Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet35/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Bog'liq
02 (3)

O‘zing mangu emassan, oting mangudir, oting mangu bo‘ldimi, o‘zing mangudirsan”. Qashqar viloyatining Ko‘hnashahar nohiyasida ilm talab ahlining yana bir sevimli ziyoratgohi joylashgan. Ushbu Hazrat Mavlonim ziyoratgohi XI asrning mashhur olimi, “Devonu lug‘otit turk” asarining muallifi tilshunos Mahmud Qashqariy (Qoshg‘ariy)bilan bog‘liq bo‘lib, mahalliy aholi orasida «Hazrat Mavlonim» va “Ilmga xudadgar pirim”, ya’ni “Ilm talablarni qo‘llovchi pirim” nomi bilan mashhurdir. Ushbu ziyoratgoh Ko‘hnashahar nohiyasining
O‘pol qishlog‘i Ozig‘ mahallasida joylashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Qashqar madrasalarini bitiruvchi tolib ilmlarga bag‘ishlangan marosim ham aynan shu ziyoratgohda o‘tkazilgan. Har bir ilm istagan kishini bu mozorni ziyorat qilishi o‘sha vaqtlarda “ham farz, ham qarz” sanalgan. Navro‘z bayrami kunlari farzandini ilmli bo‘lishini orzu qilgan har bir ota-ona Mahmud Qashqariy mozoriga farzandi bilan ziyoratga
kelgan. Bu yerdagi Navro‘z buloqqa tol navdalarini tashlab o‘z tilak va niyatlarini aytganlar. Hozirda ham bu an’ana davom etib kelmoqda1.
Mazkur bobda ushbu ekspeditsiya chog‘ida to‘plangan Qoraxoniylar tarixiga doir ma’lumotlarni ham o‘quvchilarimiz e’tiboriga havola etishni lozim topdik.
Qoraxoniylar sulolasining shakllanish davriga oid ma’lumotlar nazar tashlar ekanmiz ularda sulolaning birinchi hukmdori Bilga Kul Qodirxon (Qadirxan)2 ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu haqda uyg‘ur olimi Nurullo Mo‘min Yulg‘un quyidagilarni keltiradi:
Bilga Kul Qodirxon yag‘mo qabilasining sardori. Bu qabila O‘rxun uyg‘ur xonligi davrida bag‘oyat katta rol o‘ynagan. 840-yili xonlik yemirilgandan keyin Pontegin boshchiligidagi g‘arbga ko‘chgan 15 qabila tarkibida Sir va Talas daryosi vodiylarini asos qilgan qarluqlar3 hududiga ko‘chib ko‘chib kelgan. U o‘zining yuksak jangovar mahorati bilan qarluq xonligiga ta’sir ko‘rsatib, bir qator huquq va imtiyozlarga erishgan edi.
Milodiy 870 yili yag‘mo qabilasi ham kuch-qudratga erishib qarluq xonligining eng yaqin ittifoqchisiga aylangan holda g‘arbdagi Somoniylar (875 – 999) podshohligiga qarshi ko‘p jangovar harakatlar olib borgan. Yana Tangritog‘ning janubidagi Oqsu, Qashqar hududi va Pomir tog‘lari atrofiga ichkarilab kirgan. Natijada qarluq xonligi bora bora zaiflashib, uning o‘rniga yag‘mo qabilasi egallay boshlagan. Milodiy 878–yili yag‘mo qabilasining sardori Bilga Kul Qodirxon Balosog‘un shahrini ishg‘ol qilib, qarluq xonligi bevosita o‘z nazoratiga olgan. Shuningdek katta o‘g‘li Bozir teginga4 “Arslonxon”degan nomni berib, Balosog‘un shahrini boshqarishga, kichik o‘g‘li O‘g‘ulchoq teginga “Bug‘raxon” degan nomni berib, Talas shahrini boshqarishga qo‘ygan. Buning bilan Qoraxoniylar xonligining asosi


1 Bu haqda qarang: Mut’iy I., Usmonov M. Mahmud Qoshg‘ariynin vatani, hayoti va mozori to‘g‘risida // O‘zbek tili va adabiyoti. T., 1990. № 3; Muhammat Emin Qurboni. Qashqardagi yodgorliklardan termalar. Qashqar – uyg‘ur nashriyoti, 1990; Odil Muhammad Turon. Qashqardagi qadimgi izlar. Urumchi.: Shinjong xalq nashriyoti, 2001. Rohila Dovud. Uyg‘ur mozorlari. Urumchi.: Shinjong xalq nashriyoti, 2001; Dilnur Abdurasul. Mahmu Qashqariy va uning qabri. Qashqar-uyg‘ur nashriyoti, 2005.
2Mahmud Qoshg‘ariy Qadir nomi haqida shunday yozadi: “Qadir – kuchli shoh. Xoqoniyaliklar xonini Qadirxan deyishi ham shundandir. So‘zning bu ma’nosida arabchaga o‘xshashlik bor: chunki qodir arb tilida kuchli, har ishni qila oluvchi demakdir”. Bu haqda qarang: Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 344.
3 Mahmud Qoshg‘ariy qarluqlar to‘g‘risida shunday yozadi: “Qarluq – turklardan bir guruhi. Ular ko‘chmanchi bo‘lib, o‘g‘uzlardan boshqa, ular ham turkmandir”. Bu haqda qarang: Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 439.
4 Mahmud Qoshg‘ariy tegin so‘zi to‘g‘risida shunday yozadi: “Tegin – aslida bu so‘z qul demakdir. Kumashtegin – kumushday toza rangli qul demakdir. Alptegin – bahodir qul. Qutlug‘ tegin – muborak qul. So‘ng bu so‘zni Xoqoniya bolalarigagina xoslab atadilar. Keyin bu so‘z birorta yirtqich qush nomi bilan juft holda ishlatiladigan bo‘ldi. Chag‘ri tegin – hujumda lochin qul. Kuch tegin – kuchli, quvvatli qul. So‘ng bu ism Afrasiyob bolalariga ham qo‘llanila boshladi. Afrasiyobning bolalari biror ish, voqea, xabarni aytganda yoki yozganda otlariga hurmat yuzasidan o‘zlarini kamsitib, “qulingiz falon qildi”, deb “qulingiz” o‘rnida “tegin” so‘zini ishtar edilar. So‘ng bu so‘z ularga ot bo‘lib qoldi. Boshqa qullardan ajratish uchun bu so‘zni yoniga yana bir narsa qo‘shib ishlatiladi”. Bu haqda qarang: Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 391.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling