Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet29/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147
Bog'liq
02 (3)

kanizagidan bir o‘g‘il, bir qizi bor. O‘g‘li Mavlono janoblarining qizini olgan edilar. Qizi esa mazkur Mir Muhammad Ya’qubning nikohidadir. Xoja Aminning qizi Xoja Muhammad Yahyo hazratlariyaing nikohidadir, undan farzand qolmagan. Hazrati Xojaning vafotidan so‘ng olamdan ketdilar. Xoja Amin xizmatida Hijoz safariga yuzlangan edilar. Shom viloyatida olamdan o‘tdilar. Ulug‘ shayx Shayx Muhyiddin Arabiy hazratlarining mozorlari yonida dafn qilinganlar. Hazrati Xoja g‘oyatda betakalluf, sodda va zohid musulmon edilar. Ta’rif va tavsifdan tashqari darajadadir”1.
Xoja Ubaydulloh Ahror xonadonini shayxul islom Xoja Nizomiddin bilan quda tutinganligi, bu avvalo Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlariga nisbatan hurmat va ehtiromni naqadar yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi. Shunday ekan “Silsilat ul-orifiyn”, “Rashahot ayn-hayot” hamda “Maqomoti Xoja Ubaydulloh Ahror” singari asarlarda keltirilgan Xoja Burhoniddin va Xoja Ubaydulloh Ahror o‘rtasida munosabatlarga doir ma’lumotlarni bir muncha bo‘rttirib ko‘rsatilganligi ehtimoldan xoli emas.
Xoja Burhoniddindan so‘ng, Samarqandda shayxul islomlik vazifasida yana bir Hidoya sohibi xonadoni vakili turgan. Bizningcha, bu zot mavlono Abdulloh as-Samarqandiy bo‘lib, u asosan Sulton Ahmad Mirzo hukmronligi davrida shayxul islomlik vazifasini bajargan. Bu shaxs haqida manbalarda ma’lumotlar deyarli uchramaydi. Faqatgina bizga ma’lum tomoni shuki, u Abdulloh Xoja Abulmakorimning otasi bo‘lib, o‘z davrida Sohibi Hidoya avlodlarining eng ulug‘i edi. Xoja Abulmakorimga shayxul islomlik mansabi otasidan qolgan bo‘lishi ham mumkin. Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.
Sulton Ahmad vafotidan so‘ng yuz bergan voqealar silsilasida Xoja Abulmakorim ham muhim o‘rin tutganligini biz Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida tasvirlangan voqealar silsilasidan ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, Xoja Abulmakorim Samarqand taxtida Sulton Ahmad Mirzoning o‘g‘illaridan biri Boysunqur Mirzoni o‘tirishiga tarafdor edi. Biroq, kurashlar mobaynida ikkinchi o‘g‘il Sulton Ali Mirzoning qo‘li baland keldi. Oqibatda, Boysunqur Mirzoning tarafdorlari ta’qib ostiga olinib,ulardan o‘ch olish xavfi kuchaydi. Xoja Abulmakorim yuzaga kelgan qaltis vaziyatdan qutilish maqsadida Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. U bir amallab O‘ratepaga yetib keldi. Bu haqda Bobur Mirzoning o‘zi shunday yozadi:
Oxir ushbu taraddud va tafriqa bila O‘ratepaning janub tarafidagi yayloqlarga borduk. Necha kun ul navohida o‘z ishimizga hayron, borur turar joyimizni bilmay sargardon o‘tkarildi. Bir kun ushbu yerda ekanda Xoja Abulmakorimkim, bizningdek jaloyi vatan bo‘lib sargardon edi, meni ko‘rgali keldi. Borur turar yerimizdin va qilur-qilmas ishimizdin isti’lom va istifsor qilib, mutaassir bo‘lib, bizning holimizga riqqat qilib , fotiha o‘qib bordi. Manga ham bisyor ta’sir qildi, riqqat qildim. Ushbu kun kech namozi digar daraning ayog‘idin bir otliq paydo bo‘ldi, bu xud Ali Do‘st tag‘oyining navkari ekandur. Yo‘lchuq otliq. Bu mazmun bila yiboribturkim, agarchi mandin azim gunohlar sodir bo‘ldi, vale umidim borkim, inoyat qilib, gunohimni bag‘ishlab, berishga


1Xoja Ubaydulloh Ahror.Tabarruk risolalar... – B.278-280.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling