Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet47/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Qanday bo‘lsa ham, Beshbolig‘ obidalaridan topilgan asarlar eskidan beri o‘troq turklarida ilm, madaniyat bor bo‘lganligini bildiradi. Bolosog‘un miloddan ikki ming yillar ilgari o‘tgan Erondagi Qiyoniy podshohlaridan Kaykovuz, Kayxisrovlar zamondoshi eroncha Afrosiyob, turkcha Do‘kuxon atalgan turk hoqonining uchinchi poytaxti bo‘lgan ekan. Uning birinchi poytaxti Samarqand bo‘lishini eski tarixchilar shubha qilishadilar. Biroq shahar chetidagi keng maydon xarobasi, yerlik xalq og‘zida, Afrosiyob atalishi va bu yaqinlarda u yerdan miloddan eski davr asarlari topilishi, turk hoqoni poytaxti Afrosiyob bo‘lganligini quvvatlaydi. Bunga ko‘ra Samarqand shahri jahongir Iskandar Makedoniy tomonidan qurilgan degan, ba’zi tarixlarda yozilgan so‘z asossiz bo‘lib qoladi, chunki Iskandar Afrosiyob davridan ko‘p keyin kelganligi hammaga ma’lumdir.
Tarix hijratning 536 (milodiy 1141) yili qoraxitoy xoni Gurxon bilan sulton Sanjar Binokand yaqinida to‘qnashib, sulton Sanjar qattiq yengilmish edi. Bu urushda Sanjar askaridan 30 ming kishi qurbon bo‘lmishdir. Shu bilan butun Movarounnahr Sanjar qo‘lidan chiqib, 71 yil qoraxitoy Gurxon qo‘lida qoladi. So‘ngra xorazmlik sulton Muhammad Gurxon askarini Buxoro, Samarqand, Farg‘onadan haydab chiqaradi. Taroz–Talasda (hozirgi Jambul) bo‘lgan urushda Gurxon tarafdorlari qattiq yengilib, bosh qo‘mondoni Toyangu asir olinmishdir. Buni anglagach, Gurxon Olmalig‘ (hozirgi G‘ulja), Beshbolig‘ turklaridan o‘z qo‘mondasida kuchlik qo‘shin tuzib, ketgan yerlarni qaytarib olish uchun yo‘lga chiqadi. Taroz g‘alabasidan so‘ngra sulton Muhammad Toyangu boshliq butun asirlarni olib Xorazmga qaytmish edi. Gurxon bu xabarni eshitishi bilan butun borliq askarini unga qarshi keltirib, yana Binokand yaqinida ikki hukmdor qo‘mondonligi ostidagi turk askarlari eng qattiq jang qiladilar.
Bu urushda Gurxon tarafdorlari ochiq yengilgan bo‘lmasalar ham uning askarlari orqaga chekinishga majbur bo‘ladilar; chunki bu orada Oltoydagi Nayman turklaridan Toyanguxon o‘g‘li Kushlukxon Gurxonga qarshi orqa tomondan hujum boshlab, Olmalig‘ni olib, Bolosog‘unga kelayotgan xabari onglanmish edi. Bu chekinishda xorazmiylar orqadan taqamish berib, Tarozga yetguncha quvg‘in qiladilar. Bu yerda ham Gurxon to‘xtab qarshilik ko‘rsatmagach, bu chekinish urush aldovi bo‘lmasin deb, sulton Muhammad shu yerda to‘xtalib qoladi.
Gurxon shu yurganicha yurib Bolosog‘unga kelmishdir. Qarasa, qal’a qapqoqlari (darvozalari) uning yuziga yopilmish edi, chunki bu yerdagi o‘g‘uz musulmonlari Xorazmshohning Gurxon ustidan g‘alaba qozonganligini onglashib, uning tomonidan qo‘yilgan shahar bosqoqlari (hokimlari)ni o‘ziga qarashli kishilari bilan qoldirmay o‘ldirishib, Sulton askarining kelishini kutishmoqda edilar. Lekin ularning Gurxon ortidan yeta kelib, dushmanga eng so‘nggi zarbani bergudek kuchlari yo‘q edi. Shuning uchun yordamsiz qolgan Bolosog‘un musulmonlarini, ko‘chmanchi turk uluslarining har turidan to‘plangan qo‘shin bilan kelgan Gurxon qattiq qamal ostiga oladi. Qurol-jabduqlari to‘liq, urush ustidan qaytgan, qiziqqon, o‘ljalariga yetolmagan, qo‘llari quruq, oz bo‘lganda yuz ming chamalik askar qarshisida u zamon sharoitiga ko‘ra bir shahar xalqi qanday chidab tura olsin?
Qamaldan o‘n olti kun o‘tgandan so‘ngra, och bo‘ridek ochiqqan ko‘p askar kuch bilan kirib shaharni oladilar. O‘lja asirlardan boshqa bu urushda musulmonlardan 70 ming kishi o‘ldirilmish edi. Shu bilan O‘g‘uzxondan qolgan eski madaniyatdan namuna bo‘lgan, o‘troq o‘g‘uz turklarining markazi sanalgan qutlug‘ Bolosog‘un shahri hayot olamidan ko‘z yummishdir. Chingiz davriga kelguncha, Turkiston xalqi ichida bunday qirg‘in bo‘lib, ko‘p qon to‘kilmagan edi. Bu shahar hozirgi vaqtgacha (1966 yil) o‘zining o‘tmishdagi shonlik sharafining taniqli belgilari bo‘lgan Oqpeshin, To‘rtko‘l, Burona xarobalarini qoldirmishdir. Bu yerda nohaq to‘kilgan qonlar egalari Burona minorasi orqali hanuz shahodat barmog‘ini ko‘tarib, o‘zlarining islomiyatlarini so‘ngg‘ilariga bildirib turadilar.
Butun turk ulusining eng eski madaniyatli adabiy tili hisoblangan “Qutadg‘u bilik” (Qut otliq bilim) kitobini yozgan Yusuf Xos Hojib shu Bolosog‘unlik edi. Islom olamida shuhrat qozongan mashhur lug‘at kitobi “Sixox Javhari”ni arabchadan forschaga tarjima qilguvchi Jamol Qarshiy ham shu Bolosog‘unlikdir. “Tarix-i Rashidiy”ning egasi Mirzo Muhammad Haydar ko‘ragon, bir vaqtlar Bolosog‘unda yuzlab kitob tasnif qilguvchilar bo‘lganligini shu tarix kitobida yozmishdir.
1908 yili Bolosog‘un xarobatidan o‘n besh chaqirimcha shimolda, hozirgi To‘qmoq shahrida bir qabr tosh topilgan edi. Undagi arabcha xatni yoshligimda o‘zim o‘qib chiqargan edim. Oradan 60 yillik uzoq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, mazmuni yodimda qolmishdir. Shu qabr egasi o‘z zamonasida eng ulug‘ olimlardan bo‘lib, bir necha kitoblar tasnif qilganligi, yoshi o‘ttizga yetmay turib, 500 –hijriyda (milodiy 1106 yilda) shahid bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi1. Bu toshdagi butun xatlarni


1Muhtaram Alixonto‘ra Sog‘uniyning yigitlik paytida mashhur olim bo‘lib shahid bo‘lgan yigitning qabrtoshi to‘g‘risida ma’lumotlari bizga Namangan viloyati Chortoq
yozib olishga qiziqqan bo‘lsam ham, unga ulgurolmay qoldim, chunki u tosh To‘qmoqdagi tungon boylaridan bo‘lgan Mahammadjon Pisango‘y uyida saqlanur edi. Odat bo‘yicha, musulmonlarning bayram kunlari ularni tabriklash uchun ruslardan bir necha shahar boshliqlari kelmish ekanlar. Kishi ko‘ngliga qiziqarlik, ko‘rinishi haykal misolliq bo‘lib, uyning tokchasida turgan bu toshga ularning och ko‘zlari tushgach: “U nima?” — deb so‘raydilar. Ma’lumot topgandan so‘ngra: “Buni biz oq podshohning muzeyiga yuboramiz”, — deb olib chiqib ketgan ekanlar. Shunday qilib, boshqa narsalarimizdan ajralganimizday, bundan ham ajrab qolganmiz. Yo‘q esa, toshning bosh oyog‘igacha bo‘sh o‘rin qoldirmay, anchagina tarixiy so‘zlar yozilmish edi.
Har holda, boshi Issiqko‘l, oyog‘i Merki, yetti-sakkiz kunlik yo‘l bo‘ylab tutashgan xarobalar, uzun yillardan beri bulardan chiqayotgan eskilik tarixiy asarlar, o‘z davrida bu yerlar madaniy o‘troq o‘g‘uz turklarining obodon shaharlari bo‘lganligini isbotlaydi. 1960 yillargacha sovet hukumatining eskilik izlovchi- qazuvchilari ko‘p narsalar topgan; jumladan, Oqpeshin xarobasidan bir xum to‘la kitob, yana Burona atrofida bir quduk ichidan islomdan ilgari eng eski turkiy xati bilan yozilgan bir kitob va ham bir necha tarixiy asarlar topganlarini shu yerlik ko‘rgan kishilar bizga so‘zladilar. 1965 yili To‘qmoqqa borganimda o‘tganlarni eskarib ruhiga duo qilish uchun Bolosog‘un xarobasiga chiqdim. Yerlik kishilarning aytishlaricha, shu yili kolxozchilar yer haydab yurganlarida bir xum oltin topmish ekanlar, o‘zaro kelisholmasdan, barini hukumat olib o‘zlari quruq qolibdilar. Yana, To‘qmoq bozorining qarshisida, Chuy suvining u tomoni Sho‘rtepada, Gurxon qoraxitoydan qolgan bir sapil (tuproq qo‘rg‘on, qal’a) bordir. Ikkinchisi, bundan kun botish tarafiga qirq chaqirimcha tubanroq, cho‘ngligi (kattaligi) unga necha barobar kelgudek yana bir sapil bo‘lib, o‘z vaqtida shahar qo‘rg‘oni ekanligi ochiq ko‘rinib turadi. Manimcha, bosqinchi Gurxondan qolgan yerlik asarlardan Ediqut o‘lkasida shu ikki sapil xarobalaridan boshqa biror narsa qolganligi ma’lum emas. Biroq o‘zlari bilmasalar ham, shu kunga davr xalq og‘zida ikki og‘iz xitoy so‘zi birisi domla, ikkinchisi shiypong saqlanib qolmishdir. Avvalgisi cho‘ng mulla, keyingisi ziyofat uyi demakdir…
Mo‘g‘ulcha Moqul bolig‘ atalgan Bolosog‘un shahri to‘g‘rilik bu kungacha men ko‘rgan tarixlarning hech birida biror og‘iz so‘z bo‘lsa ham uchratolmadim. Turk beshigi atalgan bu o‘lka uyg‘ur-o‘g‘uz elini o‘z quchog‘ida saqlab butun dunyoga tanitgan edi. Shunday qutlug‘ ona Vatanimizni, jaholat orqali o‘z bolalari yotlarga bostirib, uning shonlik sharafini eslaridan butunlay chiqargan edilar. Yuzlarcha emas, minglarcha yil o‘tgan so‘nggida bo‘lsa ham, men uning eng kenja o‘g‘loni bo‘lganligimdan,

tumanining Guldirov qishlog‘idagi Sadda mozor ziyoratgohida qabrtoshidagi yozuvlarni eslatadi. Bu qabr toshida ham xuddi shu singari ma’lumotlar mavjud bo‘lib, unda jumladan shunday yozilgan ekan: “Bu qabr fozilu komil, shariat ilmlarining bilimdoni, dono olim va aslzoda bir yigitniki bo‘lib, u olimlik va nazokat nafosat egasi kabi ulug‘ xislatlarni o‘ziga olgan zotdir. Saxovatpeshalik bobida barcha ishlarga o‘zining hissasini qo‘shgan bu yigitning ismi Muhammad bo‘lib, milliy va arabiy ilmlarning bilimdoni, millat va dinning nuri, saxovatpesha va solih shayx nomi bilan tanilgan. Olloh uning qabrini muattar va joyini jannatda qilsin. U hijriy 662 (milodiy1264) yilda vafot etgandir”. Bu haqda qarang: Sulaymonova H. Guldirov qishlog‘i. Namangan, 2005.


o‘z ulusi tomonidan butunlay unutilgan onamizni eskardim. Uzundan beri ko‘nglimda yig‘ilib yotgan bu haqdagi tarixiy so‘zlarimni, ko‘p yillar davomida to‘plagan ma’lumotlarimni kelajak bo‘g‘inlarimizga bildirish uchun, bu o‘rinda yozdim va she’riyat so‘zlarimga shior qilib Sog‘uniyni tanladim. Qobusi (vaqti) kelar ekan, yot dushmanlar oyog‘i ostida depsalib yotgan ona Vatanlarini eskarsinlar!
Shunday qilib, Bolosog‘un voqeasidan so‘ngra, Gurxon o‘zi ham ko‘p yashayolmadi. Davlatni saqlash uchun o‘z dushmani Kushlukxonga qizini berib, uni kuyov qilgan bo‘lsa ham, yana maqsadiga yetolmadi. Uning poytaxti — Olmalig‘ o‘lkasini atrofi bilan Kushlukxon eli — Nayman turklari buzib, yorib, o‘ldirib, chopib, yer bilan bir tekis choldevor qildilar. So‘ngra Kushlukxon askari bilan Uyg‘uristonga o‘tib, Yorkent, Xo‘tangacha hukmini o‘rnatgan bo‘lsa ham, so‘nggi kunlari Chingizxon yurishiga to‘g‘ri kelganlikdan uning amri-buyrug‘i bilan o‘ldirilib, davlati shu bilan tugamish edi1”.
Qoraxitoylar davlatining hali ikki yil umri bo‘lishiga qaramay, xorazmshoh Aloiddin Muhammadning qoraxitoylar ustidan qozongan g‘alabasi islomning “g‘ayridinlar” ustidan g‘alabasi sifatida baholandi. Bu g‘alaba Aloiddin Muhammad xorazmshoh davlati tashqi siyosatining eng katta yutug‘i bo‘lib qoldi.
Davlat xazinasiga juda katta boylik va qimmatbaho buyumlar kelib tushdi, askarlar katta o‘ljalarga ega bo‘ldilar. Lekin, g‘alabaning eng muhim ahamiyati shu bo‘ldiki, xorazmshoh buning natijasida to‘liq mustaqillikka erishdi: mazkur hududdagi bironta davlat Xorazm ustidan hukmronlik qilishga da’vo qilolmaydigan bo‘ldi; endi xorazmshohning o‘zi boshqa davlatlar va xalqlarning taqdirini hal qiladigan davri kelgan edi. Aloiddin Muhammad Gurganjga qaytib kelganida, musulmon olamining barcha tomonlariga xorazmshohning g‘alabasi haqidagi xushxabar bilan choparlar jo‘natildi. Barcha shahar va qishloqlar bezatildi, masjidlarda buyuk sulton Aloiddin Muhammadning nomini ta’riflab, sharaflab, bayramona xutba, va’zlar bo‘ldi.Shu tantanalar vaqtida qoraxitoy askarlarining asirga
tushgan qo‘mondoni Tayangu Amudaryoga cho‘ktirib yuborildi.
Xorazmshoh saroy rasm-rusmlarini o‘zgartirdi va ularni yanada tantanavor qildi. Shoh Iskandari Soniy laqabini olish bilan birga saroyda Zulqarnayn (“Ikkinchi Iskandar”) navbasini (shoh kirishi sharafiga musiqiy madhiya) joriy etdi va uni ijro qilish uchun asirga tushgan hokimlarni tayinladi. Bu navba quyosh chiqar va botar paytlarida cho‘plari qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan 27 ta oltin nog‘oralarda ijro qilinar edi.
Ziyo Buniyodov xorazmshoh saroy rasm-rusmlarini ta’riflar ekan, Movarounnahrda yuz bergan keyingi voqealar xususida jumladan shunday yozadi:
Shoirlar xorazmshohni Isqandari Soniy nomi bilan madh etayotgan bo‘lsalar-da, shohning o‘ziga bu ham kamday ko‘rindi. U, buyuk saljuq sultoni Sanjarning uzoq yillar hukmronlik qilganiga havasi kelib, o‘ziga “Sanjar sulton” deb yozilgan muhr


1 Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg‘usi.Birinchi kitob. T.: Sharq, 2003. – B.35-41.
tayyorlashga buyruq berdi. Xorazmshohning yangi nomi uning o‘g‘illarining unvonlarida ham aksini topdi; xorazmshohlar taxtiningvorisi Qutbiddin Uzlug‘shoh “Sulton Abul-Muzaffar Uzlug‘shoh ibn Sanjar sulton, mo‘minlar amirining yordamchisi” deb nomlangan edi. Sulton Jaloliddin Mangbo‘rniy xalifaga yo‘llagan maktublariga “Itoatgo‘y xizmatkoringiz Mangburniy ibn Sanjar sultondan” deb imzo chekar edi.
Xorazmshoh bilan birga uning kuyovi, Samarqand hokimi xonlar xoni Usmon Gurganjga keldi va poytaxtda bir yil qoldi. U Samarqandga kaytib ketmoqchi bo‘ldi, ammo, Xorazmshohning onasi –Turkon xotun uni o‘z huzurida ushlab turdi, sababi — turkiy odatlarga ko‘ra, yosh kuyov o‘z uyiga faqat bir yil o‘tgandan keyingina ketishi mumkin edi.
Bu vaqt ichida Muhammad ibn Takish qoraxitoylarga qarshi yangi yurish qilishni o‘ylab qoldi. Xorazmshohning safardagi a’yonlari orasida o‘zlarining hukmdori Usmonxonning yo‘qligini bilib qolgan samarqandliklar axvol yaxshi ekanligiga shubha qila boshladilar. Xorazmshoh va uning odamlariga ochiqdan-ochiq dushmanlik bildira boshladilar. Samarqandda ahvol keskinlashib ketdi va xorazmshoh Gurganjga Usmon va uning xotini Xonsultonni olib kelish uchun odamlarini yubordi.
Ammo, xonlar xonining Samarqandga qaytib kelishi xorazmshoh foydasiga xizmat qilmadi. Sulton Usmon shaxarda yo‘qligida xorazmshohning shixnasi Dort-Abo xamda uning odamlari nojo‘ya ishlar qildilar va xalqqa jabr-zulm qildilar. Usmon shaharga qaytib kelishi bilan tezda xorazmliklarni qirib tashlashni buyurdi. Samarqand xalqining ularga bo‘lgan nafrati shu qadar kuchli ediki, ular xorazmiylarning jasadlarini tilka-pora kilib, ko‘cha va bozorlarda mixga osib qo‘ydilar. Usmon o‘zi va xotini bilan birga kelgan hamma xorazmliklarni qirib tashladi va yosh xotinini qoraxitoy gurxonining qizi bo‘lmish boshqa xotiniga xizmat qilishga buyurdi va majbur qildi. Ammo, Xonsulton Samarqand ichidagi qal’aga kirib olib, u yerda xorazmshoh askarlari kelgunga qadar o‘tirdi. Xonsultonning kanizlari, ehtimol ba’zi samarqandliklar ham xorazmshoh qiziga sodiq bo‘lib qolgan bo‘lsalar kerak.
Xonlar xoni Usmon xorazmliklardan voz kechib, qoraxitoylarga Samarqandni topshirishga tayyor ekanligini ma’lum qilib, Go‘rxonga elchilar yubordi.
Xorazmshohning qahru-g‘azabi haddan oshdi. Usmonning Samarqanddagi harakatlarini bilishi bilan shoh jahl-g‘azab ustida, Gurganjdagi barcha boshqa yurtliklarni o‘ldirishga buyruq berdi, ammo, xorazmshohning onasi uni puxta o‘ylab ish tutishga chaqirdi, bunday ish uni uyatga qoldirishi, butun musulmon olami uni ayblashini uqtirdi. Aloiddin Muhammad juda katta askar to‘plab, Samarqandga yo‘l oldi1.
Yozma manbalarda Muhammad xorazmshohning bu galgi yurishi oqibatida 10 mingga yaqin odam o‘ldirilganligi haqida so‘z borar ekan, asirga tushgan Samarqand hukmdori Usmonni xorazmshoh dastlab avf etmoqchi ham bo‘lganligi ta’kidlanadi. Biroq alamzada qizi Xonsultonning talabi bilan 609 (1212) avvaliga Usmon so‘ngra uning barcha qarindosh hamda yaqinlari qatl qilingan.


1 Buniyodov Z. Anushtagin xorazmshohlar davlati...– B.103-105.
Oxir oqibatda Qoraxoniylar sulolasining boshqa vakillariga nisbatan ham shunday qattiq choralar ko‘rilgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arbiy Qoraxoniylar tanazzulga uchragan bir vaqtda Sharqiy Qoraxoniylar davlati ham inqirozga uchragan. Bu haqda uyg‘ur olimi Nurullo Mo‘min Yulg‘un quyidagilarni bayon etadi:
Ibrohim Ahmad ibn Hasanning o‘g‘li bo‘lib, u otasi vafotidan so‘ng (Sharqiy)Qoraxoniylarning xoqonlik taxtiga chiqqan. Ibrohim ibn Ahmad 1129 yildan 1158 yilgacha taxtda o‘tirgan. Uning hukmronligi davrida Sharqiy Qoraxoniylar davlati og‘ir inqirozga duch kelib, joylarda xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarilib turgan. Shuningdek qarluqlar va qanglilarning isyoni xonlik kuch- qudratini bir qadar ojizlantirishiga sabab bo‘lgan. Bunday holatda Ibrohim ibn Ahmad qisqa vaqt ichida kuchayib ketgan qitanlar(qora xitoylar)ning hukmdori Yulug‘ Tashindan harbiy yordam so‘rashga majbur bo‘lgan. Yulug‘ Tashin darhol qo‘shin yuborib isyonlarni bostirgan va ushbu xizmatlari evaziga Yettisuv va Sirdaryo vodiysi hududlarida turish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay qidanlar Sharqiy Qoraxoniylarga qarashli ko‘plab hududlarni bosib olganlar. Ibrohim ibn Ahmad tasaruffida faqatgina Qashqar va Xo‘tan yerlari qolgan xolos.
Shundan e’tiboran sharqiy Qoraxoniylar xonligi tadrijiy holda qidanlarga qaram bo‘lib qolgan. Qidan hukmdori Yullug‘ Tashin Ibrohim ibn Ahmadga “Ilik turkman” degan unvon bergan. Ibrohim ibn Ahmad 1158 yilda vafot etgan.
Muhammad ibn Ibrohim o‘g‘li bo‘lib, u otasining Ibrohim ibn Ahmadning vafotidan keyin 1159 yili sharqiy Qoraxoniylarning xoqonlik taxtiga chiqqan. U taxtga chiqgach avval “Bug‘raxon” degan unvonni asliga keltirgan hamda qidanlarga qarshi isyon ko‘tarib bir muddat ularning tobeligidan xalos bo‘lgan. Biroq sharqiy Qoraxoniylar xonligini bo‘lgan qitanlarga qaramligi butunlay olib tashlanmadi. Qo‘limizda uning saltanining so‘nggi yillariga doir ma’lumotlar yo‘q.
Mahmud ibn Yusuf Muhammad ibn Ibrohimning nevarasi bo‘lib, 1204 yildan 1211 yilgacha taxtda o‘tirgan. Uning davrida yirik amaldorlarning itoatsizliklari haddan ziyod kuchayib ketishi natijasida saltanatda tartib intizoming o‘ta bo‘shashib ketishiga olib keldi. Buning ustiga 1209 yili nayman qabilasining shahzodasi Kuchluk qidanlarni taxtini tortib olib Qashqar va Xo‘tan hududlarini zo‘rlik bilan egallab oldi.Buning bilan Sharqiy Qoraxoniylar xonligi amalda yo‘q xonlikka aylanib qoldi. 1211 yili Mahmud ibn Yusuf mahalliy zodagonlar tomonidan o‘ldirilgan.
Mahmud sharqiy Qoraxoniylar xonligining eng oxirgisi xoqoni sifatida 1211 yili taxtga chiqqan. Uning Mahmud ibn Yusufga qanday vorislik munosabati borligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. U taxtga chiqqanidan so‘ng bir yildan keyin nayman xoni Kuchlkuk Sharqiy qoraxoniylar xonligini ag‘darib tashlagan. Natijada Qoraxoniy xonlarining uch asrdan ko‘proq vaqt davom etgan hukmronligiga xotima berilgan.
Umumiy qilib aytganda Qoraxoniylar xoqonligi davrida 20 xoqon ( G‘arbiy qoraxoniylarning Tamg‘och xoqonlaridan tashqari) o‘tirgan bo‘lib, ular hukmronlik qilgan vaqtlarda xonlikda katta-kichik ko‘p tarixiy voqealar yuz bergan1”.
Shu tarzda Burhoniddin al-Marg‘inoniyga rahnamolik qilgan Qoraxoniylar davlati tashqi hujumlar va ichki nizolar natijasida yemirilib, XIII asrning boshlariga kelganda barham topdi. Bu hodisa yuz bermasidan avvalroq Sohibi Hidoya ham olamdan o‘tib, Qoraxoniylar davlatining inqirozini ko‘rmagan va poytaxt sifatida ardoqlanayotgan Samarqand shahrida dafn etilgan edi.



1 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 190.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling