Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Bobur Mirzo shu zayl hech kimga biddirmasdan yana ikki-uch martaba qal’a yoniga kelib-ketadi. Axiyri, ul oliy zotli shahzoda tamomi jur’at bilan mazkur xatarli ish sari kirishib, Yoz yaylokdan Safidak kal’asi sari yurib, u yerdan esa “Ollohga suyaning - tavakkal kiling” farmoni talabicha yaratguvchi egamga tavakkal qilgancha peshin namozi payti u yerdan ilg‘or soladi. O‘sha kechasi xoja Abulmukorim Muhammadxon Shayboniydan ajralib, kelib Bobur Mirzoga qo‘shiladi va biroz yo‘l yurilgach, xoja Abulmakorim xayrixoxlikning yetuk namunasini yuzaga chiqaradi. Vaqt yarim tundan og‘ib, allamahal bo‘lganda birgalikda Mag‘ok ko‘prigiga yetishadilar. Shunda ular tomonidan Rustami doston alomatli saksonga yaqin dovyuraklarga shunday buyruq beriladi: sizlar oldinroq borib, Oshiqon g‘ori tekisligiga yetasizlar va o‘sha yerdan oshik pesha ayyorlar kabi hech ikkilanmay va o‘ylanmay bizlarni Samarkand shahrida ichida intizor kutib o‘tirgan bir guruh. tarafdor va davlatxohlarga yordam berish uchun qal’aga narvon ko‘yib, o‘zingizni shahar ichiga tashlaysiz va Feruza dar- vozasini baxtu saodat eshiklari kabi Bobur Mirzoning feruz nishon mavkabidagi boshqa kamarbastalar yuzi sari ochasiz...
Bu hodisaning ikkinchi kunisi Xoja Abulmakorim, Qosimbek qavchin va Bobur Mirzo huzurida kolgan tayinli kishilardan ayrimlari maslahat qilishib, shaharda bekinishni ma’qul topdilar... 907 yil boshida og‘riqli dil va tilka-pora yurak bilan Xoja Abulmakorim hamda ba’zi bir ulug‘lar va olimlarni yoniga solgancha o‘zining xos navkarlaridan yuzga yaqini bilan Samarqand darvozasidan tashqari chiqib, yo‘nalish yuzini Andijon sari qaratdi...”1 Abu Tohirxo‘janing “Samariya” kitobida: “Mavlono Abulmakorimning mozorlari Tillaqoriy jome’sining kunbotar tomonida, undan ikki yuz odim chamasi olisroqdadir. Abulmakorim “Muhtasar ul-viqoya”ga sharh yozganlardan bo‘lib, Muhammad Shayboniyxon(shoh) Budoq Sulton o‘g‘li zamonida fiqh ilmida zamonaning birinchi olimlaridan edi. Shayboniyxon u kishidan bir qiyin masala yuzasidan fatvo so‘raganda, u kishi javob yozmadilar. Shuning uchun Shayboniyxon tajribasizlikdan, buyurib u kishini arra bilan shahid ettirdi. Derlarki, o‘zi ham bir necha kundan keyin Marvda shoh Ismoil Safaviy bilan bo‘lgan urushda qilich dami bilan boshi kesilib, shahid bo‘lgan” degan ma’lumotni keltiradi2. Biroq Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an “Musaxxir al-bilod” asarida Xoja 1 Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an. Musaxxir al-bilod.– B. 75-80. 2 Abu Tohirxo‘ja. Samariya. 1991.T.: Kamalak, 1991. – B. 42. Abulmakorimning o‘limi 1403 yili Shayboniyxon bilan Mirzo Boburning tog‘alari Ahmadxon va Mahmudxonlarning birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida Farg‘onadagi Arxiyon qo‘rg‘oni yonida yuz bergan jangda keyin sodir etilganligi naql qilinadi: “Muhammadxon Shayboniy ko‘zlari bu fath va zafar jamolidan yana xam ravshan tortib chaqmok va yeldek uchuvchi bir kosidni o‘sha yerdagi mo‘g‘ullar oldiga “Sulton Maxmudxon va Sulton Ahmadxon humoyun xoqon ko‘liga asir tushdilar, Muhammad Bobur esa kochib ketdi. Agar kiyomatasar kazab ul xonlarning hayoti xirmanini kuydirmasin va hayot rishtasini uzmasin degan istaklaringiz bo‘lsa, Toshkentni tashlab chiqib, o‘z vataningiz Mo‘g‘ulistonga ketinglar” degan xabar bilan yubordi. Shu bilan birga chig‘atoy ulusining boshqa sultonlari va mirzolariga ham xat bitilib, kim asirdagilar o‘tda kuymasin desa, xoja Abulmakorimni xibsga olib, kochib ketishiga yo‘l qo‘ymasin, deya e’lon qilindi. Ul ikki oliy makon xonni esa ikki-uch kun ushlab turib, keyin boshlari oqqan tomonga boraverishlari mumkinligini aytgancha qo‘yib yubordi. Ammo, xoja Abulmakorim o‘sha ikki-uch kun ichidagi maslahat jarayoni oralig‘ida qochib qolishni g‘animat bilib, Toshkentdan piyoda borgancha tashqari chiqdi va tanimasliklari uchun sharif yuzini tep-tekis qilib kirdirdi. Lekin, baribir, karilik zaifligi va yurmakka kuchi yo‘qligi sababli dushman dastidan qutulib ketishning chorasini topolmay, shaharga yaqin bir joydagi yerlik aholidan birining uyiga kirdi. U mehru muruvvatsiz kishi esa xojani bir-ikki kun uyida saqlab, shundan so‘ng Shayboniyxon tarafdorlariga xabar berdi. Ul odamlar xoja Abulmakorimni ushlab, jahon oluvchi podshoh huzuriga olib bordilar. Murodi Xosil xoqonning ko‘zi olijanob xojaga tushgach “soqolingni nima qilding?” deb so‘radi. Xoja bu savol javobida ushbu baytni o‘kidi: Charogero, ki Ezid bar furo‘zad, Har on kas puf kunad riishsh biso‘zad. (Mazmuni: Xudo yoqqan chiroqni kim o‘chirmoqchi bulsa soqoli kuyadi). Lekin xojaning bu noziktab’lik va xushomadgo‘ylik bilan aytgan lutfidan foyda chiqmadi shu zahotiyoq siyosat qahramoni mazkur xojani oxirat olamiga jo‘natdi”1. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinmoqdaki, Samarqandda yuz bergan voqealar tufayli Shayboniyxonda xoja Abulmakorimga nisbatan kechirib bo‘lmas adovatni yuzaga keltirgan edi. Shu sababdan Shaybonixon Xoja Abulmakorimni qo‘lga olgan zahoti uni hech o‘ylab o‘tirmay qatl etishga uzil- kesil hukm chiqargan va bu voqea 1510 yilda emas, balki undan ancha oldin, ya’ni 1503 yida sodir bo‘lgan. Xoja Abulmakorim o‘limidan so‘ng Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlari taqdiri va ularning shayxul islomlik vazifasida olib borgan faoliyatlari borasida yozma manbalarda ma’lumotlar uchramaydi. Bizningcha, Movarounnahrda Sohibqiron Amir Temur tomonidan asos solingan 1 Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an. Musaxxir al-bilod.– B. 90-91. temuriylar davlatining inqirozga yuz tutishi, ularga sadoqat bilan xizmat qilgan Burhoniddin Marg‘inoniy xonadoni vakillarini ham parokanda bo‘lib ketishiga olib kelgan ko‘rinadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling