Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet30/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147
Bog'liq
02 (3)

mutavajjih bo‘lsalar, Marg‘inonni topshirib, bir nav qulluq va xizmatkorlik qilgaymen, gunohim arib xijobim rafo bo‘lg‘ay”.1
Mirzo Boburning sargardonlik vaqtida Xoja Abulmakorim uning yoniga kelib, keyingi hayotidagi keskin burilishlarga oq fotiha tilagan. Abulmakorimning ma’naviy madadi va shaxsiy ishtiroki bilan Bobur huzuriga shu kuni kechga yaqin Marg‘inon hokimi Ali Do‘stdan chopar kelib, shaharni unga topshirilajagi to‘g‘risidagi xabarni yetkazadi. Aftidan, bu vaziyatda marg‘inonliklarning faxri hisoblangan Xoja Abulmakorimni Bobur Mirzoga qo‘shilganligi katta rol o‘ynagan ko‘rinadi. Chunki, shu vaqtga qadar Bobur Mirzo Farg‘onadagi hamma shaharlardan ajralib bo‘lgan va hukmdorlik imkoniyatidan umidini mutlaqo uzgan edi. Faqatgina, Abulmakorimning paydo bo‘lishi bilan unda taxt uchun kurash shashti yanada kuchaygan ko‘rinadi.
Xoja Abulmakorim Boburni Marg‘inonga yuborib, o‘zi Samarqandga qaytadi. Shayboniyxon qo‘shinlari tomonidan Samarqand olingach, Bobur Mirzoni Samarqandga kelishga chorlaydi. Bu haqda Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida ham ma’lumotlar keltirilgan:
Jon vafo oz kishi birla Xosil, Shahr ichinda turubtur g‘ofil. Kel falon kecha, falon ko‘cha sori,
Kim saning sori kelur xalqning bori...”2

Mazkur chaqiruvdan keyin Bobur Mirzo Samarqandga yetib kelgach, Xoja Abulmakorim shahardan chiqib unga qo‘shiladi. Bu to‘g‘rida “Boburnoma”da ham ma’lumotlar uchraydi: “Bir-ikki kundin so‘ng Asfidak qo‘rg‘onidin Vasmand qo‘rg‘oniga kelildi. Bovujudkim, bir qatla Samarqand navohisiga borib, to‘ydirib kelib eduk, yana tangriga tavakkul qilib, ushal hayol bila Vasmandin namozi peshindin so‘ng Samarqand ustiga ilgaduk. Xoja Abulmakorim ham man bila hamroh edi”3.


Bu haqda Herman Vamberi shunday yozadi: “...o‘z sulolasi manfaatiga sodiq Bobur bu davrda o‘zining bir necha sadoqatli tarafdorlari bilan Zarafshonning yuqori joylarida qo‘shin to‘plamoqda va Xoja Abulmakorim ham uning yonida edi. 906 (1500) yilning kuz fasli qorong‘u bir kechada xo‘qandliklar (farg‘onaliklar) Samarqand darvozasiga yaqinlashuvi bilan xalq ularga qo‘l uzatdi. Shayboniy Samarqandni qanchalik oson olgan bo‘lsa, shuncha yengil boy berdi”. 4
Tarixdan ma’lumki, Mirzo Bobur ikkinchi bor Samarqandni olgandan so‘ng hukmdorligi olti oydan oshmadi. Shayboniyxon tomonidan shu vaqt ichida shaharni tinmay qamal qilinishi tufayli uni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Mirzo Bobur o‘zi bilan birga Xoja Abulmakorimni ham olib ketgan ko‘rinadi. Chunki, Bobur Mirzo Toshkent hokimi bo‘lmish tog‘asi


1 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma... – B. 67.
2 Muhammad Solih. Shayboniynoma... – B. 87.
3 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma... – B. 79.
4 Xerman Vamberi. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi... – B. 80.
Mahmudxonning oldida ekanligida Abulmakorim ham birga edi. Mahmudxon ham Xoja Abulmakorimga nisbatan yuksak hurmat bilan qaraganligi sababli o‘z so‘zlarini shu zot orqali yetkazmoqchi bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi shunday yozadi: “Xoja Abulmakorimning tavassuti bilan bu so‘zni oraga soldimkim, Shayboniyxondek g‘anim paydo bo‘libtur, muning zarari turkka va mo‘g‘ulga musovidir. Muning fikrini haloliqtakim, ulus yaxshi bosmaydur va ulg‘aymaydur vojibdur. Nechukki debturlar:

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling