Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Shundan so‘ng u (Ilik) bergan va’dasini bajarmoq uchun o‘sha kechaning o‘zida
ortga qaytib ketdi. Maqsad erishib, qo‘shiniga yetib keldi. Erta tongda nikoh tuzish uchun ta’rifga so‘z yo‘q behisob sovg‘a salom bilan zo‘r xatiblar, ulug‘ imomlar va adiblarni sovchilar bilan yubordi. Mahmudning odamlari uni (Ilikni) o‘tgan kecha ketganidan tong yorishgunga qadar kutdilar. Ilik tomonidan shodlik va xursandchilik tovushini eshitganlaridan so‘ng podshohlarga munosib tarzda qabul qildilar. Ular o‘rtasidagi elchilarning borib kelishi tezlashdi... Nikoh to‘g‘risidagi bitim muharram oyi 390 yil (milodiy 999 yilning dekabri 1000 yilning yanvar oyi ) da tuzildi. Sulton Mahmud xonga muhaddislar imomi Abu Toyyib Sahl ibn Mahmud as-Salukiyning yubordi va unga To‘g‘onchiqni nikoh yuzasidan muzokarlar olib borish uchun qo‘shib berdi... Gap shundaki menga bu haqda shayx Jamol al-Haq vad-din al- Xurosoniy al- Lamishiy so‘zlab bergan edi. 669 (milodiy 1270)yilning bir necha oyi davomida Lamishda kutilmaganda undan ta’lim olishga muyassar bo‘lgan kezlarim edi. “Kunlarning birida Ilikxon O‘zgand atroflarida shikor qilmoq uchun o‘z sipohlari bilan otlangan edi. Yo‘lda uning nigohi ozoda kiyingan nuroniyga tushadi. U yelkasiga o‘tin orqalab zo‘r-bazo‘r mashaqqat bilan tepalikka chiqib borar edi. Ilik sipohlaridan biriga “Borib qariyaning o‘tinini o‘z otinga olgin” deb buyruq berdi. Ammo qariya “Unda sipohni qanday daxli bor, agar ot olib borsa?”, deb javob berdi. Ilik aytdi: “Ey sipoh, uni o‘zin orqalab olgin ” . (Qariya) aytdi: “ Unda sening qanday daxling bor agar sipoh olib borsa?”. Shunda Ilik shoshilib boylam o‘tinni o‘zi qariyadan olib ko‘tarib ketdi. Ammo ko‘p o‘tmay u qattiq charchab peshonasini og‘ir yukdan ter bosdi. Buni ko‘rgan qariya unga yetib oldi va peshonasidagi jiqqa terisini qo‘li bilan artib: “Holinga voy Ilik, bugun sen xuddi qamishdek bir boylam o‘tinni olib bora turib holdan toyding. Qanday qilib Mashhar kuni jabr-zulm va azob-uqubat yukini ko‘tara olasan?! O‘tinni menga ber charchab qolmagin”, deb aytdi. (Buni so‘zni eshitgan) Ilik qichqirib yubordi va behush bo‘lib yerga yiqildi. Qariya tez orada ko‘zdan yo‘qolib, g‘oyib bo‘ldi. Bu Xizr (a.s.) edi. Shu tufayli Ilik Xudo siylagan (Xizr)ning qo‘llarini tutishdek sharafga sazovor bo‘ldi va umrining oxirigacha baxt saodatga muyassar bo‘ldi”1. Aytish joizki, To‘g‘onxon hukmronligining so‘ngi yillarida ichki nizolarning kuchayib borishi natijasida siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. 1018 yili To‘g‘on kasalikdan dunyodan ko‘z yumdi. To‘g‘onxondan keyin uning ukasi Mansur Arslon Qoraxoniylarning xoqonlik taxtiga vorislik qilgan. Mansur Arslon 1019 yildan 1024 yilga qadar taxtda o‘tirgan. Ammo Mansur Arslonxonning taxtga chiqishi o‘z navbatida Qoraxoniy shahzodalar o‘rtasida hokimiyat uchun bo‘layotgan kurashni yanada kuchayib ketishiga olib kelgan. Horun Bug‘raxonning katta o‘g‘li Yusuf Qodirxon Mansur Arslonning hukmdorligini tan olmay G‘aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud bilan ittifoqchilik bitimini tuzgan. Shu tariqa Mansur Arslon hokimyatiga qarshi bir necha janggovar harakatlarni olib borgan. Sulton Mahmud kelishuvga asosan Yusuf Qodirxonga yordam berish tariqasida Movarounnahrga qo‘shin tortib kelgan. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra tez orada Sulton Mahmud qo‘shini ortga qaytib ketgan. Vaziyatni bu qadar o‘zgarib ketishi Yusuf Qodirxonni tang ahvolga solib qo‘ygan va Mansur Arslon bilan sulh tuzishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng ittifoqchisining harakatlaridan qattiq g‘azabga mingan alamzada Yusuf Qodirxon Sulton Mahmud G‘aznaviy qo‘l ostidagi yerlarga hujumlar uyushtirgan. Sulton Mahmud ham Qodirxon Yusufga qarshi kurashish uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Ikkala tomon o‘rtasidagi shiddatli janglar Balx atrofida yuz bergan2. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraxoniylar qo‘shini og‘ir talofat ko‘rib, mag‘lubiyatga uchragan. Mazkur urushdan so‘ng chorasiz qolgan Yusuf Qodirxon Sulton Mahmud bilan avvalgi aloqalarini yana musthamkamlashga harakat qilgan. 1024 yilga kelganda Mansur Arslonxon taxtdan voz kechib, saltanatni Yusuf Qodirxon ixtiyoriga topshirgan. Yusuf Qodirxon Qoraxoniylar ichida o‘zining mard va jasurligi bilan dovrug‘ qozongan hukmdor bo‘lib tarixiy manbalarda “Malikul mashriq” 1Djamal al-Karshi. Al Mulxakat bi-s-surax. Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. I tom. Almatы.: Dayk–Presss, 2005. S. 101-108. 2 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 181. (Sharq podshohi) nomi bilan ham tilga olinadi. Yusuf Qodirxon 1025 yildan 1032 yilgacha taxtda o‘tirgan. U taxtga chiqqandan so‘ng ota-bobolaridan qolgan udumlarga amal qilib, ularning uzoq yillik tajribalariga suyangan holda talay ishlarni amalga oshirgan. Birinchidan, Yusuf Qodirxon hokimyat boshqaruvini markazlashtirgan holda avvaldan mavjud bo‘lgan “iqto” tizimini saqlab qolgan bo‘lsa-da, joylardagi harbiy ma’muriy amaldorlarning huquqini cheklab qo‘ygan. Shuning bilan ukasi Ahmad ibn Hasanni Bolosog‘unning bosh voliyligiga tayinlab, sharqiy Ili daryosidan g‘arbiy Sirdaryo vohalarigacha bo‘lgan yerlar boshqaruvini topshirgan. Kichik ukasi Ali ibn Hasanni Samarqandga hukmdor etib tayinlab, Movarounnahr va Xorazm o‘lkalarini boshqarish zimmasini yuklagan. Ikkinchidan, 1024 yilining oxirida Xo‘tanga qo‘shin yuborib bu yerdagi mahalliy aholini Qoraxoniylarga qarshi ko‘tarilgan isyonini tinchitib, bir vaqtning o‘zida Idiqut shahriga qo‘shin tortib borgan1. U bu yerda ham Qoraxoniylarga qarshi boshlagan isyonni bostirishga muvaffaq bo‘lgan. Uchinchidan, G‘aznaviylar podshohi bilan ittifoq tuzib, Saljuqiylar hukmdori Alp Arslonning qutqusi bilan bosh ko‘targan ukalari Ahmad Alining norozilik harakatlariga qarshi jiddiy choralar qo‘llagan holda 1025 yilning to‘rtinchi oyida Sulton Mahmud G‘aznaviyning ko‘magi bilan Samarqandga yurish qilgan. U shu tariqa ukalarining qo‘zg‘olonini uzul-kesil bartaraf etgan. Umuman Yusuf Qodirxon yuqorida keltirilganidek, bir qator ishlarni amalga oshirishi tufayli mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga muyassar bo‘lgan. Yana bir jihatdan qo‘shni ellar bilan ittifoq tuzish orqali mamlakatni ravnaq topishi uchun shart-sharoitlarni yuzaga keltirgan. 1032 yili Yusuf Qodirxon Qashqarda vafot etgach, bobosi Satuq Bug‘raxon va otasi Horun Bug‘raxoninng yoniga dafn etilgan. Yusuf Qodirxon vafotidan keyin uning katta o‘g‘li Sulaymon Arslonxon otasining taxtiga vorislik qilgan. U 1033 yildan 1056 yilga qadar taxtda o‘tirgan. Sulaymon Arslonxon taxtgan chiqqan kunidan boshlab xonlikning g‘arbi-shimoliy hududlaridagi hukmronligini kuchaytirish uchun poytaxtni Qashqardan Bolosog‘unga shahriga ko‘chirgan2. U ukasi Yog‘on teginni Talasga qo‘yib sharqiy Jungar hududining g‘arbiy qismidan tortib Sirdaryo, Talas vodiylarigacha bo‘lgan yerlarni boshqarishni topshirgan. Yana bir ukasi O‘g‘ul teginni Qashqarda turg‘izib, xonlikning sharqiy va janubiy hududlarini idora qilishni topshirgan. Uning davriga doir manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Sulaymon Arslonxon insofli va adolatparvar hukmdor bo‘lib, ilm-fan hamda islom dinini rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan. U yana atrofidagi qo‘shni yurtlar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatgan. Shuningdek, G‘aznaviylar o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashga yo‘lida Qoraxoniylarning malikasini turmushga bergan. Shu tarzda Qoraxoniylar 1 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 182. 2 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 183. davlatida bir muncha vaqt tinchlik hukm surishiga qulay sharoit yuzaga kelgan. Biroq osudalik uzoqqa cho‘zilmagan. Chunki, Movarounnahrdagi Nasr ibn Ali Ilikxonning ikki o‘g‘li Alp tegin va Bo‘ri tegin Xorazm shohlari bilan birlashib Sulaymon Arslonxonga qarshi isyon ko‘targanlar. Shuningdek, Movarounnahrning shimoliy hududlarini bosib olib mustaqil ravishda hukmronlik qila boshlaganlar. Shu voqealar davomida Alp tegin vafot etgan. Uning ukasi Bo‘ritegin 1042 yili O‘zgan shahrini egallab o‘zini “Tamg‘och Bug‘raxon”deb atab, rasmiy tarzda Sulaymon Arslonxon hokimyatidan ajralib chiqqanlini e’lon qilgan. Aynan mana shu voqealar IX asrning o‘rtalarida barpo qilingan Qoraxoniylar davlatini parchalanishiga turtki bo‘ldi deyish mumkin. Ya’ni, shu vaqtdan boshlab, Bo‘ri tegin boshliq Tamg‘och xonlar (G‘arbiy Qoraxoniylar) Samarqand shahrini poytaxt qilgan holda butunlay Movarounnahr zaminida hukmronlik qila boshlagan edilar. Sulaymon Arslonxon boshliq Sharqiy Qoraxoniylar bo‘lsa, Xo‘jand daryosining sharqidagi hududlarga egalik qilishgan1. 1056 yili Sulaymon Arslonxon inisi Muhammad ibn Yusuf bilan bo‘lgan janglarning birida asirga tushib qatl etilgan. Muhammad ibn Yusuf (Yog‘on tegin) akasi Sulaymon Arlonxondan keyin Sharqiy Qoraxoniylar xonligining xoqonlik taxtiga chiqqan. U 1056 yildan 1058 yilgacha taxtda o‘tirgan. U taxtga chiqgach o‘zini “Bug‘raxon” nomi bilan atagan. Biroq oradan 15 oy o‘tib u taxtni katta o‘g‘li Husayn (Buyuk olim Mahmud Qoshg‘ariyning otasi)ga topshirib qo‘ygan. Ibrohim ibn Muhammad Muhammad ibn Yusufning yana bir o‘g‘li bo‘lib, u 1058 yili onasining ko‘rsatmalariga asosan saroyda fitna qo‘zg‘ab, otasi va boshqa og‘a-inilarini zaharlab o‘ldirib, taxtni qo‘lga kiritgan. Uning hukmdorligi 1058 yildan 1059 yilgacha, ya’ni atigi bir yilcha davom etgan xolos. U onasining ko‘rsatmasi bo‘yicha Barsg‘an2 shahriga hujum qilgan chog‘ida shahar hukmdori Inol tegin tomonidan o‘ldirilgan. Sharqiy Qoraxoniylar davlatida yuz bergan bunday notichliklar tufayli yuzaga kelgan vaziyatning qulayligidan foydalangan G‘arbiy Qoraxoniylar xoqoni Bo‘ri tegin Farg‘ona vodiysini barcha hududlarini o‘z qo‘l ostiga kiritishga muvaffaq bo‘lgan3. Mahmud ibn Yusuf (To‘g‘rul tegin) Ibrohim ibn Muhammadning amakisi bo‘lib, 1059 yili Sharqiy Qoraxoniylarning xoqonlik taxtiga chiqqan. U taxtga o‘tirgan ilk kunlaridayoq saltanat poytaxtini Bolosog‘undan Qashqarga ko‘chirgan. Bolasug‘onda esa o‘ziga noib qilib jiyani Hasan ibn Sulaymon (Arslon tegin)ni qoldirgan. U 1068 yilda jiyani bilan birgalikda G‘arbiy Qoraxoniylarga qarshi kurash olib borgan. Natijada G‘arbiy Qoraxoniylar qo‘shini mag‘lubiyatga uchrab Farg‘ona vodiysi hududlari yana Sharqiy 1 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 184 2 Mahmud Qoshg‘ariy Barsag‘an to‘g‘risida shunday yozadi: “Barsg‘an – Afrosiyob o‘g‘lining nomi. Barsg‘an shaharini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu shahardandir. Ba’zilar uyg‘ur begi otboqarining nomi Barsg‘an edi; bu yerni havosi yaxshi bo‘lgani uchun,u otlarini shu yerda boqar edi. So‘ng shag‘ar unga nisbat berilib, Barsg‘an deb ataldi deydilar”. Bu haqda qarang: Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 424. 3 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 185 Qoraxoniylar qo‘liga o‘tgan. Mazkur urushdan so‘ng tuzilgan sulh shartlariga ko‘ra, ikkala hoqonlikning chegara chizig‘i yana Xo‘jand daryosi qilib belgilangan. Mahmud ibn Yusuf 1074 yili vafot etgan. Shu tariqa Farg‘ona vodiysi shaharlari Shams ul-Mulk qo‘l ostidan chiqib, Qodirxon Yusuf o‘g‘illari qo‘l ostiga o‘tib ketgan. Bu sulhdan keyin Farg‘onaning Axsikent va Marg‘ilon shaharlarida Tug‘rul Qoraxon va uning o‘g‘li Tug‘rul tegin nomlari bilan tangalar zarb qilina boshlanadi. Umar ibn Mahmud Mahmud ibn Yusufning o‘g‘li bo‘lib, otasidan keyin Sharqiy Qoraxoniylar xoqonligining taxtiga chiqqan. Biroq uning taxti mazkur sulolaning yana bir vakili Hasan ibn Sulaymon tomonidan tortib olingan. Hasan ibn Sulaymon Mahmud ibn Yusufning jiyani bo‘lib, tarixiy manbalarda “Horun Bug‘raxon II” nomi bilan tilga olinadi. U 1075 yildan 1102 yilgacha taxtda o‘tirgan. Hasan ibn Sulaymon nihoyatda jasur va farosatli hukmdor sifatida el orasida mashhur bo‘lgan. U xonlik qudratini kuchaytirish va ilm-fanni rivojlantirishga alohida e’tibor bergan1. U dastlab Ili daryosi vodiylaridagi hududlarga qarata keng ko‘lamda harbiy yurishlar uyushtirgan. U bu joylardagi aholilarni shu tarzda islom diniga kirgizgan. U yana Tangritog‘ (Tyan-shan)ning shimoliy etaklari bo‘ylab yurib Idiqut uyg‘ur xonligiga hujum qilib Budda shaharlarini vayron qilgan. Shu tarzda bu hududlar Qoraxoniylar xoniga tobe bo‘lib qolgan. Hasan ibn Sulaymon davrida yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek ilm-fan rivojlangan. Ayniqsa Qashqarda gullab yashnagan davr yuzaga kelganligi bois “Qutadg‘u bilik”, “Qashqariya tarixi”ga o‘xshash mashhur asarlar dunyoga kelgan. Ulug‘ olim Yusuf Xos Hojib o‘zining buyuk asarini aynan mana shu xoqonga taqdim qilgan edi. Hasan ibn Sulaymon 1102 yilda olamdan o‘tgan. Otasining vafotidan so‘ng Sharqiy Qoraxoniylar taxtiga uning o‘g‘li Ahmad ibn Hasan o‘tirgan. U 1103 yildan 1128 yilga qadar hukmdorlik qilgan2. Ahmad ibn Hasan davrida Qoraxoniylar davlati ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib aholining turmushi nisbatan yaxshilanib borgan. Bu davrda ko‘plab ko‘chmanchi chorvador qabilalar o‘troq dehqonchilik yashash tarziga o‘ta boshlaganlar. Shunindek qadimgi diniy e’tiqodlaridan voz kechib, islom dinini qabul qilganlar. 1105 yili Ahmad ibn Hasan Mahmud ibn Abdujalilni Abbosiylar xalifaligiga elchi qilib yuborgan. Abbosiylar xalifasi Mustazir Billoh unga “Imodud ad davla” degan nom bergan. 1128 yili Ahmad ibn Hasan vafot etgan. Ibn al-Futaviyning (1245-1326 yy.) “Talhis majma’ al-alab fimu’jam al-alqab” (“Unvonlar lug‘atining qisqacha majmuasi”) kitobida G‘arbiy Qoraxoniylar hukmdori Ibrohim Tamg‘ochxonning unvonlari to‘g‘risida shunday deyiladi; “Nasr Ilakxon vafot etgach, uning o‘rnini Tafg‘ach (Ibrohim Tamg‘achxon) egalladi. Bu odam diyonatli bo‘lib, faqihlar fatvo bermaguncha hech kimni 1 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 186. 2 O‘sha asar.– B. 187. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling