Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Imro‘z bikush chu metavon kusht, Otash chu baland shud jahon so‘xt. Magzor ki zix kunad kamonro, Dushman chu ba tiyr metavon do‘xt
Mazmuni: Agar kuching yetsa olovni shu on o‘chir, aks holda u jahonni kuydiradi. Dushmanni o‘q bilan urishga qodir ekansan, uni kamon kerishiga imkon berma”.1 “Boburnoma”da keyingi voqealar sahnasida Xoja Abulmakorimning nomi tilga olinmay qo‘ydi. Xoja Abulmakorimning hayoti to‘g‘risiga doir voqealar tafsiloti XVI ikkinchi yarmida tug‘ilib XVII asrning birinchi yarmi oxirlarida vafot etgan Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an qalamiga mansub “Musaxxir al-bilod” (Mamlakatlarni egallanishi) asarida tilga olinadi. Mazkur ma’lumotlar Xoja Abulmakorimning taqdiridan bizni voqif qilibgina qolmay, uning hayotining so‘ngi yillarida yuz bergan voqealar aslida qanday yuz berganligi to‘g‘risidagi shu kunga qadar mavjud bo‘lgan taxminlarga oydinlik ham kiritadi. Masalan, “Musaxxir al-bilod”ga ko‘ra Shayboniyxon Samarqandni egallagan kezlarida Keshga ketib qolgan Xoja Abulmakorimni huzuriga chorlab unga iltifotlar ko‘rsatadi: “Janobi hidoyat maob, shayxul islomi a’zam xoja Abulmukorim bu humoyun fatxdan oldin Kesh viloyatiga ketgan edi. Muhammadxon Shayboniy bundan xabar topgach, inoyatga to‘la maktub bitib, xojaning Samarqandga qaytib kelishini tiladi. Xoja Abulmakorim xursand va xushhol bo‘lib, xonlik huzurini topish sari yo‘lga tushdi. Janobi xoja Munir esa o‘g‘li bilan Dizak viloyatida sokin turgandi va u ham xon so‘roviga binoan xizmat tomon oshiqdi. Kelib, xondan izzat-ikromlar ko‘rdi... A’lo hazrat xon shayxulislom xoja Abulmakorimni hamisha o‘z sharif suhbati va humoyun o‘tirishlarida musohibu ulfat bo‘lishga buyurib, safarlar chog‘i o‘tirish-turishda o‘zining shohlik uzangisi xizmatida yurishni topshirdi. Valiylik darajali janob xojani Buxoro ulug‘lariga qo‘shib, ul shaharga qaytishga ruxsat berdi”2. Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an “Musaxxir al-bilod” asarida Xoja Abulmakorimni Bobur Mirzoga Samarqandni zabt etishida bergan ko‘maklari 1 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma... – B. 90-b. 2 Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an. Musaxxir al-bilod.Fors tilidan tarjima, izohlar va ko‘rsatkichlar mualliflari Ismoil Bekjonov, Dilorom Sangirova. T.: Yangi asr avlodi, 2009. – B. 72-74. va ularni Samarqandni boy berib darbadarlikda yurgan holatlarini ham hikoya qiladi: “Shuningdek, yana bir tadbir xam o‘sha kezda amalga oshdi - sultonlar, amirlar, zafar panoh sipoh bahodirlari uchun Samarqand xalqi ustiga juda ko‘p miqdordagi “moli omoniy” (omonlik moli) solig‘i solindi. Bundan xudo himoyasidagi Samarkand shahri aholisining ruhoniy tabaqasi, aslzoda-yu oddiy hunarmand va ishchilari norozi bo‘lib, Muhammadxon Shayboniydan ko‘ngillari qoldi va ranjigancha ana shu ozurda hollik natija-sida Bobur Mirzo tomon mayl bildirib, bellariga uning davlati xayrixohligi kamarini bog‘ladilar. Odam yuborib, yuraklaridagi yashirin istakni ma’lum qildilar va Bobur Mirzoni Samarqandni olish uchun chaqirdilar... Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling