Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet38/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Bir necha vaqt o‘tgach shahzoda Satuqning qo‘shini qarshi hujumga o‘tib, xoqon O‘g‘ulchoq qo‘shinini mag‘lub etgan. Shahzoda Satuq xoqon O‘g‘ulchoqning “Chinibog‘”dagi oromgohiga bostirib kirgan kechada u qattiq uyquda uyquga ketgan, yonida bir kishi chirog‘ ko‘tarib turgan ekan. Shahzoda Satuq yonidan shamshirini




1Abdurahim Hoshim Mashhadiy. Atush (1)... – B. 36.
chiqarib unga intilib to‘xtab qolgan. Ko‘nglida “O‘gay otam menga tuz-non bergan. Uni uyg‘otib islomga da’vat qilib ko‘ray”, deb shamshirining uchini xon O‘g‘ulchoqning tovoniga sanchib uyg‘otgan… Xoqon O‘g‘ulchoq iymon keltirmagan. Shahzoda Satuq duoga cho‘l ko‘tarib “Yo Olloh, bu kishini yer ichiga olgaysan” degan zahoti yer yorilib xoqon O‘g‘ulchoqni yer yutgan ekan. Ertasi oshkora holda besh vaqt namozga azon aytilgan. Qumbog‘dagi butxona masjidga aylantirilib juma namozi o‘qiladigan joy bo‘lgan1.
Jamol Qarshiyning yozishicha Satuq Bug‘raxon bu vaqtda 25 yoshga kirgan edi: “Bu orada Satuq Alohning kalomi bo‘lmish Qur’oni yod oldi va 25 yoshga yetgunga qadar tahsil olish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Mana shu vaqtda u 50 nafar odamlari hamrohligida o‘zini shikorga chiqqandek ko‘rsatib Yig‘och baliqda joylashgan qal’ani egallab olish uchun otlandi. Ubu yerni uch oy davomida qamal qildi. Bularning barchasidan amakisi voqif bo‘ldi va hech nima (uning) halokatni qaytara olmasligini tushundi. Xuddi shu chog‘da u (Satuq) unga (O‘g‘ulchoqqa) qarshi bosh ko‘tarishga qaror qildi. Qoshg‘ardan 300 otliq yig‘ildi. Farg‘onadan 1000 nafar g‘oziylar kelib unga qo‘shildi. Ular dastlab Otboshni zabt etdilar. Shundan so‘ng qo‘shin soni 3000 ming otliqqa yetdi va ular Qoshg‘arga hujum qilib, uni qo‘lga kiritdilar hamda (uning) aholisini islomga kirgizdilar... Satuq Bug‘raxon G‘oziy 344(milodiy 955-956) yilda olamdan o‘tdi. Uning qabri Qoshg‘arning qishloqlardan biri Artujda (hozirda Atush deyiladi – N.A.) joylashgan. Hozir bu yerga odamlar (tez-tez) (ziyorat qilish uchun) keladilar2.
Satuq Bug‘raxondan so‘ng taxtga Muso tegin chiqqan. U ba’zi tarixiy manbalarda “Muso To‘nga Ilik”, “Boytosh tegin” “Muso ibni Abdulkarim”, “Muso Bug‘ro Qoraxon” singari nomlar bilan atalgan bo‘lib, 956 yildan 992 yilgacha taxtda o‘tirgan3. U taxtga chiqqandan keyin otasining faoliyatini davom ettirib, butkul xonlik tepasida islom dini rivojlantirishga ahamiyat bergan. Shuningdek g‘ayri islom dinidagi Idiqut uyg‘ur xonligi va Udun butparast uyg‘ur hokimyatiga qarshi janglarni olib borgan. O‘sha davrga doir tarixiy ma’lumolarga qaraganda u hukumronlik qilgan davrlarda 200 ming chodirlik turk oila islom diniga kirgan4.
Shu o‘rinda turk olimi Usmon Turonning turkiy xalqlarning yalpi ravishda islom dini qabul qilishlari to‘g‘risida keltirgan fikrlari diqqatga sazovordir:
“Turkistonning islom madaniyati barpo bo‘lishi va inkishofidagi xizmati Eron, Iroq, Misr va Andulus kabi mamlakatlarning xizmatlari qadar ulug‘dir. Xususan, islom madaniyatida muhim o‘rin tutgan buyuk olim, faylasuf, riyoziyotchi, huquqshunos, tafsir va hadis olimlari shu o‘lkadan yetishib chiqqandilar. Turkistonning tijoriy va madaniy markaz


1Abdurahim Hoshim Mashhadiy. Atush (1).Qashqar. Qashqar uyg‘ur nashriyoti, 2005. – B. 33-
39.
2 Djamal al-Karshi. Al Mulxakat bi-s-surax. Istoriya Kazaxstana v persidskix
istochnikax. I tom. Almatы.: Dayk–Presss, 2005. S. 101-103.
3 Rashid Ganch. Qoraxoniylarning davlat shakllanishi. Urumchi. Shinjong xalq nashriyoti, 1990. – B. 47.
4 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 175.
holiga keltirgan sabablardan biri Uzoq va Yaqin Sharqni birlashtirgan karvon yo‘li shu yerdan o‘tganligi bilan bog‘liq. Turkiston bir qancha madaniyatlar ro‘baro‘ kelgan joy. Yana bir sabab shuki, ilgari diniy birlikka ega bo‘lmagan Turkiston islomni qabul etgandan keyin diniy birlikka erishdi. Islom dini Movarounnahrga joylashishi bilan eski dinlar ham Sharqda surila boshladi.
Turklarning islomga jamoa holida kirishi X asrga to‘g‘ri keladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, turklar qolgan millatlar singari islomiyatni majburan emas, balki o‘z xohishlari bilan qabul qildilar. Buning birinchi sababi, islom dini va madaniyatining afzalligi bo‘lsa, ikkinchi omil eski turk dini — shomoniylikning asosiy aqidalari islomiyatga ancha yaqin ekanidir. Chunki islom dini turk ruhiga muvofiq edi. Darhaqiqat, turk tangrisi koinot va maxluqotning xoliqi butun hodisalar va inson harakatlarining hokimi ekanligi nuqtai nazaridan ham islomning Ollohiga juda yaqindir. Bu xususda suryoniy olimi Mixailning fikri e’tiborni tortadi: “Turk millatining azaldan bir Tangriga ishonganligi islomni qabul etishlariga sabab bo‘ldi. Chunki arablar ham ayni Ollohga e’tiqod qo‘yishgandi”. Uning nazaricha, ikkinchi omil— Movarounnahr turklarining musulmon bo‘lishi bilan qolgan irqdoshlarining ham ularga ergashishidir. Uchinchi sabab — turklar arablar qo‘shiniga askar bo‘lib xizmatga kirgan va rumlarga qarshi kurash asnosida Islom dinini o‘rgangan. Muallif Hazrati Muhammadning butparastlikni tashlab musulmon bo‘lganlarga ko‘p narsa va’da qilganini ham ta’kidlaydi. Umuman, bu uch sabab shuni ko‘rsatadiki, Mixail tarixiy haqiqatni to‘g‘ri tushungan va turklarning Islomiyatni qabul qilishlari natijasida arablar bilan bir millat qadar yaqinlashib ketganini his qilgan. Turklar musulmon bo‘lgandan keyin “Olloh” so‘zi bilan birga “Tangri”ni ham qo‘llashgan va bu narsa ular o‘rtasidagi yaqinlikdan dalolatdir. Ya’ni turklarning “Tangri”si va islomning “Ollohi” ifoda etayotgan ma’no bir-biriga ancha muvofiq edi. Shomoniylikda payg‘ambarning yo‘qligi ham Hazrati Muhammadning tezdagina qudsiyat topishiyu e’zozlanishiga imkon berdi”1.
Usmon Turonning turkiy xalqlarga bergan bu qadar go‘zal ta’rifidan so‘ng yana Muso teginning keyingi yillardagi faoliyati bilan tanishish davom etsak. Ma’lumotlarga ko‘ra, Idiqut uyg‘ur xonligi qarshi olib borilgan harbiy harakatlar davomida Muso tegin 961 yili o‘zi shaxsan ulkan qo‘shinni boshlab Oqsu, Kucha, Qorashahar singari joylarni ishg‘ol qilib, Idiqut shahriga yetib borgan. Shu yili uning inisi Sulaymon Arslonxon va Abulfattoh boshchiligidagi qo‘shin Balosog‘un shahridan yo‘lga chiqib, Ili daryo vodiysi orqali Beshboliq shahriga hujum qilgan. Darvoqe ikki taraf o‘rtasida qattiq janglar bo‘lib, oxir-oqibat Idiqut uyg‘ur xonligi Qoraxoniylarga qaram bo‘lgan. Muso tegin Idiqut uyg‘ur xoqoniga “Arslonxon”, “Arslon tutuq” degan nomlarni bergan.


1 Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T.: Cho‘lpon, 1995. – B. 99-100.
Muso tegin Idiqut uyg‘ur xonligiga qarshi urushni nihoyasiga yetkizgandan keyin qo‘shinlarni bir zamon tartibga solib Yorkand va Udunga1 yurish qilgan. Lekin Udun butparastlarining xoqoni Yog‘lo Qolqolu qattiq qarshilik ko‘rsatib Qoraxoniylar qo‘shiniga bo‘sh kelmagan. Milodiy 971 yili g‘oyat katta qo‘shin bilan Qoraxoniylarga shiddatli hujumlar uyushtirib Qog‘liq, Yorkand, Yangisor(Yangihisor) kabi hududlarni ishg‘ol qilgan. Biroq u bu bilan qanoatlanmay Qoraxoniy qo‘shinlarini to Qashqar shahriga qadar ta’qib qilib borgan. Bunday ahvolda Muso tegin Balosog‘undagi inisi Sulaymon Arslonxondan yordam so‘rab, uning qo‘shinini Qashqarga yurdirgan. Qolaversa, Yog‘lo Qolqoluga qarshi qayta hujumga o‘tib, Yorkan, Qog‘liq kabi yerlarni qaytarib olishga muyassar bo‘lgan. Shuning bilan Qog‘liq ikki tomonning vaqtinchalik chegara chizig‘i bo‘lib qolgan.
Muso tegin harbiy yurishlarni olib borish bilan birga bir vaqtda, yana xonlikning o‘ziga xos boshqaruv tizimini ishlab chiqqan. Masalan, xonlikda “Bug‘raxon” yoki “Qoraxon” eng oliy yuqori darajalik hukumdor hisoblangan2. “Arslonxon” bo‘lsa undan keyingi hukumdor bo‘lib, odatda katta xoqonlarning o‘rinbosarligini hamda, kichik xonlik vazifasini bajargan. Undan keyingi daraja bo‘yicha “yug‘rush” ( bosh vazir) “imom” (diniy ishlar vaziri), “qozi”( bosh hakam), “suboshi”(bosh qo‘mondon), “hojib”(saroy ishlari maslahatchisi), singari amaldorlar bo‘lgan. Bundan ko‘rinidaki, Muso tegin davrida Qoraxoniylar xonligi faqat harbiy jihatdangina qudratli bo‘lib qolmasdan, balki yana siyosiy tuzilma jihatidan ham bir muncha mustahkamlangan edi.
992 yilga kelganda Muso tegin Qashqar shahrida vafot etgan bo‘lib, Atushning Ozg‘on qishlog‘iga dafn qilingan.
Muso tegin vafotidan so‘ng uning inisi Sulaymon Arslonxonning o‘g‘li Horun Bug‘raxon taxtga chiqib, 993 yildan 998 yilgacha hukmdorlik qilgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda u “Horun Bug‘raxon”, “Abu Horun ibn Sulaymon”, “Abu Muso Hasan al Horun ibn Sulaymon”, “Hasan Bug‘raxon” “Abu Hasan Ali” singari nomlar bilan atalgan. Aslida xonlikning qoidasiga ko‘ra Muso tegindan keyin uning o‘rnig‘a o‘g‘li taxt vorisxo‘ri bo‘lishi lozim edi. Biroq Muso tegining o‘g‘li Abu Hasan Ali Xo‘tan butparastlariga qarshi olib borilgan janglarning birida halok bo‘lgach, taxtga Horun Bug‘raxon vorislik qilgan. Horun Bug‘raxon taxtga chiqqandan keyin avval poytaxtni Qashqardan Bolosog‘unga ko‘chirdi. Shuningdek amakisining hukmdorlik faoliyatini davom ettirib quyidagi ishlarni amalga oshirgan.
Horun Bug‘raxon Xo‘tan butparastlariga qarshi urushni davom ettirib, ko‘plab butparastlarni islomga kirgizgan hamda jang maydonida o‘zining botirligi va qaysarligi bilan shon-shuhratga erishgan3. U garchand bir necha




1 Mahmud Qoshg‘ariy Udun haqida shunday yozadi: “Udun – Xo‘tan shahrning nomi; Xo‘tanda turuvchilarga ham Udun deyiladi”. Bu haqda qarang: Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 105.
2 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 176.
3 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 177.
zafarli urushlarni olib borgan bo‘lsada, biroq Xo‘tanni to‘liq islomlashtirishdek oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha olmagan.
Horun Bug‘raxon g‘arbdagi qo‘shnisi Somoniylar hukmdori Nuh soniy ibn Mansur tarafidan jazolangan Xuroson voliysi Abu Ali Sanjar (Simjur)ni quvlab uning bilan ittifoq tuzgan. Uning ketidan yana Somoniylaring Samarqandga yuborgan harbiy amaldori Foiqni o‘z tomoniga ag‘darib, Samarqand shahrini ishg‘ol qilgan. Shundan so‘ng tez sur’at bilan Somoniylar poytaxti Buxoroga yurish qilgan. Bu haqda atoqli olim akademik Karim Shoniyozov quyidagilarni keltiradi:
Ma’lumki, IX asrning ikkinchi yarmi va X asrda Somoniylar davlati Markaziy Osiyo mintaqalarining katta qismida hukmronlik qilar edi. 875 yilda Abbosiylar xalifi al-Mutamid Nasr ibn Axmadni Movarounnahr hokimi qilib tayinlagach, bu o‘lkada iqtisodiy va madanny rivojlanish birmuncha avj olgan edi. Ismoil ibn Ahmad davrida (892—907) Somoniylar davlati markazlashgan kuchli davlatga aylanib, unda iqtisod, madaniyat yana ham taraqqiy etib borgan. Ammo X asrning ikkinchi yarimlarida ichki ziddiyatlar ko‘payib, Somoniylar hukmronligini kuchsizlantiradi. Unga qaram bo‘lib kelgan viloyatlarda (xususan Xurosonda ko‘tarilgan isyonlar, vorislar o‘rtagidagi taxt uchun olib borilgan betinim kurashlar Somoniylar davlatini zaiflanishiga olib keladi. Bundan Qoraxoniylar ustalik bilan foydalanadilar.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling