Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDA MOVAROUNNAHRDAGI IJTIMOMIY–SIYoSIY AHVOL


Download 1.2 Mb.
bet33/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147
Bog'liq
02 (3)

BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDA MOVAROUNNAHRDAGI IJTIMOMIY–SIYoSIY AHVOL


Burhoniddin Marg‘inoniy yashab o‘tgan XII asr Movarounnahr xalqlari tarixida ilm-fan va madaniyat gurkirab yashnagan davr sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shu davrda dunyo ilm-fanining rivojiga ulkan xissa qo‘shgan allomalarning aksariyati Turon zaminning farzandlari edi. Chunonchi, payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) hadislarida ham ushbu so‘zlarga dalil topishimiz mumkin. Xususan, muborak hadislarning birida, “Ajam mulkidan shunday olim-ummatlarim yetishib chiqadiki, ilm agar Hulkar yulduzida bo‘lsa ham olib tushgaylar” – deyiladi. Burhoniddin Marg‘inoniy ham ana shunday o‘tkir zehnli va chuqur bilimli ummatlardan edi. XII asrda Movarounnahrning turli hududlari Qoraxoniylar,
Saljuqiylar va Horazmshohlar tomonidan idora qilinib, Farg‘ona vodiysi to‘liq Qoraxoniylar qo‘l ostida bo‘lgan. Burhoniddin Marg‘inoniy davrini yoritishda, avvalo shu sulola tarixi va uning ijtimoiy-siyosiy ahvolini o‘rganish lozim bo‘ladi.
Qoraxoniylar xonligi – O‘rxun daryo vodiysidan g‘arbga ko‘chgan uyg‘ur, yag‘mo qabilasi tarkibidan qurilgan mashhur xonlik bo‘lib, IX – asrning o‘rtalaridan XIII – asrning boshlarigacha jami uch asrdan ko‘proq vaqt hukm surgan. Qashqar(Qashg‘ar, Qoshg‘ar) va Balosog‘unni markaz qilgan holda sharqiy Oqsudan g‘arbda Amudaryo va Sirdaryogacha, shimolda Oltoy tog‘laridan, janubda Qoraqurum tog‘larigacha bo‘lgan keng hududlarni boshqargan.
Ilmiy adabiyotlarda mazkur sulola nomi turlicha atab kelingan. Masalan, “Qoraxoniylar sulolasi”, “Ilekxon (Ilikxon) sulolasi”, “Qog‘on sulolasi”, “Xoqoniya sulolasi”, “Afrosiyob sulolasi”, “Tabg‘ochxon sulolasi” shular jumlasidandir. Sulolaning “Qoraxoniylar sulolasi” deb atalashida sulola hukmdorlarini “Qoraxon”, “Qora xoqon”, “Arslon Qora xoqon”, “ Tabg‘ach Bug‘ra Qoraxon” degan nomlari bilan atalganligi sabab bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda Manchester universitetining professori K.E. Bosvort quyidagicha fikr bildiradi:
Bu sulolaning nomini Qoraxoniylar deb Yevropa sharqshunoslari atashgan. Bunga sabab ularning unvonlarida qora “qudratli” degan ma’noni ham bildiradi. Shuningdek, ularni Ilikxonlar (aniqrog‘i — ilig) deb ham atashgan. Firdavsiyning “Shohnoma”sida tilga olingan afsonaviy Turon hukmdori Afrosiyob bilan bog‘liqlikni ta’kidlash uchun Qoraxoniylar o‘z sulolasini ol-i-Afrosiyob (“Afrosiyob xonadoni”) deb ham ataganlar. Tarixning biz uchun eng mo‘tabar bilimdoni O.Pritsakning fikriga ko‘ra, Qoraxoniylar sulolasi zot jihatidan dashtlarning ilk tarixida katta ahamiyat kasb etgan turkiy xalqlarning Qarluq hukmdor
toifalariga borib taqaladi; Qoraxoniylar kelib chiqishining bunday talqini uzil- kesil isbot qilingani yo‘q, lekin ehtimoldan uzoq emas”1.
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Qoraxoniylarni “Ilikxon sulolasi” deb atalishi musulmon tarixchilaridan Abu Nasr Muhammad ibn Abdujabbor Utbiyning ( taxm. 961–1022) “Tarixi Yaminiy” nomli asari bilan bog‘liqdir. Mashhur tarixchi O.Pritsakning ta’kidlashicha, bu Utbiyning xato holda Movarounnahr hukmdori Arslon Ilik Nasr ibn Ali bilan uning katta inisi Arslon Qoraxon Abu Nasr Ahmad ibn Alini bir odam deb adashganligidandir. Ya’ni, ularning Ilik va Xon singari hukmdorlik darajalarini o‘xshash bo‘lmagan nomlarini qo‘shib Ilikxon deb qaraganligidan bo‘lgan2.
Mahmud Qoshg‘ariy mazkur sulola vakillarini “Qorxon” yoki “Qoraxon” unvoni bilan atashlari borasida shunday deydi: “Qara – har bir qora narsa. Xoqoniya shohlari qara deb ataladi. Bog‘ra qara xaqan deyilgani kabi3. Shu o‘rinda sharqshunos olim O. G‘ofurovning qora so‘zi to‘g‘risidagi fikrlariga e’tiborimizni qaratsak:
Turkiy tillardan ozmi-ko‘pmi xabardor bo‘lgan har qanday odam bu ismning ma’nosini osonlik bilan topa oladi. Qora so‘zi qora rangni bildirishi o‘z-o‘zidan ayon. Darhaqiqat, Qora dengiz, masalan bu Qora dengiz yoki Karatengizdir. Qoraqum esa qora rangli qumni bildiradi. Qora so‘z ko‘pincha shaxs ismlarida uchraydi: Qoraxon
X asrda Somoniylar davlatini bosib olgan Qoraxoniylar sulolasining asoschisi, Qora arslon – Kichik Osiyodagi saljuqiy hukmdorlardan biri. Qorayusuf – Eronning g‘arbida XIV asrda hukmronlik qilgan. Agar Qoramirza ismli Karamzinlar familiyasining asli-naslini, Tojikistondagi Qorateginnni, “Tohir va Zuhra”dagi Qorabotir ismli sarkardani esga olsak, ajobtovur uzun ro‘yxat yuzaga kelishi mumkin. Insonga tegishtirib aytilgan qora so‘zi aksar kamsituv ohangini kasb etadi, masalan, “qorasuyak” “oddiy xalq”, “fuqaro”, qorabosh – “qul”, qorayuz – “yuzi qora”. Bordi-yu deylik Qoraxon va Qorabotir faqat laqablar bo‘lsa, aynan oliy turk zodagonlari orasida “qora” ma’nosi bilan keluvchi laqablar keng tarqalganligi ancha g‘alati ko‘rinadi, albatta.
Qora” nomini u bildirgan buyumlarning xossalari bilan taqqoslaganda keskin tafovutlar borligi ma’lum bo‘ladi. Eng yorug‘ yulduzlardan biri Yupiter sayyorasining qadimgi turkcha nomi Karakush, ya’ni qoraqushdir.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling