Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Qodirxonga yubordi. Ular xonni Balx yaqinida faqatgina 800 nafar chavandoz bilan ov qilayonganligini aniqlashgach, Sanjar amir Bo‘zqush boshchiligidagi qo‘shinni yubordi. Bo‘zqush Qodirxon va Gyun to‘g‘dini qo‘lga olib Sanjar huzuriga olib keldi. Qodirxon qatl qilindi. Gyun to‘g‘di bo‘lsa, yalinib yolvorishi tufayli avf etildi va mamlakatdan badarg‘a qilindi”1.
Sulton Sanjar Movarounnahrga Marvda yashayotgan Mahmud Teginni qaytadan hukmdor etib tayinladi. U Qodirxon tajovuzi vaqtida Xurosonga qochgan edi. Mahmud Tegin Arslonxon unvonini qabul qildi va 1130 yilga qadar Movarounnahrni idora qildi. Hayotining so‘nggi yillarida Mahmud Tegin Arslonxon ham falaj kasaliga mubtalo bo‘ldi va mamlakatni o‘g‘li Nasr bilan birgalikda boshqardi. Biroq, unga muxolifatda bo‘lgan bir guruh ruhoniylar Arslonxonning Samarqandda yo‘qligidan foydalanib, suiqasd uyushtirishdi va amaliy hukmdor Nasrni o‘ldirishdi. Bu xabarni eshitgan Arslonxon mamlakat qo‘ldan ketib qolmasligi uchun bosh homiysi Sulton Sanjar va keyingi o‘g‘li Ahmadni yordamga chaqirdi. Ahmad akasining o‘limida qo‘li bor shaxslarni tutib qatl ettirdi. Ibn al-Asirning yozishicha, Arslonxonning o‘g‘li Ahmadxon tomonidan ko‘rilgan choralar tufayli mamlakatda osoyishtalik qaror topgan va Sulton Sanjarning aralashishiga xojat ham qolmagan. Ammo bu paytda Arslonxonga yordamga kelayotgan Sanjar qo‘shinlari Movarounnahrga kirib bo‘lgan edi. Bu ishdan Arslonxon afsuslanadi, albatta. Biroq, vaziyatni o‘nglash ancha mushkul kechadi. Arslonxon Sulton Sanjarga yordamga muhtoj emasligini bildirgan bo‘lsa-da, Sulton Sanjar o‘zining harbiy aralashuvini to‘g‘ri yo‘l deb hisoblardi. Natijada tushunmovchilik va o‘zaro ziddiyat vujudga keladi. Keyingi harakatlar vaziyatni yanada keskinlashtirib yuborgan. Hatto ittifoqchi hisoblangan bu ikki hukmdor o‘rtasida bir-biriga nisbatan dushmanlik hissi ham uyg‘onadi. Sulton Sanjar 70 minglik qo‘shin yordamida keskin harakatlar bilan Samarqandni qamal qiladi va bir necha oylik qamaldan so‘ng shahar 1130 yilning bahorida olinadi. Sulton Sanjarning oldiga betob (falaj) xonni zambarda olib kelishadi. Sulton Sanjar Arslonxonning kuyovi bo‘lganligi uchun xonni qatl ettirmay qizi Turkona xotun huzuriga - Balxga yubordi. Arslonxon qizini oldida ham uzoq yashamay olamdan o‘tadi va o‘zi qurdirgan Marvdagi madrasa oldiga dafn etiladi. Movarounnahr taxtiga uning o‘g‘li Mahmudxon chiqarildi. Bu hukmdor umrining oxiriga qadar Sulton Sanjarning eng sodiq kishisi bo‘lib qoldi. Binobarin, Qoraxoniy shahzodalari ichida Saljuqiylar uchun bundan o‘zga samimiy munosabatli hukmdor va ishonchli ittifoqchi bo‘lgan emas edi. Aynan shu hukmdor davri Qoraxoniylar davridagi eng osoyishta va tinch davrlardan biri hisoblanadi. Bu vaqtlarda Burhoniddin Marg‘inoniy voyaga yetib, diniy ilmlar borasida yetarli bilim va malakaga erishgan edi. XII asrning o‘rtalarida Qoraxoniylar davlati tobora Saljuqiylar ta’siriga tushib qoldi. Ular, hatto o‘zlarining qo‘l ostidagi hududlarni 1 Sadr ad-din Ali al-Xusayn. Axbar ad-daulat as-seldjukiyya. Izdanie teksta, perevod, vvedenie primechaniya i prilojeniya Z.M. Buniyatova. M., 1980. S.213-214. tashqi dushman hujumidan saqlab qolishda saljuqiy hukmdorlariga yordam so‘rab murojaat qilib turdilar. Sulton Sanjar bu vaqtda Old Osiyo, Eron va Xorazmda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat bilan mashg‘ul bo‘lib, Qoraxoniylarning sharqiy viloyatlarida sodir bo‘layotgan voqealar tizginini qo‘lga olmadi. Natijada shimoli-sharqda bo‘lsa, aksincha yangi siyosiy kuch paydo bo‘lib, Movarounnahrga katta xavf tug‘dira boshladi. Xorazm hukmdorlari ham bu vaqtda yana mustaqil tarzda hukmronlik qilib, asta-sekin Movarounnahrning boshqa viloyatlari tomon siljib borayotgandi. Ayniqsa, qoraxitoylarning Movarounnahrga tajovuzi borgan sari yaqinlashmoqda edi. Qoraxitoylar dastlab Chuguchak (sharqiy Turkistonda) shahrini, keyinroq Bolosog‘un shahrini o‘zlariga poytaxt qilib olib, butun Yettisuv viloyati bilan birga Sharqiy Turkistonda markazlashgan davlat tuzishdi. Ularning oliy hukmdori “Go‘rxon” (G‘uyurxon) unvonini oldi. Qoraxitoylar hukmdorligining kuchayib borishi o‘z navbatida uch asrdan ziyod davomida hukmronlik qilib kelgan Qoraxoniylar davlatini tanazzulga yuz tutish jarayonini tezlashtirdi. Yozma manbalarning shohidlik berishicha, XII asrning 30-yillarida qoraxitoylarning talonchilik yurishlari yanada kuchayib ketadi. Ular Farg‘ona va Shosh bilan qanoatlanib qolmasdan Zarafshon va Qashqadaryo vohalarigacha kirib borishdi. Bunga qarshi Qoraxoniylar jiddiy qarshilik ko‘rsatmadilar. 1138 yilda bo‘lgan qarshi harakatda ham Qoraxoniylar hukmdori Mahmudxon mag‘lubiyatga uchrab, qoraxitoylarga katta miqdordagi tovon to‘lashga majbur bo‘ldi. Kuchayib borayotgan xavfni qaytarish maqsadida Mahmudxon Sulton Sanjardan yordam so‘raydi. Natijada, 1141 yilda Sulton Sanjar va Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlari qoraxitoylarga qarshi jangga shaylanadi. Jang Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida bo‘lib o‘tadi. Ittifoqchilarning nafrati yagona dushmanga nisbatan qanchalik kuchli bo‘l- masin, baribir qoraxitoylarning qo‘li baland keladi va jang uzil-kesil ularning foydasiga hal bo‘lgan. Bu haqda atoqli olim Ziyo Buniyotov shunday yozadi: “Sulton Sanjarning qoraxitoylar bilan birinchi to‘qnashuvi, 522 (1128) yilda yuz bergan, o‘shanda ular sharqdan (Sharqiy Turkistonga) hujum qilgan edilar. Sulton Sanjarning noibi — Qoshg‘ar xoni Ahmad ibn al-Hasan ularning hujumini daf qilgan edi. Ammo, qoraxitoylar Movarounnahrga qo‘shni yerlardagi qirg‘izlarni va uyg‘urlarni bo‘ysundirib, kuchayib ketib, 531 (1137)yilda Movarounnahrga ham bosib kirdilar. Samarqand xoni Mahmudxon ibn Arslonshoh qoraxitoylarga qarshi Xo‘jand suvi yoqasida jang qildi, ammo ulardan yengilib, poytaxti Samarqandga qochib keldi. Tarixchilar yozishicha, shundan keyin (Movarounnahr) xalqlari boshiga falokatlar yog‘ilib, odamlar qo‘rqinch va qayg‘uda qolib, baxtsizliklarni kuta boshladilar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling