Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Movarounnahr hamma iqlimlardan xushmanzara, serunum va daromadi ko‘prog‘idir. Odamlari saxavotli, mehmondo‘st, jasur va shijoatlidir. Ularda kuch, qurol-aslaha va chorva yetarli. Dunyo bo‘yicha serunumlikda unga tenglashadigan iqlimi yo‘q... Movarounnahrda birorta shahar va qishloq yo‘qki, suv, ekinzor, va hayvonlari o‘tloqdan xoli bo‘lsa. Insonlar uchun kerakli hamma narsa u yerda topiladi va o‘z xalqlaridan ortib chetga chiqariladi. Suvlari dunyoda eng shirin suv. Sut va go‘sht uchun boqiladigan qora mollari ham, eshak, xachir va tuya kabi yuk tashish uchun xizmat qiladigan mollari ham yetarli; ular chorvalarga yaxshi qaraydilar. Go‘shtlari Turkman[iston]ning g‘arbiy tomonlaridan keltiriladigan qo‘ylar bo‘lib, o‘zlaridan ortib qoladi. Paxtadan ishlangan paloslari shunchalik ko‘pki, o‘zlaridan ortib chetga ham chiqaradilar. Ularda ipak, jun, ayniqsa, tuya juni, Xo‘jand shoyisi juda ko‘p; shoyini o‘zlari kiyadi, chetga chiqarmaydi. Ularning mamlakatida temir koni shuncha ko‘pki, o‘zlarining qurol-aslaha va ro‘zg‘or asboblaridan ortib qoladi. Ularda oltin, kumush, simob va ma’danlar ham behisob ko‘p.
1 Shoniyozov K.Sh. Buxoro G‘arbiy Qoraxoniylar hukmronligida...– B. 44. 2 Hikmatullaev H., Shoislomov Sh. Yoqut Hamaviy. T.: Fan, 1965. – B. 3. Mevalari shunchalik ko‘pki, agar sen So‘g‘d, Ushrusana, Farg‘ona va Shoshlarning ichkarisiga kirsang, butun dunyodagi mevalarning hammasidan ham ko‘p bilasan. U yerdan olmaxon, suvsar va tulki terilari boshqa mamlakatlariga olib ketiladi. Movaruonnahrliklarga kelgan mehmon xoh tanish va xoh notanish bo‘lsin o‘zini o‘z uyida deb his qiladi. Al-Istaxriy shunday deydi: “Men So‘g‘dda shunday hovlini ko‘rdimki, u yuz yildan ko‘proq vaqtdan beri qulflanmaydi, hamma vaqt mehmonlar uchun ochiq. To‘satdan bu xonadonga yuz-ikki yuzlab mehmonlar keladi, uy egasi hech qiynalmay mehmonlarni ot-ulovlari bilan joylashtiradi va ziyofat qiloladi”. Movarounnahr aholisining ko‘pchiligi musofirxona, yo‘llarni tuzatish va boshqa shu kabi umumiy manfaat keltiradigan ishlar uchun pullarini ayamaydi. Uning shahar, guzar, cho‘l va qishloqlarida ham chetdan keladigan kishilar uchun hozirlab qo‘yilgan mehmonxonasi bor. Movarounnahr xorazmshoh Muhammad istilosigacha shunday obod edi. Xorazmshoh Muhammad kelib u yerdan al-xutolarni (Qoraxitoylarni nazarda tutilmoqda – mualliflar.) quvdi va xoniya deb atalidagan Movarounnahr podshohlarini (Qoraxoniylarni nazarda tutilmoqda) o‘ldirdi. Ilgari Movarounnahrning har bir qutbida bir podshoh bo‘lar edi. Xorazmshoh kelganidan keyin o‘zidan boshqa hamma podshohlarni yo‘q qildi. Ammo uni idora qilishdan ojiz bo‘lgach, Movarounnahr aholisini o‘z askariga talatdi va ko‘chirib yubordi. Qolgan qutganlarini mo‘g‘ullar kelib xarob qildi”1. Al-Istaxriy va Yoqut Hamaviyning Movarounnahr aholisini mehmondo‘stligi haqidagi ma’lumotlarini boshqa tarixiy asarlarda ham uchratar ekanmiz, ularni darvozalarni qulflanmasligi borasida aytganlari bugungi zamon kishisini taajjubga solishi muqarrar. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz iymonli, diyonatli ajdodlarimiz kecha-kunduz darvozalarini berkitmay mehmon kutganlar. Shu sababdan Mahmud Qoshg‘ariy turkiy xalqlarda chaqirilmay kechasi kelgan kishilar uchun ham maxsus ziyofatlar qilinadigan ziyofat mavjudligini va u – kestam deb atalishini ta’kidlab o‘tgan edi2. XX asrning mashhur olimlaridan biri “Jamiyatni faqat ma’naviy zaminlarga suyanib yuksaltirish mumkin” deb aytgan edi. Bizningcha, xalqimizning azaldan mehmondo‘st ekanligi va do‘stu notanishga ham darvozasini birdek ochib mehmon qilib kelganligi ham aynan mana shu ma’naviy zaminlar asosida yuzaga kelgan bo‘lsa kerak. Chunonchi, yozma manbalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz xalqimizning hatto kechalari ham darvozalarini berkitmay yotganliklari haqida ma’lumotlar nafaqat X asrda balki keyingi asrlarda ham jumladan, XIX–XX asrlardagi adabiyotlarda ham tez-tez tilga olinib turilgan. Shu o‘rinda Dilshodi Barno nomi bilan mashhur bo‘lgan shoira Dilshodning (1800-1905/6 y.y.) “Muhojirlar tarixi” asaridagi quyidagi ma’lumotlarga e’tibor beraylik3. 1 Hikmatullaev H., Shoislomov Sh. Yoqut Hamaviy... – B. 21-23. 2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 448. 3 Bu haqda qarang: Muxtorov A. Dilshod i yeyo mesto v istorii obщestvennoy mыsli tadjikskogo naroda v XIX – nachale XX vv., D.: Danish, 1969; Dilshodi Barno va merosi adibii u, D.: Irfon, 1970; Qodirova M. Dilshod. T.N Fan, 1971; Dilshod tanlagan asarlar. T.: G‘afur “...bu hammamizni oyog‘ yalang haydadilar. Men to‘g‘ri chirog‘ namoyon o‘lg‘on manzilga bordum. O‘rda yalangidin o‘tub, yorug‘ yerga yetub, garmoba gulxanni ko‘rdim. Andin chetroqda bir (qaroxonaga) kirib, o‘ttuz chog‘liq rindni ko‘rdum va o‘z holimdin bexabar bo‘lub yiqilibdurman. Boz hushyor bo‘lg‘onimda ul jamoat shayxi turkiy savol qildi, xomush turdum va fosiy savol berganda “Omadam” radifliq forsiy g‘azal aytdim. Andin so‘ng shayxi rind ishorasi ilan bir so‘fi mani boshlab, azondin ilgari ikki soydin o‘tub, Xoja Kalonto‘ra mahallasiga yetduk. Masjiddin ikki havli yaqinroqda eshik qoqub, menga ishora qildi. Kirdim, ammo sahar vaqt darvozani ochiqligiga taajjub qildim”1. Darhaqiqat bunday mehmonnavozlik xalqimizga qadimdan meros bo‘lib kelgan va hozirda ham qishloqlarda tong saharlab darvozalar ochib qo‘yilishi odatiy hol bo‘lib qolgan. Ba’zi joylarda eshik va darvozalarga “Diqqat, bu yerda qopag‘on it bor” degan yozuvlarga ko‘zimiz tushar ekan bu bizning halqimizga yot odatlardan biri ekanligini unutmasligimiz kerak bo‘ladi. Yana mavzuga qaytar ekanmiz, Yoqut Hamaviyning ma’lumotlarining isboti tariqasida Ziyo Buniyodovning fikrlarini ham keltirib o‘tsak. Chunki uning XI-XII asrlardagi Movarounnahr shaharlari ahvoli to‘g‘risida keltirgan ma’lumotlari chindan ham diqqatga sazovordir: “Tarix va tarixiy topografiya olimlari Xorazmshohlar davlati tarkibiga kiruvchi bir qancha shaharlarni (masalan, Buxoro, Samarqand, Marv, Niso va boshqalar) yozma manbalar, arxeologik va etnografik tadqiqotlar asosida qiyosiy o‘rganib, asosli xulosalarga kelganlar. Arxeologlar turli hunarmandchilik ustaxonalarini, butun mahallalarni, ayrim binolarni, ko‘hna shahar devorlarini va boshqa joylarni qidirib topib, shaharlar tarixini va shahar hunarmandchiliginn o‘rganish uchun yetarli manbalarni to‘pladilar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling