Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet39/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Qoraxoniylar xoqonlaridan biri Horun ibn Sulaymon (u yana Bug‘raxon at- Turki unvoni bilan ham ma’lum), 990 yili Somoniylarga qarshi harbiy yurish qilib Farg‘ona, Isfidjob viloyatlarini egallaydi. 992—993 yillari Bug‘raxon Samarqand va Buxoroni xam zabt etadi. Ammo kasalligi tufayli urushni davom ettirolmasdan Qashg‘arga qaytishda yo‘lda, Qo‘chqorboshi degan joyda, 993 yili vafot etadi va shu yerning o‘zida dafn etiladi1.
Horun Bug‘raxon vafotidan so‘ng To‘g‘onxon 999 yili taxtga o‘tirgan. U Muso teginning nevarasi bo‘lib, tarixiy manbalarda “To‘g‘onxon avval” degan nom bilan atalgan. To‘g‘onxon taxtga chiqqandan keyin Horun Bug‘raxoning yo‘lini tutib Nasr ibn Ali Ilikxon va Yusuf Qodirxonni Somoniylarga qarshi urushga yuborgan. Somoniylar hukmdorlari Qoraxoniylarning son- sanoqsiz qo‘shini ko‘rib poytaxt Buxoroni tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Nasr ibn Ali Ilikxon va Yusuf Qodirxon Somoniylarning muhtasham saroyiga zo‘r dabdabalar bilan kirib keldilar. Ular saroydagi behisob oltin-kumushlar xazinasini musodara qilganlar. Ular shu tarzda Somoniylar davlatini qulaganligini rasman e’lon qildilar. 1000 yili Somoniylarning so‘ngi hukmdori Abdumalik ibn Mansurning inisi Ibrohim Ismoil Somoniylarning qolgan qutgan askarlarini yig‘ib Qoraxoniylarga qarshi isyon ko‘taradi. Isyondan xabar topgan To‘g‘onxon isyonchilarga qarshi keskin choralar qo‘lladi. U 1006 yili ko‘p sonli qo‘shin yuborib isyonga uzil-kesil bartaraf qilgan2.


1 Shoniyozov K.Sh. Buxoro G‘arbiy Qoraxoniylar hukmronligida (XI-XII asr) // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. Toshkent, 1997. № 9-10-11. – B. 39.
2 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 179
To‘g‘onxon Somoniylar davlatiga barham bergach fath nayzasini g‘arbdagi qo‘shni davlat G‘aznaviylar tomon qaratadi. Aslida Qoraxoniylar qo‘shini Buxoroni zabt etgan bir paytda G‘aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud Somoniylarga qarashli ayrim hududlarning egallab olgan edi. Shu sababdan xoqon To‘g‘onxon kuchli raqibga duch kelganini his qilib, G‘aznaviylarga qarshi urush rejasini tuzishga kirishgan edi. U bir qancha tayyorgarliklardan so‘ng 1007 yili qo‘shin yuborib G‘aznaviylar tobeligidagi Xurosonning ayrim hududlarini bosib olgan. Biroq aynan shu vaqtda Xo‘tandagi butparast uyg‘urlar ko‘p sonli qo‘shin bilan Qoraqoshdan yo‘lga chiqib, Yangisorgacha bo‘lgan yerlarni zabt etganlar. Bu holat Qoraxoniylarni bir paytning o‘zida ikki tomonlama g‘arb va sharqda jang olib borishdek o‘ta noqulay vaziyatga solib qo‘ygan. Vaziyatni to‘g‘ri baholay bilgan To‘g‘onxon G‘aznaviylar bilan jang qilayotgan Qodirxon Yusuf ortga qaytarib, butparast uyg‘urlarga qarshi urush uchun yuboradi. Natijada 1008 yilning oxirlarida butparast uyg‘urlar qarshiligini batomila yengib, o‘zining sharqdagi kuchli raqibidan xalos bo‘ladi.
Butparast uyg‘urlarni tor-mor qilgan To‘g‘onxon yana nigohini G‘aznaviylar saltanatiga qaratgan. U Nasr ibn Ali Ilikxonni katta qo‘shinga qo‘mondon qilib, G‘aznaviylarga qarshi urushga yuboradi. Qisqa vaqt ichida Amudaryodan o‘tib G‘aznaviylar hududiga qadam qo‘ygan Qoraxoniylar bu yerda qattiq qarshilikka duch kelganlar1.
Jamol Qarshiy Nasr ibn Ali Ilikxon to‘g‘risida qiziqarli hikoya keltirgan bo‘lib, unda Nasr Ilikxonning naqadar shijoatli va xudojo‘y hukmdor bo‘lganligini bilsa bo‘ladi:
Al-xoqon al-kabir al-xotir karomat va maqomot sohibi Ilikxon al Moziy, u – Nasr Arslonxon Ilik ibn Ali To‘ngaxon al-Xoriq ash-shahid ibn Boy Tosh Arslon ibn Satuq Bug‘raxon) 402 (milodiy 1011-1012)yili vafot etdi O‘zganda vafot etdi va shu yerga dafn qilindi. Uning karomati, xush fe’lik va xudojo‘ylik fazilatlari to‘g‘risida... (“Tarixi Qoshg‘arda”) hikoya qilinadi:
Sulton Yamin ad-Davla Mahmud ibn Sabuq tegin hukmdorligining dastlabki paytida Nasr ibn Ilikxon bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Ikkala qo‘shin ham Jayhun daryosi bo‘yida uchrashib uning ikki qirg‘og‘ida turishar edi. O‘sha kezda tun qorung‘usida Ilikxon bir mulozimi bilan daryo bo‘yiga borib Jayhunni kechib o‘tdi. Mulozimini qayiqchi bilan birga qoldirib: “Tongacha meni kut, kelsam demak yaxshi, agar kelmasam qanday bo‘lsa-da jonini saqlab ort qayt” dedi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling