Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet40/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147
Bog'liq
02 (3)

U kiyimlarini o‘zgartirib, Mahmud qarorgohiga yo‘l oldi va Sulton chodiriga yetib keldi. Ular ertangi bo‘ladigan jang uchun yarog‘larini tayyorlash bilan mashg‘ul edilar. U hojiblarning birini oldiga borib: “Sultonga kirib ayt. Men choparman Ilikdan maktub olib keldim”dedi. Bu haqda Sultonga xabar berishgach, uni huzuriga olib kirishga amir etdi. Ilik kirib u bilan ulug‘ va izzatli kishilar so‘rashgandek cho‘k tushmasdan, ta’zim qilmay, salomlashdi. Hozir bo‘lganlar unga ta’na qildilar, kuzatuvchilar esa qarshi bo‘lib qoldilar. Sulton: “ Sen Ilikning choparimisan?”, deb so‘radi va u “ha” deb javob berdi. U (Sulton) “maktubni ber ey dovyurak” dedi. U


1 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 180.
esa “yolg‘iz qolsak” deya javob berdi. Ular (sulton ayonlari) chiqib ketdilar. Shundan so‘ng u (sulton) “Olib kelgan narsangni ber” deb aytdi. U (Ilik) “yolg‘iz qolsak” deb takror aytdi. Uning to‘rta yaqin maslahatchilaridan boshqa barcha chiqib ketdi. Shundan so‘ng u (sulton) maktubni berishni talab qildi. Biroq u (Ilik)”Yo‘q. Olloh nomi bilan ont ichamanki sen bilan ikkalamiz yolg‘iz qolib ko‘zimiz ko‘zimizga tushmagungcha” deb javob berdi. Uning ushbu javobi Sulton g‘azabini qo‘zg‘otdi biroq u o‘zi haqida: “Bordiyu u hiyla-nayrang ishlatib menga tashlansa va meni ushlab olsachi, (yo‘q) men yosh va quch-qudratga to‘lganman, u bo‘lsa qari va ojiz” dedi. Ammo (Ilik) sulton yuragini qo‘rquv va bezovtalik egallayotganligin anglab: “Olloh nomi bilan ont ichamanki menda senga xavf solgudek hech narsa yo‘q. Xudo meni hiyladan asrasin. Sendan so‘rayman, buyurgin meni tekshirsinlar. Agar mendan biron bir (shubhali) narsa topsalar, qo‘lga olsinlar. Sulton (unga) ishonib yaqin kelishni va maktubni berishga amr qildi. U taxtga yaqin kelgach “Men Ilikman, ey Mahmud!”dedi. Va sulton hayron qoldi. U (taxtdan) tushdi va bir-birlarini qo‘llarini siqib ko‘rishdilar va Ilik “Ey Mahmud, biz ikki tomondagi jami 200 ming miqdordan ziyod qo‘shin bilan bir maqsadga erishish uchun keldik. Senda ham menda shunday bir xil (vaziyat), yo sen g‘alaba qilasan yo men. Ikkimiz o‘rtamizda qancha yigitlar o‘lib, qancha ayollar beva bo‘lib, qancha go‘daklar yetim qoladi! Ertaga kim Tangri taolo oldida javob beradi senmi yoki men? Men hozir senga o‘z boshimni olib keldim. Mana qarshinda turibman, nima qilsang qilgin. Mashhar kuni men senga malomat qilmayman”, deb aytdi. Mahmud uning oyog‘iga yiqildi u (Ilik) ham Mahmudning oyog‘iga. Shundan so‘ng Sulton aytdi: “Qaysi belgingga ko‘ra biz seni - Ilik ekanliginga ishonaylik?”. U (Ilik) “Agar men ziyon-zahmat ko‘rmay ketsam, ertaga ertalab gina-kuduratli yetti yot dushmanlar o‘rniga saroy mulozimlarimni, qurollangan suvoriylar o‘rniga chavandozlarning ayonlarini tinchlik sulhi tuzish uchun yuboraman. Sen jangchilar qatorida nog‘oralarning suronli ovozini va yarog‘larning jarang-jurungini eshitasan” deb javob berdi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling