Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Mirzo ul so‘zdin mutaassir bo‘ldi, darhol turdi va oydikim, “oni qo‘yunglar!..”
Hazrati Eshon oytur erdilarkim, bu beodoblikdin so‘ng Mirzo Ulug‘bekka shikast va ko‘b tashvishlar yetushdi va ul yaqinda oning o‘g‘li Abdullatif Mirzo oni o‘lturdi... Bas, ul hikoyatni og‘oz ettilarkim, zamonida man Samarqandda erdim. Xoja Isomudding‘a marazi qaviy oriz bo‘ldi, o‘lmakka yaqin yetti. Oning avlodi bizning yonimizg‘a kelib ko‘b iltimos va niyozmandlik ettilarkim, Xojaning yotg‘on joyig‘a borsam. Borduq, ko‘rdukkim Xoja o‘lmak va jon taslim etmak holatida turur. Oning borini ko‘tarmakda tavaqquf qilduq. Oning farzandlari niyozmandlikni haddin o‘tkardilar, mubolag‘a va ibrom ettilar. Va bizni malja’ ettilar. Xotirni onga qo‘yub o‘zumni isbot etdim. Aytdim: “Va Xojani o‘z hayotim zimnig‘a olduq va o‘z nisbatimizga kirguzduk”. Xoja sihhat topdi. Necha vaqtlardin so‘ng bizga voqe’ai azim ro‘y berdikim, qo‘limizni va bo‘ynimizni bog‘lab bosh yalang bozorning ichidin o‘tkirdilar, Mirzo Ulug‘bekning yonig‘a olib bordilar. Va Xoja Isomuddin ul zamonda Samarqandning shayxul-islomi erdi. Ul mikdor ayta bilmadikim, Mirzodin tilasa va madade yetursa. Va oning o‘zini saqlag‘onidin va ihmolidin bizga qahr va g‘ayrat kelib, oni zimndin ixroj etduk. Vaqtikim, nisbatdin chiqdi, darhol yiqildi va o‘ldi”1. Xoja Isomiddinning yuz bergan o‘limi aynan Mavlono Nizomiddin Xomush tufayli yuz berganmi yo‘qmi, bizga qorong‘u. Lekin bu vaqtda Isomiddin anchagina keksayib bemor holatda bo‘lgan. Agar uning o‘limi chindan ham Faxriddin Ali Safiy aytgan tarzda yuz bergan bo‘lganda edi, tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy tomonidan ham aytib o‘tilgan bo‘lar edi. Biroq Abdurazzoq Samarqandiy Xoja Isomiddinning o‘limi xususida biron bir ma’lumot keltirmagan. Demak, Faxriddin Ali Safiyni Isomiddinning o‘limini Mavlono Nizomiddin Xomush bo‘lgan yuz bergan voqealar tufayli sodir bo‘lganiligi haqidagi ma’lumoti bizningcha izoh talab etadi. Xoja Isomiddinning vafot etgan yili ham noma’lum. Shunisi aniqki, u Mirzo Ulug‘bekdan ikki-uch yil avval olamdan o‘tgan. Mirzo Ulug‘bek din peshvolari orasida o‘zining yaqin tayanchidan ayrilgach, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, uning o‘zi ham fojeali tarzda vafot etdi. Xoja Isomiddindan keyin shayxul islomlik lavozimi uning o‘g‘li Burhoniddinga topshirilgan. U ham otasi kabi temuriylarga sadoqat bilan xizmat qilishni istardi. Afsuski, keyigi voqealar uning niyatlarini ostin- ustin qilib yubordi. Bu jarayonni akademik B. Ahmedov shunday tasvirlaydi: “Ulug‘bek va Abdulazizning Abdullatif qirg‘inidan bir iloj qilib omon qolgan amirlari Bobo Husayniy Turkistoniy degan keksa amir atrofida birlashdilar. Ularga Abdullatifdan bezor bo‘lgan boshqa amirlar va xizmatkorlar kelib qo‘shilishdi. Shayxul islom Burhoniddin ham Bobo Husayniy tarafiga o‘tdi. Mazkur ittifoqchilik chiqargan hukmga asosan padarkush Abdullatif 1450 yilning 9 mayida qatl etildi. Burhoniddin shu hodisadan keyin diniy rahnamolar orasida bosh o‘ringa chiqdi”2. Shayxul islom Burhoniddin atrofida birlashgan amaldor va diniy ulamolar guruhi Abdullatifning o‘rniga Mirzo Ulug‘bekning ukasi 1435 yilda vafot etgan Ibrohim Mirzoning o‘g‘li hamda kuyovi bo‘lgan Abdullo Mirzoni chiqaradilar. Chunki, u ko‘proq amakisining ta’sirida tarbiya topgan bo‘lib, siyosat borasida ham uning ishlarini davom ettirishi mumkin edi. Bu esa Burhoniddinga ham anchagina qulayliklar yaratib, otasi Isomiddin bilan Mirzo Ulug‘bek o‘rtasidagi munosabat singari Abdullo Mirzo bilan hamfikr 1Faxruddin Ali Safiy. Rashahotu aynil-hayot / Nashrga tayyorlovchilar, so‘zboshi va izohlar mualliflari: Mahmud Hasaniy, Bahriddin Umrzoq. T.: Abu Ali ibn Sino, 2004. – B. 150-154. 2 Ahmedov B. Ulug‘bek... – B. 200. ravishda mamlakatni idora qilish bir muncha oson kechar edi. Biroq bu davrda Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning nabirasi Sulton Abusayid Mirzo(1424-1469) temuriylar davlatining shimoliy chegara shahari Turkiston (Yassa)ni qo‘lga kiritgan edi. Endilikda Samarqand taxtiga da’vogar bo‘lib, Abdullo Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Mazkur voqealar tafsilotini taniqli olim T.Fayziev (1929-2003) quyidagicha bayon etgan: “Abdullo Mirzo Turkiston shahariga qo‘shin yuborib shaharni qamal qiladi. Sulton Abu Sayid Mirzo esa makr-hiyla yo‘liga o‘tib, bir necha ayg‘oqchilarni Samarqand qo‘shini orasiga yuboradi. Ular qo‘shin orasida “O‘zbek xoni Abulhayrxon Turkiston shahariga yordamga kelayotir”, deb gap tarqatadilar. Samarqandliklar bu gapni rost fahmlab qamalni tashlab, orqaga chekinadilar. Bu xabar Abdullo Mirzoga yetgach, shaxsan o‘zi katta qo‘shinga bosh bo‘lib, Sulton Abusayid Mirzoga qarshi urushga chiqadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling