Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Karakush deb turklar burgutni aytishadi. Aftidan, burgut qora patiga qarab shunday atalgan-u keyinchalik boshqa sifatlari bilan Yupiterga nisbat berilgan. Bu, albatta, qushning patlari rangi emas, balki ulug‘vorligi, kuchliligi timsoli bo‘lishi tabiiy. “Kuchli” ma’nosi karayel – “qora shamol”, “bo‘ron” da ham asosiy rol o‘ynagan. Shuning uchun ham Qoraxonni – “qora tusli podsho” deb emas, balki, “kuchli, qudratli xon” deb tushunish maqsadga muvofiqdir. Shunga o‘xshash
1 Bosvort K.E. Musulmon sulolari. Tarjimonlar: Ozod Sharafuddinov, Asror Samad. T.: Fan, 2007. – B. 137-138. 2Vey Lyan Tau. Qoraxoniylar tarixidan bayon. Qashqar. Qashqar uyg‘ur nashriyoti, 2000. – B.80. 3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 240. Qora arslon – “qudratli arslon”, Qorayusuf – “kuchli Yusuf”, Qora botir – “qudratli botir”, Qoramirza – “ulug‘ mirza” ma’nolarini anglatadi”1. Hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan arxeologik yodgorliklarni ayrim hollarda afsonaviy Qoraxon yoxud Qorashoh ismli podshohlar nomi bilan bog‘lanishi ham o‘z navbatida qator savollarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Ovchi qishlog‘idagi Mo‘yi muborak arxeologik-me’moriy yodgorligini afsonaviy Qoraxon nomi bilan bog‘lab kelganlar. Naql qilishlaricha, qadim zamonlarda, hozirgi Mo‘yi muborak yodgorligi o‘rnida Qoraxon ismli podshoning qasri joylashgan edi. Kunlardan bir kun podsho o‘z odatiga ko‘ra, shikorga borib qaytayotganda, uning barcha mulozimlari qasrdan tashqariga chiqib dag‘-dag‘ qaltirashardi. Podsho buning sababini so‘raganda, mulozimlar ichkarida, uning taxti ustida ikki boshli, ajrasimon ilon kulcha bo‘lib yotganligini aytishibdi. Podsho ichkariga kirsa, haqiqatan ham taxtda shunday ilon yotgan ekan. Bu ilonning ranggi qop-qora bo‘lishiga qaramay, uning xoldor nuqtalari ham ko‘rinib turar emish. Hattoki, uning yollari ham bor ekan. Qoraxon polshoh bu g‘ayrioddiy ilonni taxt ustida bejiz yotmaganligini tushunib, “Ollohning irodasi shu”, deganicha, bu yerlarni butunlay tashlab ketgan ekan”2. Aftidan Qoraxoniylar hukmronligi ajdodlarimiz xotirasida chuqur iz qoldirgan ko‘rinadi. Natijada qadimgi yodgorliklarda Qoraxon ismli hukmdorlar bilan bog‘liq afsona va rivoyatlar paydo bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Chunonchi bu holat xalq og‘zaki ijodida jumladan dostonlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularda Qoraxon nomi podshohlarga nisbatan qo‘llanilgan. Masalan, “Tohir va Zuhra”dostonini olaylik: “ O‘tgan zamonda, elu yurti omonda, anavi ko‘ringan tog‘larning ortida, Samarqandning sirtida, O‘zjan yurtida Qoraxon va Sarixon deganlar o‘tdi”3. O.Pritsakning Qoraxonniylar tarixi yuzasidan olib borgan izlanishlari natijasida ma’lum bo‘ldiki4, arslon qarluq va chigil5 1G‘afurov O. Asma ul-husna yoxud tabarruk ismlar. II qism. T., 1998. – B.61. 2 Abdulahatov N, Hoshimov B. Mo‘yi muborak. F.: Farg‘ona. 2000. – B. 81. 3 Tohir va Zuhra. O‘zbek xalq ijodi. Dostonlar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. – B. 7. 4 Bu haqda qarang: Pritsak O. Die Karachaniden. – Der Islam. Bd. 31/1. Berlin,1953. 5 Mahmud Qoshg‘ariy chigil qabilasi xususida quyidagi ma’lumotni keltiradi Chigil – uch xil turkiy qabilalar nomi.1) Barsag‘an quyisidagi Quyas shaharchasida yashovchi ko‘chmanchilar. 2) Tiroz yaqinidagi shaharchada yashovchilar ham chigil deb ataladilar. Shunday atash asoslidir. Chunki Zulqarnayn arg‘ular shahriga yetganda qattiq yomg‘ir yog‘ib, yerlar loy, botqoq bo‘lib ketgan va Iskandar yurolmay qiynalgan. U xafa bo‘lib, forsicha “in chigil ast” bu qanday loy, bunday qutilaolmaymiz deb g‘azablangan. So‘ng u yerda bino qurishga buyurdi, so‘ng bu kunlarda chigil deb ataluvchi qo‘rg‘on bino qilindi. U yerda yashovchi turkiy qabilalar ham shu nom bilan (chigiliy) deb ataladilar. Shundan so‘ng bu nom har yoqqa tarqaldi. O‘g‘uzlar shahri u yerga yopishgan edi va ular chigillar bilan har vaqt urishar edilar, hatto oralarida xusumat bugungacha ham saqlanib kelmoqda. O‘g‘uzlar chigillardek kiyinib, ularning urf-odatlarini qiluvchi turklarni ham chigil deb atydilar, ya’ni ular Jayxundan yuqori Chingacha bo‘lgan yerlarda yashovchi turkiy qabilalarning hammasini ham chigil deb ataydilar, bu xatodir.3) Qashqarda bir qancha qishloqlarda yashovchi turkiy qabilalar ham chigil deb ataladi. Bular ham qabilasining totemi (shu qabilalarda ilohiy hisoblangan hayvon) bo‘lsa, bug‘ro (qo‘sh o‘rkachli tuya) yag‘mo qabilasining totemi edi. Mazkur totemlar islom dini qabul qilingach yuqoridagi qabilalar uchun faxriy (oliy) unvon bo‘lib qoldi. Shuning uchun har qaysi qabila aslida bir ajdodiy negizga ega bo‘lishiga qaramasdan o‘z hukumdorligini ikki ulug‘ nom bilan atashni qabul qilgan. Mazkur sulola tarixini yuzasidan izlanishlar olib borgan borgan ba’zi bir tadqiqochilar Qoraxoniylar sulolasining tarixini to‘rt davrga bo‘lib chiqqanlar: Birinchi davr – sulolaning shakllanish davri (milodiy 840-960 yillar); Ikkinchi davr – sulolaning siyosiy jihatdan rivojlanish davri(960- 1041 yillar); Uchinchi davr – sulolaning iqdisodiy va madaniyat jihatidan gullagan davri (1041-1130 yillar); To‘rtinchi davr – sulolaning siyosiy jihatdan tanazzulga yuz tutish davri (1130-1141-1212 yillar)1. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraxoniylar davlati ichki tuzilishiga ko‘ra uncha mustahkam bo‘lmagan qabilaviy ittifoqdan iborat bo‘lgan. Bu haqda K.E. Bosvort shunday yozadi: “Binobarin, ularning tarkibidagi qarluqlar asosan, ko‘chmanchi hayot tarzini davom ettirar edilar. Hukmron urug‘ haddan tashqari parchalanib ketgan edi, chunki Qoraxoniylar boshqa oltoy xalqlarida ham keng tarqalgan tartibga amal qilib davlat ishlarini yuritar edilar. Bu tartibga ko‘ra xoqon bilan bir qatorda u bilan birga hukmronlik qiluvchi sherik xoqon, ulardan keyin esa “quyi hoqonlar” bo‘lardi. Urug‘ a’zolari doimiy ravishda mansab zinalaridan yuqoriga ko‘tarilib turganlari va yangidan-yangi unvonlar va nomlar olib turgani uchun Qoraxoniylar shajarasi hamda yilnomasini aniqlash g‘oyat qiyin ishga aylangan. Zambaurning aytishicha, “musulmon sulolalari orasida shajarasi noaniq qolib kelayotgan yagona yirik sulola Qoraxoniylardir”. Zambaurning o‘zi tuzgan ro‘yxat ham anchagina taxminiydir”2. Tarixdan ma’lumki, qaysi bir sulola tarixi qanchalik mavhum va noaniqliklardan iborat bo‘lsa shu qadar unga bo‘lgan qiziqish ortib boraveradi. Shu sababdan ham Qoraxoniylar sulolasiga oid noaniqliklar XIX asrdayoq Yevropa olimlarini o‘ziga jalb etgan. Natijada M. Fren A. K. Kazembek, V. G. Tizengauzen, V. V. Grigorev, G. V. Vamberi, B. A. Dorn, V. V. Radlov, G. G. Xovors, S. Len-Pul va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy asarlarda Qoraxoniylar tarixi mavzusiga alohida e’tibor qaratildi 3. XX asrning birinchi yarmiga kelib V. V. Bartold, I. Markvart, Ye. Sambaur, R. R. Fasmer, A. Yu. Yakubovskiy, M. Ye. Masson asarilarida qoraxoniylar tarixini imkon qadar keng yoritish uchun urinishlar bo‘lgan. bir yerdan tarqalgandir.. Bu haqda qarang: Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 374. 1 Vey Lyan Tau. Qoraxoniylar tarixidan bayon...– B.112. 2 Bosvort K.E. Musulmon sulolari...– B. 139. 3Karaev O. Iz istorii Karaxanidov // Folklor, literatura i istoriya Vostoka. Materialы III vsesoyuznoy tyurkologicheskoy konfrensii. T., 1984.S.339. Keyingi davrlarda A. N. Bernshtam, A. A. Valitova, O. Pritsak, Ye. A. Davidovich, B. A. Litvinskiy, Ye. A. Ageeva, G. I. Pasevich, M. N. Fedorov, D. F. Vinnik, P. N. Kojemyako, L. I. Rempel, G. A. Pugachenkova, M. A. Bubnova, K. M. Baypakov, A. Kibirov, T. N. Senigova, B. D. Kochnev, N. N. Ne’matov, G. A. Brikina, Yu. A. Zadneprovskiy, Q. M. Akishev, O. G. Bolshakov, L. B. Yerzakovich, Yu. F. Buryakov, V. A. Shishkin, K. Shoniyozov, B. Nemsevalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tufayli Qoraxoniylar tarixiga doir yangidan-yangi ma’lumotlarni aniqlanishiga sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda Ye. A. Davidovich 1, M. N. Fedorov2 hamda B.D. Kochnevlarning3 Qoraxoniylar davrida zarb etilgan tangalarga doir 1Bu haqda qarang: Davidovich Ye.A. Numizmaticheskie materialы dlya xronologii i genealogii sredneaziatskix Karaxanidov // Numizmaticheskiy sbornik. Ch.2. Trudы GIM. Vыp. XXVI. M., 1957; Davidovich Ye.A. O dvux karaxanidskix kaganatax // Narodы Azii i Afriki. M., 1968. № 1; Davidovich Ye.A. Voprosы xronologii i genealogii Karaxanidov vtoroy polovinы XII v. // Srednyaya Aziya v drevnosti i srednevekove (istoriya i kultura) M.,1977; Davidovich Ye.A. O monetax dixkanov Ilaka konsa X-nachala XI v. // Drevnost i Srednevekove narodov Sredney Azii. M., 1978; 2 Bu haqda qarang: Fedorov M.N., Buryakov Yu.F. Epigraficheskie i numizmaticheskie naxodki i publikatsii v Uzbekistane v 1965 g. // EV. XIX. L., 1969; Fedorov M.N., Buryakov Yu.F. Epigraficheskie i numizmaticheskie naxodki i publikatsii v Uzbekistane v 1966-1968 g g. // EV. XXI. L., 1972; Abdullaev K., Fedorov M.N. Klad karaxanidskix dirxemov s grodiщa Kanka // ONU, 1971, № 10; Fedorov M.N. Ob odnoy gruppe karaxanidski monet 388-404 gg.x. – EV, XX. 1971; Fedorov M.N. Politicheskaya istoriya Karaxanidov v konse X nachale XIv. // NE, T. X. M., 1972; Fedorov M.N. Fedorov M.N. Politicheskaya istoriya Karaxanidov v konse pervoy i vo vtoroy chetverti XI v. // NE, T. XI. M., 1974; Retveladze E.V., Tashxodjaev Sh.S., Fedorov M.N. Numizmaticheskie etyudы. Afrasiab. Vыp.3. Tashkent, 1974; Fedorov M.N. Mejdousobnaya voyna 1012-1016 gg. v gosudarstve Karaxanidov. // Stranisы istorii i materialnыoy kulturы Kirgizstana. Frunze, 1975; Fedorov M.N. Novыe dannыe k istorii Karaxanidskogo gosudarstovo posledney chetverti XI v // Istoriya i arxeologiya Sredney Azii. Ashxabad.: Ыlim, 1978; Yernazarova T.S., Kochnev B.D., Rtveladze E.V. Fedorov M.N. Numizmaticheskie naxodki na teritorii Uzbekistana v 1969-1972 gg. // ONU. 1978. № 3; Fedorov M.N. Politicheskaya istoriya Karaxanidov vo vtoroy polovine XI v. // NE, T. XIII. M., 1980; Fedorov M.N. Ocherk istorii Vostochnыx Karaxanidov konsa X-nachala XIII v. po numizmaticheskom dannыm // Kirgiziya pri Karaxanidax. Frunze,1983. 3 Bu haqda qarang: Kochnev B.D. K identifikatsii nekotorыx ranne karaxanidskix titulov i lakabov // Istoriya i arxeologiya Sredney Azii. Ashxabad.: Ыlыm, 1978; Kochnev B.D. Zametki po srednevekoy numizmatike Sredney Azii. Ch. 2 (Karaxanidы) // IMKU. Vыp. 15. Tashkent, 1979; Ishaxanov S., Kochnev B.D. Drevneyshie karaxanidskie moneta // IMKU. Vыp. 15. Tashkent, 1979; Kochnev B.D. Shash /Chach/ i Ilak pri Karaxanidax. // Drevnyaya i srednevekovaya kultura Chacha. Tashkent, 1979; Kochnev B.D. Zametki po srednevekoy numizmatike Sredney Azii. Ch. 4 // IMKU. Vыp. 17. Tashkent, 1982; Kochnev B.D. Novыe Numizmaticheskie dannыe po istorii Karaxanidov vtoroy polovinы XII – nachala XIII v. // Kirgiziya pri Karaxanidax. Frunze,1983; Kochnev B.D. Karaxanidskiy chekan Paraba (Otrara) // Srednevekovaya gorodskaya kultura Kazaxstana i Sredney Azii. Alma-Ata, 1983; Kochnev B.D. Novыe dannыe po genealogii i xronologii Karaxanidov // Folklor, literatura i istoriya Vostoka. Materialы III vsesoyuznoy tyurkologicheskoy konfrensii. T., 1984; Kochnev B. D. Karaxanidskiy chekan Naukata // ONU, 1985, №2;Kochnev B.D. Karaxanidcheskiy chekan Kubы // Proshloe Sredney Azii. D.: Donish, 1987; Kochnev B.D. Zametki po srednevekovoy numizmatike Sredney Azii, chast 7, (Karaxanidы) // IMKU. Vыp. 20. Tashkent, 1986; Kochnev B.D. Zametki po srednevekovoy numizmatike Sredney Azii, chast 8, (Karaxanidы) // IMKU. Vыp. 21. Tashkent, 1987; Kochnev B.D. tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Chunonchi ularning izlanishlari natijasida hozirgi kunda Qoraxoniylar davridagi Movarounnahr xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy turmushiga oid yangidan-yangi qimmatli ma’lumotlar bilan tanishibgina qolmay, balki Qoraxoniylar sulolasi hukmdorlari va ularning shajarasi bo‘yicha muhim ma’lumotlardan ham xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Afsuski, mazkur tadqiqotimiz mavzuviy doirasini hisobga olgan holda biz yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning ilmiy ishlariga bilvosita murojaat qila olmaymiz. Chunki bizning maqsadimiz o‘quvchilarimiz tasavvurini boyitish uchun Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davr xususida ayrim ma’lumotlarninggina keltirishdan iborat, xolos. Ma’lumki Farg‘ona vodiysidagi mavjud muqaddas ziyoratgohlar Markaziy Osiyodagi islom dini tarixini o‘rganishda ham muhim tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois muqaddas ziyoratgohlar to‘g‘risidagi tadqiqotlar o‘zbek xalqining an’anaviy madaniyatining tarixiy asoslari, taraqqiyot yo‘llari hamda tendensiyalarini oydinlashtirish bilan birgalikda o‘sha xalqning turmush tarzini yaqindan yoritishga ham ko‘mak beradi1. Keyingi yillarda tarixshunoslik fanida xalqlarning an’anaviy madaniyati, urf-odatlari hamda marosimlarini o‘rganishga e’tibor kuchayganligining sababi ham shunda. Jumladan, 2002–2007 yillarda Yaponiyaning “Nara Ipak yo‘li Tadqiqot Markazi” va “Toyota” fondining Letopisi mednыe «stranisы». // PV, 07.05.1987; Kochnev B.D. «Togrыlxan» i «Togrыl-tegin». Numizmaticheskie dыnnыe k istorii Vostonыx Karaxanidov vo vtoroy polovine XI veka. // EV, vыp. 24, 1988; Kochnev B.D. Zametki po srednevekovoy numizmatike Sredney Azii, chast 9, (Samanidы, Karaxanidы, Anushteginidы). Samanidskiy chekan Uzgenda // IMKU. Vыp. 22. Tashkent, 1988; Kochnev B.D. Monetnыy chekan Kuz-Ordu-Balasaguna. Krasnaya rechka i Burana, 1989; Kochnev B.D. Voprosы atributsii rannekaraxanidskix monet. // Vostochnoe istoricheskoe istochnikovedenie i spesialnыe istoricheskie dissiplinы. M., 1989; Kochnev B.D. Torgovыe svyazы Vochtochnogo Turkestana i Sredney Azii v XI-XII vv. po numizmaticheskim dannыm // Formirovanie i razvitie trass Velikogo Shelkovogo puti v Sentralnoy Azii v drevnosti i srednevekove. Tezisы dokladov mejdunarodnogo seminara YuNESKO. Samarkand 1-4 oktyabrya 1990 g., Tashkent., 1990; Kochnev B.D. Svod nadpisey na karaxanidskix monetax: antroponimы i titulatura (chast 1) // Vostochnoe istoricheskoe istochnikovedenie i spesialnыe istoricheskie dissiplinы. Vыp. 4. M., 1995; Kochnev B.D. Svod nadpisey na karaxanidskix monetax: antroponimы i titulatura (chast 2) // Vostochnoe istoricheskoe istochnikovedenie i spesialnыe istoricheskie dissiplinы. Vыp. 5. M., 1997; Kochnev B.D. K istorii Djenda XI-XII vv. // Izvestiya Natsionalnoy AN Respubliki Kazaxstan. Seriya obщestv. Nauk, № 4 (2003). Almatы, 1995; Kochnev B.D. «Rublennыe» karaxanidskie felsы iz dolinы Zerafshana // VII Vserossiyskaya numizmaticheskaya konfrensiya. Tezisы dokladov. M., 1999; Kochnev B.D. Maverannaxr nakanune sozdaniya Zapadnogo Karaxanidskogo kaganata (v svete numizmatiki) // IMKU. Vыp. 31. Samarkand, 2000; Kochnev B.D. Naxodki musulmanskix monet // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2000 god, Samarkand, 2001; Kochnev B.D. Novыe naxodki musulmanskix monet // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2001 god, Tashkent, 2002; Kochnev B.D. Vankat – novыy Ferganskiy monetnыy dvor // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2001 god, Tashkent, 2002. 1Abdulaxatov N.U. Mesto palomnichestva v jizni naseleniya Ferganskoy dolinы (po materialam svyatыx mest Ferganskoy viloyata). Avtoreferat. 2008. S.4 homiyligida “Markaziy Osiyodagi islomiy muqaddas joylarni o‘rganish” (Farg‘ona vodiysi misolida) nomidagi ilmiy loyihasi bo‘yicha Farg‘ona vodiysida olib borilgan tadqiqotlar fikrimizning yaqqol dalilidir1. Bu o‘rinda M.Savada (Toyama universiteti), Sh.Yasushi (Chuo universitei), Ya.Kavaxara (Yaponiya ilmiy tariqqiyoti jamiyati) va J.Sugavara (Tokio universiteti) singari bir guruh yapon olimlarining O‘sh, Jalalobod (Qirg‘iziston), So‘g‘d (Tojikiston) Farg‘ona, Andijon, Namangan (O‘zbekiston) singari viloyatlardagi yuzdan ortiq muqaddas ziyoratgohlar va ular bilan bog‘liq mozor hujjatlariga doir tadqiqotlarini ko‘rsatish mumkin. Yaponiyalik tadqiqotchilarning mazkur sohada Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi bilan olib borgan tadqiqotlari natijasida “Markaziy Osiyodagi islom oid muqaddas joylarni tadqiq qilish: Farg‘ona va Qashg‘ar” nomli Farg‘ona vodiysidagi ziyoratgohlarga doir maqolalar to‘plami, hamda uch jildik “Sinszyan va Farg‘onada topilgan mozor hujjatlari (faksimele)” nashri chop etildi2. Ta’kidlab o‘tish joizki, yapon va xitoy olimlari bilan aynan ziyoratgohlar yuzasidan hamkorlikda olib borgan tadqiqotlarimiz tufayli biz Qoraxoniylar davri madaniyati bilan yaqindan tanishishga muyassar bo‘ldik. Zero, Farg‘ona vodiysidagi muqaddas ziyoratgohlarni tadqiq etish chog‘ida ularni ayrimlarining tarixi bevosita Qashqar bilan bog‘liq ekanligi bizni Qashqar viloyatidagi muqadddas mozorlarni qiyosiy o‘rganish zarurligini taqozo etar edi. Shu sababdan 2006 yili Toyota fondining iqtisodiy yordamida Yaponiyalik bir guruh olimlar bilan Xitoy Xalq Respublikasining Shingjon Uyg‘ur avtonom rayonining Qashqar viloyatiga halqaro ilmiy ekspeditsiya tashkil etildi. Aynan shu eskpeditsiya tufayli biz uyg‘ur olimlarining Qoraxoniylar tarixiga doir tadqiqotlari bilan yanada yaqindan tanishishga muyassar bo‘ldik. Bundan tashqari Qoraxoniylar davlatining hukmdorlari va o‘sha davrda yashab ijod qilgan Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib nomi bilan ziyoratgohlarni ziyorat qilish imkoniyatiga muyassar bo‘ldik. Shu sababdan dastlab ushbu ikki ulug‘ allomalarning ziyoratgohlari xususida muxtasar ma’lumot berib o‘tsak. B.33.
2Bu haqda qarang: “Markaziy Osiyodagi islom oid muqaddas joylarni tadqiq qilish: Farg‘ona va Qashg‘ar”, Ipak yo‘lishunoslik tadqiqot to‘plam, 28 Nara. Nara Ipak yo‘li ko‘rgazmasini xotiralash halqaro almashtirish fondi. Ipak yo‘lishunoslik tadqiqot markazi, 2007 (yapon tilida); Sinszyan va Farg‘onada topilgan mozor hujjatlari (faksimele). Tuzuvchilar: Sugavara J, Kavahara Ya. Tokio chet tillari universiteti, Osiyo–Afrika til– madaniyati tadqiqoti instituti. 2006.№1; Sinszyan va Farg‘onada topilgan mozor hujjatlari (faksimele). Tuzuvchilar: Abliz O‘rxun, Sugavara J. Tokio chet tillari universiteti, Osiyo– Afrika til–madaniyati tadqiqoti instituti. 2007. №2; Sinszyan va Farg‘onada topilgan mozor hujjatlari (faksimele) / Tuzuvchilar: Ashirbek Mo‘minov, Nodirbek Abdulahatov, Kavaxara Yayoi Tokio chet tillari universiteti, Osiyo-Afrika til-madaniyati tadqiqot instituti. 2007. №3. Mashhur olim va shoir Yusuf Xos Hojib maqbarasi Qashqar shahrida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqar xalqining boshiga turli musibatlar tushgan vaqtda yurtning ulug‘ ulamolari allomaning qabriga borib Qur’on suralarini tilovat qilganlar. Shu zaylda shahar ahli ofatlardan xalos bo‘lganlar. Bundan ko‘rinadiki. Yusuf Xos Hojib mozori Qashqar shahrini balo va ofatlardan saqlovchi balogardoni hisoblangan. XIX asrning o‘rtalarida yashab o‘tgan Ne’matulo Qashqariyning bayon qilishicha, Qashqar hokimi Zuhuriddin Hokimbek (1830-1848) 1835 yili Ne’matulo Qashqariyni huzuriga chorlab, o‘sha vaqtda Qashqar shahriga kelayotgan falokatni daf qilishda yordam berishini iltimos qiladi. O‘z davrining mashhur diniy ulamosi bo‘lgan shayx Ne’matullo o‘n bir kun davomida ilmlar podshohi sanalmish hazrat Yusuf Xos Hojibning mozorida Qur’on o‘qib, Allohdan shaharni falokatdan asrashini so‘rab, iltijolar kiladi. Buni qarangki, uning duolari ijobat bo‘lib, Qashqar shahri navbatdagi mudhish voqealar girdobiga tushib qolishdan omon qoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra o‘sha davrda Yusuf Xos Hojib ziyoratgohning eshigiga Qur’oni karimdan « Qul hal yastavillazina ya’lamuna vallazina la ya’lamun» ya’ni “Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘g‘rida teng kelolmaydilar” degan hikmatli so‘zlar yozilgan ekan. Afsuski, allomaning muhtasham ziyoratgohi 1972 yili zamona zayli bilan buzib yuborilgan va faqatgina uning poydevorigina saqlanib qolgan edi. 1985 yili hukumat qarori bilan maqbara yana qayta tiklandi. Hozirgi kunga kelib Yusuf Xos Hojib ziyoratgohi majmuasi masjid, xotira minorasi, muzey va maqbara singari yodgorliklardan iborat bo‘lib maqbara devorlarigi buyuk shoirning mangulikka daxldor “Qutadg‘u bilik” asaridagi purma’no hikmatli she’riy misralari tushirilgan. Mahalliy aholi Yusuf Xos Hojib mozorini asrlar davomida e’zozlab kelganlar. Shu sababdan xalq orasida uning nomi mangu yashashi to‘g‘risida rivoyatlar bitilgan. Binobarin, ushbu rivoyatlar ayni haqiqatdir. Zero, Yusuf Xos Hojib aytganidek: “Kishi mangu emas, uning nomi mangudir, odamdan uning nomi mangu yodgorlik bo‘lib qoladi, Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling