Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
jazolamas, mol-mulkini tortib olmas edi. U har yili xalifa al-Qoyimga elchilar yuborib turgan va xalifadan Imom ud-Davla, Toj al-Milla, Qahf al-Muslimin, Malik ash-Sharq va as-Sin Tafg‘ach ibn Bug‘roxon Sayf Amir al-Mo‘minin (Davlat imomi, Millat toji, Muslimlar panohi, Sharq va Xitoy hukmdori Tafg‘ach Bug‘roxon; mo‘minlar amirining qilichi) singari unvonlarni olgan”.
Ibrohim Tamg‘ochxon Movarounnahrda 20 yil hukmronlik qildi. Umri- ning so‘nggi yillarida falaj kasaliga uchrab, hayotlik chog‘idayoq mamlakat idorasini o‘g‘li Abu Bakr Shams ul-Mulkka topshirdi. Hijriy 460 (milodiy 1068) yilda Ibrohim Tamg‘ochxon olamdan o‘tdi. Shu yilning o‘zida yangi hukmdorga qarshi uning qarindoshi Shuays Buxoroda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu qo‘zg‘olon arang bostirilib turgan bir vaqtda Saljuqiylar sultoni Alp Arslon 200 minglik qo‘shin bilan Movarounnahrga yurish qildi. Biroq, bu yurish Saljuqiylar uchun fojiali tugab, Alp Arslonning o‘zi jang maydonida halok bo‘ldi va Saljuqiylar Termiz shahridan o‘tolmay orqaga qaytib ketishdi. Alp Arslonning o‘g‘li Sulton Malikshoh ham 1073 yilning oxirida Amudaryodan o‘tib, Samarqandga yurdi. Bu safar Shams ul-Mulk sulh tuzish yo‘li bilan Malikshohning harbiy yurishini qaytardi. 1080 yilda Shams ul-Mulk vafot etdi. Uning o‘rniga ukasi Xizrxon taxtga o‘tirdi. Bu shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Hatto uning vafot etgan yili ham noma’lum. Biroq, uning davrida mamlakatda tinchlik hukm surganligini o‘sha davr muarrixlari tilga olib o‘tishgan. Jumladan, XII asrda yashab o‘tgan Nizomiy Aruziy Samarqandiy Xizrxon davrini quyidagicha ta’riflaydi: “Xizr ibn Ibrohim zamonida Xoqoniylar mulki yuksak tarovatga, kuchli siyosatga va qudratga yetishgan edi. Podsho aqlli, adolatli va yurtni obod qilguvchi edi. Movarounnahr va Turkiston uning qo‘l ostida bo‘lib, Xuroson tomondan ko‘ngli tinch edi, orada qarindoshlik, do‘stlik, ahd va bitim mavjud edi. Davlatning shonu shavkatidan bir nishona shu ediki, u otga minib ketayotgan paytda, boshqa qurollardan tashqari, yetti yuzta navkar oltin va kumush gurzilarni uning oldida ko‘tarib borardilar. O‘zi esa shoirlarni sevar edi. Ustod Rashidiy, Amir Amoaq, Najibiy Farg‘oniy, Najjor Sog‘irjiy, Ali Boniziy, Pisari Dargush, Pisari Isfaroniy va Ali Sipehriy uning xizmatida qimmatbaho inoomlar olgan va yaxshi taqdirlangan edilar”1. Xizrxondan so‘ng hokimiyat uning o‘g‘li Ahmadxon qo‘liga o‘tdi. Uning vaqtida sodir bo‘lgan voqealardan biri e’tiborli vazirlardan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Sulaymon al-Kosoniyning o‘ldirilishi ko‘pchilikni tashvish- ga solgan va u tarixda bitib qoldirilgan. Bu zot Xizrxon zamonida mamlakatning bosh qozisi lavozimida turgan. Aftidan, Ahmadxon taxt tepasida uncha ko‘p turmagan. Chunki 1089 yilda mamlakatda ko‘p qiyinchiliklardan azob chekkan xalq nomidan shofe’iylar 1Nizomiy Aruziy Samarqandiy. Nodir hikoyatlar (Majma’un navodir) / Forsiydan Mahmud Hasaniy tarjimasi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,1985. – B.46. mazhabi vakillaridan biri Saljuqiylar hukmdori Sulton Malikshohga1 maktub bitadi. Tez orada Malikshoh Samarqandga qo‘shin tortib, uni qamal qiladi. Hech qancha vaqt o‘tmasdan Ahmadxon asir olinadi va Isfahonga yuboriladi. Sadriddin Ali Husayniyning “Axbor ad-Davla as-Saljuqiyya” nomli asarida ham bu voqealar xususida so‘z boradi. Malikshoh Samarqandni qo‘lga olgach, Farg‘onaga qarab yuradi. Malikshohning tajjovuzidan qo‘rqqan Qoshg‘ar xoni uning talabiga ko‘ra bosh egib keladi va Malikshoh nomi bilan xutba o‘qittiradi. Demak, G‘arbiy Qoraxoniylar mamlakati Farg‘ona bilan birgalikda bir muncha vaqt Malikshohga bo‘ysunib turgan ko‘rinadi. Malikshoh Farg‘onaga bir yilning ichida ikki marta, yurish qilib, bir- inchi marta Ahmadxonga qarshi, ikkinchisi Otbosh hukmdori Yoqubxon Tegin- ning isyonini bostirish vaqtida yurish qilgan. Bu yurishlar chog‘ida Malikshoh O‘zgand shahrigacha kirib bordi va isyonni uzil-kesil bartaraf qilishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan Malikshoh Ahmadxonni yana Samarqandga hokim etib tayinlaydi. Biroq, endi Ahmadxon vassal sifatida hukmronlik qilar edi. Shu sababli Malikshoh vafotini eshitgach, tez kunda ruhoniylar tomonidan chiqarilgan fatvoga binoan unga qarshi suiqasd uyushtirilib, o‘lim jazosiga hukm etildi. Bu voqea 1095 yilda sodir bo‘ldi. Ahmadxonga qarshi bo‘lgan muxolif kuchlar taxtga yana bir shahzoda Qora- xoniy – Mas’udni chiqardilar. U Ahmadxonning jiyani edi. Mas’ud 1097 yilda Malikshohning katta o‘g‘li Barqiyoriqqa bay’at qilishga majbur bo‘ldi. Chunki, Malikshoh vafotidan so‘ng Samarqand yana mustaqillik yo‘liga kirgan edi. Markazlashmagan davlat tepasida turgan Mas’ud Saljuqiylarning bosimiga bo‘ysunishga majbur bo‘lib qoldi. Hatto keyinchalik Movarounnahr hududlari bir necha shahzodalarga bo‘lib berildi. Bular Sulaymon Tegin, Mahmud Tegin, Horun Teginlar bo‘lib, ular orasidagi Sulaymon Tegin Dovud Kuch Teginning o‘g‘li, ya’ni Ibrohim Tamg‘ochxonning nevarasi edi. XII asrning boshlarida Sharqiy Turkistondagi Qoraxoniylarning Movarounnahrga yangi tajovuzi boshlandi. Bug‘roxon Muhammadning nevarasi Qodirxon Jabroil Movarounnahrni bosib olish bilan cheklanmay, Saljuqiylar qo‘l ostidagi shaharlarga ham tajovuz qila boshladi. Biroq, ko‘p o‘tmay Qodirxon Jabroil Sulton Sanjar tomonidan o‘ldirildi va Sharqiy turkistonliklar hujumi bartaraf etildi. Bu haq Ziyo Buniyodov shundy yozadi: “Mazkur voqea hijriy 495 (26.X-1001-14-X.1102) yilda yuz berdi. Sanjar sulton Muhammad bilan Bag‘dodda ekanligida Samarqand hukmdori Qodirxon Jabroil ibn Umar boshchiligidagi 100 minglik qo‘shin Xuroson yerlarga bostirib kirdi. Sanjar amirlaridan biri Gyun to‘g‘di Qodirxonga Sanjar kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotganligi haqida maktub yozgan. Bu xabar Qodirxonga shijoat bag‘ishladi va Sanjar yerlariga hujuminini tezlashtiridi. Gyun to‘g‘di bo‘lsa, birinchi imkoniyatdayoq Qodirxon tomoniga qochib o‘tdi. Sanjar Qodirxonga elchi yuborib sulh to‘g‘risidagi bitimini yodiga soldi. Biroq u sulhni rad etdi. Shunda Sanjar o‘z ayg‘oqchilarini 1 Malikshoh (Abulfath Jaloluddin Malikshoh) – Saljuqiylardan uchinchi podshoh, milodiy 1072 yili taxtga chiqib, 1092 yili, vafot etgan. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling