Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Usmon Xorazm shohiga bunday yozgan edi: “Ollohu taolo senga nimaiki ato etgan bo‘lsa, U sening hukmdorligingni tasdiq etdi. Sening qo‘shinlaringni U shuning uchun xam ko‘paytirdiki, ular musulmonlar va ularning yurtini kofirlar hukmronligidan xalos etsinlar, musulmonlar va ularning mol-mulkini
talaganlardan qutqarsinlar. Qoraxitoylarga qarshi urushda biz senga ittifoqchi bo‘lamiz, qoraxitoylarga nimaiki berayotgan bo‘lsak, uni senga beramiz. Biz sening noming bilan xutba o‘qiymiz va tangalar zarb qildiramiz”. Xorazm shohi Usmonning iltimosiga ko‘ndi va darhol Movarounnahrga qo‘shin yubordi. Lekin, qoraxitoylarga qarshi harakat boshlashdan avval Buxorodagi qo‘zg‘olonni tinchitish zarur edi. Bu yerning begi qoraxitoylardan bo‘lsa ham asl hokimiyat Burhon urug‘idan chiqqan kishilarning qo‘lida edi, bu kishilar ayni vaqtning o‘zida shaharning xotiblari, raislari bo‘lib, sadri jahon unvoniga ega edi. Qoraxitoylar burhoniylarning diniy va ma’muriy mavqeini quvvatlar va o‘z kishilarini ularning maslahatlariga quloq solishga majbur qilar edi. Xorazm shohining Movarounnahrga yurishi boshlanishi bilan Buxorodagi hokimiyatni o‘zi qalqon savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdogarning o‘g‘li bo‘lgan Sanjar ismli kishi boshchiligidagi xalq isyonchilarn qo‘lga kiritdi. Sanjar shaharning “e’tiborli kishilari” (as’hobi hurmat)ni ta’qib qilib, Buxorodan sadr va uning yaqinlarini haydab chiqardi va mol-mulkini musodara qildi. Isyonchilar rahnamosi o‘zini malik deb atay boshladi. Bir shoir bu haqda bunday she’r yozgan edi: Podsholik bebaho mansabdir, ammo — Bir savdogar uni tekinga oldi. Chayqovchiga toj-taxt yarashmas, chunki, Otasi bozorda sotardi qalqon. Burhoniylarning qoraxitoylar yordamida isyonning oldini olishga qilgan urinishlari natija bermadi (burhoniylar qoraxitoylar hokimiga shikoyat qildi, hokim malik Sanjar ismiga bir qancha buyruqlar yubordi, lekin, malik u buyruqlarni nazar-pisand qilmadi). Shundan so‘ng sadrlar Xorazm shohiga yordam so‘rab murojaat qilishdi, shoh esa 1207 yilning bahorida Buxoro tomon qo‘shin tortib chiqdi. Shahar kiborlarining hamkorligi bilan Xorazm shohi Buxoroni egalladi. Isyon bostirildi, malik Sanjarni ushlab Gurganjga yuborishdi, u yerda malik 27 ta asirga olingan hokimlar va beklar bilan birga Xorazm shohi Muhammad sharafiga o‘tkazilgan nauba Zulqarnaynda ishtirok etdi. Buxoroning olinishi Xorazm shohi Aloiddin Muhammadning Movarounnahrdagi mavqeini mustahkamladi, mahalliy hokimlar shoh tomonga o‘ta boshladi. Sultonlar sultoni, Samarqandning qoraxoniy hokimi Xorazm shohining elchisi amir Dort-Aboni hurmat-ehtirom bilan qabul qildi hamda qora xitoylarga qarshi birgalikda harakat qilishga kelishib olishdi. Samarqandning qo‘ldan ketishiga qoraxitoylar hech ham parvo qilmadi. Ular Xorazm shohi bilan bo‘ladigan urushga shohdan ko‘ra jiddiyroq tayyorlandi. Undan tashqari hukmron ilgari Xorazm shohiga xizmat qilgan ispahbod Rukniddin Kobud Jomani (uning tog‘asi (?) edi) hamda shoh Samarqandga shixna qilib tayinlagan Nusratiddinni Xorazm shohi... amir Dort Aboni sotib olib shohga qarshi oyoqqa turg‘azdi. Qabul qilingan kelishuvga ko‘ra, G‘uyurxon agar Xorazm shohi mag‘lub bo‘lsa, Xuroson ispahbodi Qobud Jomaga, Xorazm esa amir Dort Aboga beriladigan bo‘ldi1”. Aytib o‘tish joizki, XII asrning oxirlarida Qoraxoniylarning siyosiy inqirozi yanada jadallashdi. Movarounnahr hukmronligi hamon ularning qo‘lida bo‘lsa-da, g‘arbda shakllanayotgan Xorazmshohlar, sharqda harakat qilayotgan nayman qabilalari tobora bu davlat hududlarini iskanjaga olayotgan edi. Qoraxitoylar ham bu davrga kelib naymanlardan katta zarba yeb, o‘z mavqeini yo‘qota boshlagan. Ularning oxirgi vakillari Qoraxoniylarga o‘xshab XIII asrning boshlarida bir tomondan Muhammad Xorazmshoh, ikkinchi tomondan nayman qabilasi huruji oqibatida tor-mor etildi. Natijada, Osiyo qit’asida ikki katta davlat vujudga keldi va ular bu o‘lkaning keyingi taqdirini xal qilishdi. Sharqda Chingizxon naymanlar xukmronligiga chek qo‘yib, qudratli Mo‘g‘iliston davlatini tashkil qilgan bo‘lsa, g‘arbda Muhammad Xorazmshohning davlati tobora kuchayib borayotgan edi. Movarounnahrdagi G‘arbiy Qoraxoniylar sulolasining so‘ngi hukmdorlarini taqdiri qanday kechganligini Ziyo Bunyodov quyidagicha izohlaydi: “Xorazmshoh bo‘linmalari Sirdaryoni kechib o‘tib, Ilamish sahrosida tajribali qo‘mondon Tayangu boshchiligidagi qoraxitoy armiyasi bilan to‘qnashdilar. Hijriy 607 yilning rabbiul-avval oyida (sentyabr, 1210 y.) bo‘lib o‘tgan shafqatsiz janglar natijasida qoraxitoylar mag‘lub bo‘ldilar. Ko‘p sonln qoraxitoylar, jumladan Tayangu ham asirga tushdilar. Movarounnahrning barcha shahar va qishloqlari (to O‘zkentgacha) xorazmshohning beklari va shixnalari (komendantlari) tayinlandi. Xorazmshoh o‘z qizi Xonsultonni Samarqand sultoni Usmonga uzatdi hamda uni o‘z o‘rnida qoldirish bilan birga, unga yordamchi etib o‘z shixnasi amir Dort-Aboni qo‘ydi. Xorazmshoh sulton Usmonning amakivachchasi (tog‘avachchasi) bo‘lmish O‘tror hokimi Tojiddin Bilgaxonni Nisoga surgun qildi va ikki yil o‘tgach u, shoh buyrug‘i bilan qatl qilindi. Qoraxitoy lashkarlarining tor-mor qilingani haqidagi xabar tezda hamma joylarga tarqaldi. Tartibsiz ravishda chekingan qoraxitoylar o‘z yo‘lida uchragan joylarni vayron qildi va aholini talon-toroj etdi. Chekingan askar to‘dalari qoraxitoylar poytaxti Bolosog‘unga (Chu daryosi bo‘yida) yetib kelganlarida, shahar xalqi “xorazmshoh lashkarlari bu yerga ham yetib kelibdi”, deb o‘ylab, shahar darvozalarini berkitib oldilar va qochoqlarning yolvorishlariga ko‘nmadilar. Xorazmshoh esa Bolosog‘unga yurish qilish to‘g‘risida o‘ylamadi ham, u Gurganjga qaytib ketdi. Qoraxitoylar o‘z poytaxtini o‘n besh kun qamal qilib, keyin shaharga kirdi. Qoraxitoylar shaxarga kirgandan keyin uch kecha-kunduz davomida aholini qirg‘in qildi. Manbalarga ko‘ra, shaharning faqatgina taniqli va obro‘-e’tiborli odamlarining o‘zidan 47 ming kishi halok bo‘lgan”2. Qoraxitoylarning Bolosog‘unda qilgan xunrezliklari haqida din va davlat arbobi Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885–1976) shunday yozgan edi: 1 Buniyodov Z. Anushtagin xorazmshohlar davlati...– B.99. 2 Buniyodov Z. Anushtagin xorazmshohlar davlati...– B.103. “Bolosog‘un-To‘qmoq bilan Qoshg‘ar oralig‘i otliq o‘rtacha yurishda o‘n-o‘n bir kunlik yo‘ldir. Bolosog‘un shahrining eski turkcha nomi Moqul bolig‘ bo‘lib, moqul — yaxshi, bolig‘ — shahar demakdir. Islomdan ko‘p yillar ilgari Issiqko‘l bo‘ylaridagi Beshbolig‘ bilan Bolosog‘un shaharlarida uyg‘urlarga o‘xshash o‘troq madaniy turklaridan o‘g‘uz turklari yashagan edi. Rum podshohlarining laqabi Qaysar, eroniylarniki Xisrov bo‘lganidek, Beshbolig‘, Bolosog‘unga kim podshoh bo‘lar ekan, unga Ediqut laqabi qo‘yulur edi. Aslida, Turkiston beshigi va poytaxti Beshbolig‘-Bolosog‘un shahridir. Hozir ham Issiqko‘lning kungay(janub), terskay(shimol) tomonlariga suv ichida qayiq bilan yurgan kishilarga Beshbolig‘ xarobalari ko‘rinib turadi. Biz bola vaqtimizda ko‘lning sayozroq yeridan bir hammom binosi topilmish edi; undan chiqqan pishiq g‘ishtlardan qirg‘izlar olishib, ulkan manaplar (aslzoda, oqsuyaklar)qabrlari ustiga bir necha gumbazlar yasatganlari hali esimizda bordir. Ko‘lning to‘lqinlari bilan chet yoqaga surilib chiqib qolgan o‘sha zamonning uy asboblari, dehqonchilik saymonlar(ish qurollar)ini shu kungacha ham topib oladilar. Bu Beshbolig‘ shahrining harob bo‘lishiga kelsak, biz ko‘rgan tarixlarning hech birovida buning bayoni ko‘zimizga tushmadi. O‘tmishdagi tabiat o‘zgarishlari orqali, yer tebranishi bilan shahar o‘rinlari ko‘lga aylanib, suv ostida qolgan bo‘lishi ham mumkindir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling