkov qaradi.
Bunday inshootni barpo etishdan maqsad nedur?
Maqsad a’lo hazratlarining muborak ismi-shariflarini mangulikka muhrlamoqdir,–javob berdi me’mor.
Ehtiyoj nedur?—yana savolga oldi hukmdor.
Ehtiyoj ko‘pdir,—dadil davom etdi yigit.
Muazzin aning ustidan mo‘min-musulmonlarni yaratganga sajda etishga da’vat etur, minora cho‘qqisida o‘rnatilgan mash’ala cho‘lda ravona karvonlarni adashtirmay Buxoroyi Sharifga yetaklab kelur, Minorada sergak turgan posbonlar saltanatingizga tajovuz qilmoqchi bo‘lgan dushmanlardan ogoh etur va nihoyat, minora muborak davringizda muqaddas shahrimizda qurilajak boshqa buyuk binolar uchun rajja vazifasini ado etur...

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling