Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet28/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Naql qilinganki, Xoja Abu Nasrning o‘g‘li Xoja Abdulmalik Balxdan Xoja Mavlono ketganidan keyin Samarqandga keldi. Xoja Mavlononing maxsus odamlari va o‘g‘illaridan ba’zisi (yuqoridagi gaplarni), eshitib, ko‘p o‘zgarib ketdilar.
1 Faxruddin Ali Safiy. Rashahotu aynil-hayot...– B.396-399.
Hollari o‘zgargan paytda Xoja Abdulmalik “Bu qishloqi shayxning tog‘amizni mana shunday, bunday qilishga (jur’ati) yetdi”deb, boshqa nomunosib so‘zlar ham aytadi. Buxoroga qaytganidan so‘ng tezda bir kasalga yo‘liqib, o‘lib ketdi...
Naqldurki, Xoja Mavlononing maxsus odamlaridan biri Ne’mat voiz bo‘lgan. Majlislarida Hazrati Eshonning g‘iybatini (ko‘p) qilardi. Onhazrat haqida nomunosib nazmu nasr va yana nimalarnidir aytar edi. U falaj bo‘lib qoldi. Shu darajadaki, va’z ayta olmay qoldi. Tili va gapida kattagina kalolat paydo bo‘ldi. Uning so‘zini tushinish mumkin emasdi. Oxirul amr, Makkaga ketdi. Onhazratning as’hoblaridan biri Mavlono Sulton aytadi: “U Makkaga kelgan mahalda faqir Makkada edim. Bir kuni Haramda o‘tirgan edim (u ham shu yerda edi). U turib ketganidan so‘ng (qarasam), butun kiyimlari ho‘l va benamoz ekan”. Uning ahvoli shunga yetgan: Ko‘p xorlik, mallollik, mazallat tortgan.
Naqldurki, Abdurazzoq ismli shaxs bo‘lardi. Uning ishi hamisha yo‘lto‘sarlik edi. Yomonligi va qo‘rqmasligi bilan judayam mashhur edi. Xoja Mavlono unga ko‘p zaru tillo mablag‘ va’da qilib, “Agar sen Hazrati Xojani o‘ldirsang, senga ushbu mablag‘ni yetkazaman” debdi. U ham “Shunday qilganim bo‘lsin” deb qabul qilibdi. O‘zi aytadi: “Hazrati Xoja uch navbat menga yo‘liqdi. Yonlarida hech kim yo‘q ham edi. Qo‘limni kamonu tir va shamshirga uzatib, ularni o‘ldirishga qanchalik harakat qilsam ham o‘ldira olmasdim. Hazrati Eshon oldimda menga qaragan (tikilgan) holda o‘tib ketardilar”. Oxiri, Mirzo Umarshayxning odamlariga giriftor bo‘lib, uni Toshkandga (tutib) keltirdilar. Hazrati Eshon o‘sha yerga tashrif buyurgan edilar. Mirzo uni o‘ldirishga hukm qiladi. Hazrati Eshonga “Abdurazzoqni (tutib) keltiribdilar. Mirzo uni o‘ldirishga hukm qilibdi” degan gap yetadi. Hazrati Eshon “Agar u Xoja Mavlononing amrini qabul qilib ish tutganini rostini aytsa, biz uni xalos qilamiz”, deydilar. U hammasiga iqror bo‘lib, e’tirof qiladi. Hazrati Eshon uni chaqirib tavba beradilar, xalos qiladilar.
Hazrati Eshonning as’hoblarining ulug‘laridan, biri Mavlono Munshiy Hoji naql qilur:
Xilvatda (o‘tirgan) paytimizda Onhazratga aytdim: “Faqirda Xoja Mavlono to‘g‘risida ajablanish bor. Har kimki Siz hazratning oldida hurmatsizlik va noxushlik paydo qilsa tez fursatda sarnigun bo‘lib ketdi. Xoja Mavlononing adovati esa (juda) uzayib ketdi”. Hazrati Eshon tabassum qilib “Umr hisob- kitobli, haqini to‘laydigan narsa bo‘ladi. Buning hayot kechirgandan o‘lib ketgan yaxshiroq” dedilar. Ana shu kunlarda Xoja Mavlonoga bir kasallik-muskullarida- terilarida bi illat paydo bo‘ldi. Bu uni hisob berayotgandek mashg‘ul qilib qilib qo‘ydi. Chunki u insonga taaluqli kasal emas edi, ma’lum kasallik emasdi”1.
“Tarixi Abulxayrxoniy” kitobining muallifi Mas’ud Ko‘histoniyning yozishicha, Xoja Burhoniddin Samarqanddan chiqib ketgach, shayxul islomlik lavozimida yana bir Sohib Hidoya avlodi Nizomiddin Mavdud qolgan. Nizomiddin Samarqandga kirib kelgan g‘olib Abu Sayid Mirzo va uning ittifoqchisi o‘zbek xoni Abulhayrxonni peshvoz chiqib kutib olgan2.


1 Xoja Ubaydulloh Ahror.Tabarruk risolalar... – B.189-191.
2 Bartold V.V. Rabotы po otdelnыm problemam istorii Sredney Azii… S.168.
Abdurazzoq Samarqandiy keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra shayxul islom Nizomiddin Mavdud ham temuriylar o‘rtasidagi ichki nizolarda sulh tuzishda elchilik vazifasini ham bajargan:
Bu viloyatda “Hidoya” muallifining oliysha’n va muqaddas makon xonadonidan bo‘lgan ulug‘ shayxulislom Xoja Nizomiddin Mavdud turli ilmlar, xilma-xil hikmatlarini o‘zida jam’langan ulug‘ mavlono Jamoluddin Fathulloh Tabriziy bilan birgalikda elchilik rasmi bilan (Samarqanddan) yetib keldilar va amirlar bilan muloqot qilib, sulh so‘zini o‘rtaga tashladilar. Amirlar vahshat angiz va kudurat omiz so‘zlar bilan javob berdilar”1.
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Samarqandda bir necha asrlardan buyon davom etib kelgan an’anaga binoan shayxul islom vazifasiga har qanday vaziyatda ham Sohibi Hidoya avlodlari tayinlangan. Bu odatga to‘rt asrdan buyon rioya qilib kelinardi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar zamonida bu odatga qat’iy amal qilingan. Saltanatni barqaror bo‘lishini, taxtda uzoqroq turishni istagan har bir temuriy shahzoda bu qoidani chetlab o‘ta olmasdi.
Xoja Ubaydulloh Ahror haqida o‘tmishda yozilgan tazkira, manoqib va maqomotlarda Burhoniddin Marg‘inoniy xonadoni vakillari Xoja Isomiddin va uning farzandi Xoja Burhoniddin to‘g‘risida berilgan fikrlar nisbatan salbiy bo‘lsada, biroq bu asarlarda shu xonadonning yana bir vakili, ya’ni Xoja Isomiddinning birodari Xoja Nizomiddin nomi hurmat bilan tilga olinadi. Bu haqda Abdulhay al-Husayniy qalamiga mansub “Nasabnomai Xoja Ubaydulloh Ahror” asarida shunday yozadi:
Xoja Nizomiddin hazratlari nihoyatda badavlat, xayr-saxovat sohibi, musulmonlarga ham rahmdil va mehribon bo‘lganlar. Har yil qishda olti yuz-yetti yuz po‘stinni kechasi o‘zini bildirmasdan faqiru bemorlar ustiga yopib ketganligi mashhurdir. Bunday riyosiz xayriyalarga o‘xshaganlari ul zotda bisyor yuz bergan. Mulklaridan barcha narsalarni boshqalar bilan baham ko‘rar edilar”2.
Abdulhay al-Husayniyning Xoja Nizomiddin to‘g‘risida bu qadar iliq so‘zlarni keltirishining sababi nimada?
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Nizomiddin Xoja Ubaydulloh Ahror xonadoni bilan qarindoshchilik rishtalarini bog‘lash uchun qizini uzatgan edi. Bu haqda Bahriddin Umrzaqov o‘zining “Xoja Ahror Valiy va avlodlari” maqolasida jumladan quyidagilarni keltiradi:
“Xoja Ahror ikki bor uylangan: Birinchisidan Muhammad Abdulloh nomli o‘g‘li bo‘lgan, ikkinchisidan Muhammad Yahyo va ikki qiz tug‘ilganligi naql qilingandir.
1. Muhammad Abdullohning to‘liq ismi – Shamsiddin Muhammad Abdulloh bo‘lib, u “Xojai Kalon” nomi bilan mashhur bo‘lgan. U shayx Abu Lays Samarqandiyning shogirdi edi. “Jomi’us-sahih” (Sahihi Buxoriy)dan dars o‘qitardi. Xoja Ahror nodir ilm egalaridan biri bo‘lgan bu o‘g‘lini ko‘p hurmat qilardi, gohida u bilan tafsirxonlik ham qilardi. “Bunday o‘g‘il kamdan-kam kishilardan bo‘lur”, derdi. Shohbaxt (Shayboniyxon) Samarqandni egallaganda,
1 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn... –B. 350.
2 Xoja Ubaydulloh Ahror.Tabarruk risolalar... – B.278.
Xojai Kalon Andijonga borgan va hijriy 908 (1503) yilda o‘sha yerda vafot etgan. Andijonda dafn qilingan. “Rashahot”ning Lakhnav nashrlarining hoshiyasida esa uning jasadi Toshkentga olib kelingani va Hazrati Abu Bakr Qaffoli Shoshiy maqbarasi ichiga – onasining qabri yoniga dafn qilinganli yozilgan1.
Uning ko‘p farzandi bo‘lgan. Bular – Abdul Hodiy Xovand Mahmud, Abdulhaq, Og‘o Maxtum (qiz), Zaynab Sulton Og‘o (qiz).
Xojai Kalon Kirmon Sayyidlaridan Mir Taqiyuddin Kirmoniyning qiziga uylangan va nikohdan yuqoridagi besh farzand tug‘ilgan edi...
Xoja Kalon birinchi xotini vafotidan keyin Xoja Nizomiddin shayxul islomning qiziga uylangan va nikohdan uch o‘g‘il va ikki qiz farzandi bo‘lgan”2.
Abdulhay al-Husayniy Xoja Kalonni mazkur farzandlari to‘g‘risida quyidagilarni bayon etadi:
Xoja Nizomuddin hazratlarining qizidan Xoja Abdullohning saodatmand uchta o‘g‘li va ikki qizi bor. Hazrati Xoja Abdushshahid, hazrati Xoja Abulfayz, hazrati Xoja Abdulalim, qizlarining nomi Bichakalombegim va Og‘oxonzodadir. Hazrati Xoja Abdulalim batamom otalariga o‘xshaydi. Padar va birodarlarining xizmatida xizmatkorlardek turadilar. Vodiyda ekin-tekinga sa’y qilgan bo‘lib, shundan ro‘zg‘orlari o‘tib turibdi. Agar birodarlari oldiga mehnatu xizmat kelib qolsa, o‘zining muhim ishlarini ham qo‘yib, o‘sha birodarining muhim ishini kecha- kunduz bitkazishga kirishib ketardi. O‘sha ishni tugallash maqsadida issig‘u sovuq, safaru hazarga qaramasdan maylu rag‘bat va shafqat ila xizmat qilardi. Xoja Muhyiddin Abdulhaq hazratlari uning haqida bunday deganlar: “Bizning oramizda birodarim Abdulalim misoli mustahkam tog‘dek”. Uning go‘zal sifatlarining nihoyasi yo‘qdir. Shoh Bekxon (Shayboniyxon) tafriqasidan keyin faqirlik va tafriqalik mehnati bu xonadonga chang soldi. Ular zarurat yuzasidan Koshg‘arga yuzlandilar. Bir yildan so‘ng Haq rahmatiga yetishdi. U o‘z tog‘asi Xoja Muhammad Sodiq ibn Xoja Nizom hazratlarining qizlarini olgan edilar. Undan bir o‘g‘il, bir qizi bor. O‘g‘li Xoja Buzrug nomli bo‘lib, yigirma yasharligida Ko‘kcha suviga g‘arq bo‘lganlar. Uning qizi Xoja Amin janoblarining nikohida edi. U Xoja Shamsuddin Muhammad Zohid ibn Xoja Mavdud ibn Xoja Nizomuddin hazratlarining o‘g‘lidir. Undan to‘rt o‘g‘il va bir qiz bo‘lgan: Xoja Kalon, Xoja Salim, Xoja Xurd va Xoja Abdulalim. Xoja Kalonning Xoja Mansurning bir o‘g‘li bo‘lib, mazkur Xoja Xurdning qizini olgan edi. Xoja Kalon bilan Xoja Xurd Xoja Muhammad Yahyoning mulozamatida Xonai Muborak safariga ketganlar. O‘sha yerni vatan tutib, olamdan ketdilar. Xoja Xurdning arab kulbasidan Xoja Salim nomli o‘g‘il qolgan. Xoja Abdulalim Hindistondadir. Xoja Xovandi Mahmud hazratlarining qizi Mo‘mina Sultonog‘o Mir Salim janoblarining nikohidadir. Bir o‘g‘il va bir qizlari bor. Xoja Abdulalimning


12002–2005 yillarda Yaponiyaning «Nara Ipak yo‘li tadqiqot markazi»ning homiyligida
«Markaziy Osiyodagi islomiy muqaddas joylarni o‘rganish» nomidagi ilmiy loyihasi bo‘yicha olib borilgan dala tadqiqotlari chog‘ida Xoja Ahrorning to‘ng‘ich farzandi Xojai Kalonning qabri Andijon shahridagi Bobo Sa’ddin qabristonida joylashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga duch keldik. Aholidan yozib olingan og‘zaki ma’lumotlarga ko‘ra, Xojai Kalon hazrati Bobo Sa’ddin mozori yoniga dafn etilgan.
2 Xoja Ubaydulloh Ahror.Tabarruk risolalar... – B.479.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling