Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet44/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Samarqand xoni (Mahmud ibn Arslon-shoh) sulton Sanjarga yordam so‘rab murojaat qildi. Sulton darhol qoraxitoylarga va Qarluq o‘g‘izlariga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Chunki, shu qarluqlar Samarqand xoniga qarshi bosh ko‘tarib, qora xitoylardan harbiy yordam so‘ragan edilar. Qoraxitoylar uchun bu Movarounnahrga bosib kirish uchun tayyor bahona bo‘lgan edi.
Sulton Sanjar Xorazmshoh Otsizning sodiqlikka ahd-paymoniga, qasamyodiga ishongani uchun, qo‘shinlarining chap qanotidan xotirjam edi. Shunda ham sulton qoraxitoylarga qarshi urushga 6 oy tayyorgarlik ko‘rdi. Bu urushga sulton Sanjarning barcha vassallari: Sijiston, G‘ur, G‘azin, Mozandaron podshohlari qatnashdilar. Manbada yozilishicha, sulton Sanjar yuz ming kishilik qo‘shin to‘pladi (Ibn al-Asir, 2-tom).
Hijriy 535 (milodiy 1141) yilning zul-hijja (iyul) oyida sulton Sanjar lashkarlari bilan Movarounnahrga kirib keldi. U avvalo qarluqlarni jazolashga ahd qildi (Samarqand xoni shulardan shikoyat qilgan edi). Ammo qarluqlar Samarqanddan qochib, qoraxitoylarning G‘uyurxoni (Yuvurxon, kofirxon bo‘lsa kerak
M. M.) Yelyuy To-Shi (1124—1143) huzurida panoh topdilar.
G‘uyurxon sulton Sanjarga maktub yozib, undan qarluqlarga tegmaslikni, ularni ta’qib qilmaslikni, ayblarini kechirishni so‘radi (taklif qildi). Sulton Sanjar bunga javoban jahl bilan xat yozib, g‘uyurxondan tez islom diniga o‘tishni talab qildi. Agar G‘uyurxon bu taklifni rad etsa, sultonning yuz ming kishilik qo‘shini bilan jang maydonida uchrashuvi zarur, dedi. Yana u qo‘shinlari yaxshi o‘rgatilgani va yaxshi qurollanganini ham pisanda qildi. Sulton Sanjar hatto “Jangchilarim shunday merganki, olisdan soch tolasini ikkiga bo‘lib tashlaydi” deb maqtandi. (Sultonning mana shu maqtonchoqligi Xudoga xush kelmadi, shekilli). Vazir Nosiriddin Tohir sultonga e’tiroz bildirib, bu maktubni G‘uyurxonga yubormang dedi. Ammo, vazirning e’tiroziga qaramay, maktub G‘uyurxonga jo‘natildi.
G‘uyurxon bu maktubni o‘qigach, elchining soqolini yuldirdi va bir tola soqolni ikkiga bo‘lginchi, deb qo‘liga to‘g‘nog‘ich berdi. Elchi tolaga to‘g‘nog‘ichni sancholmadi. Shundan so‘ng G‘uyurxon hozir bo‘lganlarga qarab, “Sen oldingda turgan soch tolasiga igna sancholmasang, boshqa odamlaring qanday qilib bir tola sochni o‘q bilan bo‘la oladi?” dedi.
Xitoy manbalarida yozishicha, G‘uyurxonning ham turklar va xitoylardan iborat yuz mingli qo‘shini bor edi. (Al-Husayniy kitobida esa G‘uyurxon qo‘shini 700 ming, sulton Sanjar qo‘shini 70 ming edi, deb beriladi. Bar Ebreyda esa G‘uyurxon qo‘shini 300 ming, sulton Sanjar lashkari ming edi, deb beriladi.) Ikkala taraf qo‘shini hijriy 535 yil safar oyining 5 kuni (1141 yil, 2 sentyabr)da Samarqand yaqinida (shahardan 5 farsax narida)gi Qatavon cho‘lida to‘qnashdilar. Qarluqlar ayniqsa sultonga qarshi qattiq jang qildilar (sulton ularni kechirmagani uchun). Bu jangda sulton Sanjar lashkari tor-mor keltirildi. Faqat Darg‘om darasining o‘zida sulton jangchilaridan o‘n mingi o‘ldi. Sultonning o‘zi olti navkari bilan arang qochib qutuldi...
Avval aytganimizdek, Qatavon cho‘lidagi jangda qarluqlar katta ish qilgan edilar. (Qarluqlar Xorazm tarafida turib qoraxitoylar va qoraxoniylar lashkarini mag‘lubiyatga uchratgan edilar, — M.M). Ular hijriy 551 (milodiy 1156) yilda Buxoro yaqinidagi jangda Samarqand hukmdori Qoraxoniy Tamg‘ochxon Ibrohim III ni o‘ldirib, jasadini cho‘lga tashlab ketgan edilar. Movarounnahrni bosib olgan qora xitoylar qarluqlarni bu ishi uchun jazolashga qaror qildilar. Qoraxitoylar homiyligidagi Samarqandning yangi podshohi
Jaloliddin Ali Chag‘ri-xon 558 (1158) yili qarluqlar qo‘shinini tor-mor keltirdi. Qarluqlar yetakchisi Lochinbek bir qism qo‘shini bilan Xorazmga qochib borib, El-Arslondan himoya so‘radi. Qoraxitoylar asoratidan qutulishni maqsad qilgan, ularga hamon boj-xiroj to‘lab turgan xorazmshoh chindan ham Lochinbek yetakchiligidagi qarluqlarni yaxshi kutib oldi. Xorazmshoh qoraxitoylarga qarshi kurashda qarluqlarni katta kuch deb bilardi.
Hijriy 553 yilning jumodul-soniy oyida (iyul, 1158) xorazmshoh El- Arslon katta qo‘shinlar bilan Samarqandga xujum boshlaydi. Samarqand hukmdori Ali shahar qal’asini mustahkamlab, o‘sha vaqtda Qorako‘l-Jand oralig‘ida yashayotgan ko‘chmanchi turkmanlardan, shuningdek qoraxoniylardan yordam so‘radi.
So‘g‘d (Zarafshon) daryosining ikkala soxilida bo‘lgan janglarda Elling- Turkman yetakchiligidagi qoraxitoy va turkman qo‘shinlari xorazmshoh lashkarlarining qattiq hujumlariga dosh berolmaydilar. Mutlaqo yakson bo‘lish xavfi tug‘ilganidan Elling-turkman sulh tuzishni iltimos qildi. Samarqandning taniqli imomlari va ulamolari yordamida sulh bitimi tuzildi.
Xorazmshoh shu bitimga ko‘ra qarluqlarni avvalgi joylariga qaytardi va o‘zi qo‘shinlari bilan Xorazmga qaytdi.
Shuni ham aytish kerakki, Xorazmshoh Samarqandga kelayotganida Buxoro yaqinidan o‘tgan. Manbalarda aytilishicha “Xorazmshoh buxoroliklarni turli va’dalar, yaxshi so‘zlar bilan tinchitib, so‘ng Samarqandga yo‘l olgan” (Juzjoniy. Juvayniy, I tom).
Hijriy 559 (milodiy 1168) yilda qoraxitoylar “o‘zboshimcha va isyonkor qarluqlarga qarshi” bir qancha tadbirlarni amalga oshirdilar. Ibn al-Asir xabar berishicha, qoraxitoy xoni o‘z vassali bo‘lgan Samarqand hukmdori qoraxoniy Qilich Tamg‘ochxon Abul-Muzaffar Mas’udga “Qarluqlarni Buxoro va Samarqand viloyatlaridan Qoshg‘arga ko‘chirma qilishga” farmon bergan. Farmonda “qarluqlar qurolsizlantirilib, faqat dehqonchilik bilan shug‘ullansinlar”– deyilgan edi. Ammo qarluqlar bu farmonga bo‘ysunmagan va Buxoro shahrining raisi Muhammad ibn Umarga maktub yuborib unda qarluqlarni (Movarounnahr)dan haydab chiaarishga sa’y-harakat qilsinlar, deb iltimos qilgan. Shundan so‘ng Qilich Tamg‘ochxon o‘zi lashkar bilan kelib, qarluqni bir qanchasini o‘ldirib, qolganlarini Buxoro sarhadlaridan quvib chiqargan. Shamsiddin ibn Husayn Ayyorbek yetakchiligidagi bir qismi xorazmshoh huzurida panoh topganlar.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling