Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Keyinchalik ham qoraxitoylar qarluqlarni yo‘qotish uchun ko‘p marta uringan. Ammo, buning uchun ular xorazmshoh El-Arslon ixtiyoridagi yerlarda ish ko‘rishi zarur edi. Nihoyat, 567 (1171) yilda qoraxitoylar qo‘shini Amudaryodan o‘tib, Xorazm chegaralariga kirib keldilar. Bundan xabar topgan El-Arslon to‘g‘onlarni ochib, Xorazm poytaxti yaqinidagi yo‘llarni suvga bostirishga farmon berdi. Xorazmshoh o‘z qo‘shinlari bilan Omul tomonga chekindi. Va qoraxitoylarga qarshi jang qilish uchun Shamsiddin Ayyorbek boshchiligida qo‘shin yubordi. Xorazmshoh El-Arslon kasalligi tufayli jangda qatnasholmay, Omul shahrida qoldi.
Qoraxitoylar xorazmshoh qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdilar, amir Ayyorbekni asir qilib, Samarqandga olib ketdilar. Xorazmshoh kasal holida poytaxti Gurganjga qaytdi. Hijriy 567 yil, rajab oyining 19 kuni (1172 y. 17 mart) xorazmshoh kasallikdan vafot etdi. (Ibn al-Asir, 9-tom, Juvayniy, 1-tom)” 1. “Samariya” kitobining muallifi Qatvon (Katvon, Qatavon) jangi to‘g‘risida quyidagilarni keltirib o‘tgan: “Naql bordirkim, Samarqandning tashqarisida, qunchiqar tomonidagi maydonda Kuturon (Katvon) dalasida Sulton Sanjari Moziy bilan qoraxitoy kofirlari orasida katta urush bo‘ldi. Unda ko‘p musulmon shahidlandi. Sulton Sanjar davlatining inqirozi... shu urushdan boshlandi. U shahidlar o‘shanda qo‘yilgandir”. Shahidlarning soni ayrim manbalarda 30 ming deb ko‘rsatilsa, ayrimlari 70 ming, deyiladi. Olimlar orasida birinchi ko‘rsatilgan raqam ishonchliroq ekanligi ta’kidlanmoqda. Qoraxitoylar Qoraxoniylar hukmronligiga butunlay barham bermasdan, vassal sifatida ushlab turishni ma’qul qo‘rishdi. Faqat katta miqdorda o‘lpon undirib olishdi. Qoraxitoylar mahalliy hukmdorlarning ichki siyosatiga ham aralashmadilar. Shunga qaramay Qoraxoniy - Mahmudxon Qoraxitoy - Go‘rxonning oliy hokimiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Sulton Sanjar bo‘lsa, keyingi hayoti mobaynida birin-ketin muvaffaqiyatsizliklarga uchrayverdi. Uning hukmronligidagi so‘nggi yillar ham ancha ayanchli kechdi. Bu to‘g‘risida Davlatshoh Samarqandiy, “Hukmronligi so‘nggida u ulamo va zohidlarga maoshni to‘xtatib qo‘ydi. Bu ham davlatning zavol topishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda o‘g‘uzlar unga kuchli xuruj qildi. Va sulton asir olindi. U uch yil qamoqda yotdi. Viloyatning ko‘p qismi - Xuroson mamlakati, har ikkala Iroq (Iroqi Arab va Iroqi Ajam) va tamom jahon ma’mur qismining ko‘pchiligi o‘sha g‘avg‘olarda xarob bo‘ldi... Oxiri Termiz qal’asida o‘g‘uzlar qo‘lidagi tutqunlikdan Sulton Sanjar xalos bo‘lishga erishdi. Biroq, endi u munkillab, qarib qolgan edi va 551 yil rabbi al-avval oyining uchinchisida (1156 yil 3 may) Marv shahrida tangrining rahmatiga yetishdi...” deb yozgan edi2. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Qatvondagi urushdan keyin Mahmudxon ham Sulton Sanjar bilan birgalikda jang maydonidan to‘g‘ri Termizga qochadi va Samarqand bir oz muddatgacha hukmdorsiz qoladi. Qoraxitoylar uning o‘rniga ukasi Ibrohimni o‘tqazib, Movarounnahr xalqidan tovon puli yig‘ishni uning zimmasiga yuklashadi. Bu hukmdor tarixda Ibrohim Tamg‘ochxon II nomi bilan tilga olinadi. U 1156 yilda qarluqlar tomonidan o‘ldirilib, Buxoro atrofidagi Kallabod nomli dashtlik joyga tashlab ketilgan. Qarluqlarga qarshi jangga otlangan yangi hukmdor Hasan Teginning o‘g‘li Jaloliddin Ali Chag‘irxon qarluqlarni mag‘lub qiladi va ularning hukmdorini tutib kelib qatl ettirgan. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan u qarluq shahzodalarining izidan tushgan va Qoraxoniy hukmdorlar uchun qasos olgan. Omon qolganlari bo‘lsa, Horazmshoh Al-Arslon huzuriga yordam so‘rab borishadi. 1Buniyodov Z. Anushtagin xorazmshohlar davlati (1097–1231). T.:G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1998. – B.17.-51. 2 Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo‘stoni...– B. 36. Al-Arslon Samarqand hokimi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishiga qaramasdan, moddiy manfaatdorlik ilinjida Movarounnahrga 1158 yilda qo‘shin tortib kelgan. Ali Chag‘irxon bo‘lsa, o‘ziga ko‘chmanchi turkmanlarni va qoraxitoylarni yordamga chaqirdi. Qoraxitoylar unga Ilak hukmdor boshchiligida 10 ming kishilik qo‘shin yuborib, jang qilishga shaylandilar. Al-Arslon Buxoro ahliga turli xil va’dalar qilib, ularni o‘zi tomonga og‘dirib oldi va natijada uning qo‘shinlari Zarafshon sohillariga kelib to‘xtadi. Daryoning ikkinchi tomonida qoraxitoy va qoraxoniylarning birlashgan qo‘shinlari jangga tayyor edi. Akademik V.V.Bartold shu o‘rinda Xorazmshohning qo‘shinlarini nisbatan ko‘p ekanligi aytib, raqib tomon sarkardalari sulh so‘rab Samarqand ruhoniylarini elchi qilib yuborganligini ta’kidlaydi. El-Arslon qarluqlarning avvalgi mavqelarini tiklash sharti bilan urushmaslikka rozi bo‘ldi. O‘z maqsadiga erishgach, Horazmshoh orqaga qaytib ketdi. Ibrohim Tamg‘ochxon II o‘ldirilgandan keyin Samarqandga O‘zgandda hukmdorlik qilayotgan Hasaniylarning vakili Jaloliddin Ali Chag‘irxon chiqqan edi. Shundan keyin Movarounnahr to‘liq sharqiy sulola vakillari ixtiyorida bo‘ldi. Shu holatga asosan Farg‘onadan yetishib chiqqan ko‘plab allomalarni Movarounnahrning markaziy shaharlarida yashay boshlagan deyishimiz mumkin. Hasaniylarning ko‘plari Farg‘onadan chiqib ketgani bilan Farg‘onada boshqa bir hukmdor mustaqil ravishda tangalar zarb qilavergan. Aftidan, shu xonadonning boshqa bir vakili Farg‘ona taxtida qolib, Samarqandagi oliy hukmdorni tan olgan holda, mustaqil siyosat yurgizgan ko‘rinadi. Shunga ko‘ra, bu ikki hududning hukmdorlari bir-biriga qattiq tayangan va ittifoqchi hisoblangan. Ular bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaganlar. Bulardan tashqari shunday viloyatlar mavjud ediki, ular qisman mustaqillikka erishib, Samarqand oliy hukmdorlik markazi bo‘lib qolaver- gan. Samarqand taxtiga o‘tirgan hukmdor ham o‘z navbatida qoraxitoylarning hukmronligini tan olishga majbur bo‘lgan. Chunki, aynan shu qabila boshliqlari Sharqiy Qoraxoniylarga Samarqand taxtini egallashga yordam berishgan edi. Shu tomonlarini nazarda tutgan holda bundan keyingi Qoraxoniy hukmdorlarning deyarli barchasi XIII asr boshlariga qadar hech bo‘lmaganda qoraxitoylarning xokimligini nomigagina tan olib bo‘lsada siyosat yurgizishlariga to‘g‘ri kelgan deyishimiz mumkin. Aytish joizki, XII asrning oxirgi choragidagi siyosiy vaziyatni muarrixlar juda chalkash ko‘rsatishgan bo‘lib, bu borada faqat numizmatik materiallargina qo‘l kelishi mumkin. Shu o‘rinda Ye.A.Davidovichning izlanishlari e’tiborga molik. Uning ma’lumotlari bo‘yicha, Jaloliddin Ali Chag‘irxon 1160 yilda olamdan o‘tgach, uning ukasi Qilich Tamg‘ochxon “Mas’ud” laqabi bilan taxtga chiqqan. V.V.Bartold Mas’udni Ali Chag‘ir- xonning o‘g‘li, deb ko‘rsatgan. Bizningcha, ko‘p va so‘nggi ma’lumotlarga tayangan Ye.A.Davidovichning fikri asosliroq va Mas’udni Ali Chag‘irxon kabi Hasan Teginning o‘g‘li ekanligi haqiqatga yaqindir. Qilich Tamg‘achxon Mas’ud hech qancha hukmronlik qilmasdan 1170 yilda olamdan o‘tadi. Bu ham Ali Chag‘irxon bilan Mas’ud o‘rtasida uncha katta farq bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Endi taxtga uning o‘g‘li Muhammad ibn Mas’ud o‘tiradi. Bu hukmdor davrida uncha katta siyosiy o‘zgarishlar ro‘y bermagan. U ham otasi kabi qoraxitoylarga tobeligicha qoldi. Atigi to‘rt yil hukmronlik qilib, 1174 yilda olamdan o‘tdi. Yosh vafot etganligi sababli uning taxt uchun munosib taxt vorisxori ham bo‘lgan emas. Natijada, taxt uchun shahzodalar o‘rtasida o‘zaro kurashlar boshlanadi. Bu kurashlarda Farg‘ona hukmdori Ibrohim ibn Husayn g‘olib chiqib, 1179 yilda Samarqand taxtiga o‘tirdi. Biroq, Ye.A.Davidovich tangalar yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlarga tayanib, Muhammadni Ibrohim ibn Husayngacha bo‘lgan davrda hukmronlik qilganligini ta’kidlaydi. Bunga 1174 yildan 1179 yillarga qadar Muhammad nomi bilan zarb etilgan tillo tangalarni asos qilib ko‘rsatadi. Shuning uchun bu davrdagi siyosiy kurashlarni taxt uchun kurashlar davri, deb baholab, Muhammad ibn Ma’sudning oliy hokimiyat tepasida turganligini e’tirof etish ma’qul. Shuni unitmaslik kerak-ki, yangi hukmdor Muhammadning amakisi bo‘lib, Muhammad uchun asosiy raqib ham bo‘lgan. Ye.A.Davidovich aynan shu davr tarixi hal etilmagan masala, deb qaraydi. Uningcha, 1174 yildan 1179 yilgacha bo‘lgan davr ichida boshqa bir Muhammad ham Samarqand taxtini boshqargan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu shaxsning kim ekanligi, uni qaysi Qoraxoniylar oilasiga mansubligi to‘liq aniqlanmagani aytiladi. Shu sababdan Ibrohim ibn Husayn Muhammad ibn Ma’suddan to‘ppadan to‘g‘ri taxtni qabul qilgan, deb hisoblash ham noo‘rindir. Buning uchun kelgusidagi tadqiqotlar xulosasini kutish maqsadga muvofiqdir. XII asr oxirlarida Qoraxoniylar davlati ikki olov qurshovida qoldi. Birinchi navbatda hukmdor qoraxitoylar bu davlatni asosiy holdan toydiruvchi kuch bo‘lsa, ikkinchidan yangitdan qad ko‘tarilayotgan xorazmshohlar davlati yuqorida aytib o‘tganimizdek asta-sekin Movarounnahrning ichki hududlarini o‘z tasarrufiga olayotgan edi. Qoraxoniylar bo‘lsa, ba’zi hollarda mamlakatning ichki shaharlarini ham boshqarishga ojizlik qilib qolishgan edi. Xususan, Buxoro sadrlari ko‘p hollarda qoraxitoylarga o‘zlari mustaqil ravishda o‘lpon yig‘ishgan va ular bilan vositachilarsiz aloqada bo‘lishgan. Mamlakatdagi og‘ir ahvol, siyosiy ojizlik va parokandalik xatto bu shaharda ham xalq noroziliklariga sababchi bo‘lgan. Bu haqda Ziyo Buniyodov quyidagilarni bayon etadi: “Gap shundaki, mana shu vaqtda (1207 y.) Samarqand va Buxoro hukmdori sultonlar sultoni (xonlar xoni) Usmon va boshqa Movarounnahrning e’tiborli kishilari Xorazm shohiga murojaat qilib qoraxitoylarga qarshi yordam so‘ragan edi. Movarounnahrning har bir shahrida qoraxitoylariing beklari bo‘lib, ular qo‘l ostidagilarga jabr qilar, aholini talar va to‘plagan boyligini O‘zgand, Bolosog‘un va Qashqarga jo‘natar edi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling