Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
(Samarqandiy) Xoja Abul Malikdan tarbiya topgan (kishi)lar jumlasidandir. Mana bu go‘zal g‘azal Xojanikidir:
“Qochma bizim nigohdin, ahli qaroq oqibat, Aziz umring quchoqdin qilma yiroq oqibat. Ketma, ey aziz jonim, chiqib betob tanimdan, Boshimni sen panohdin etma uzoq oqibat...”1 Agar, Davlatshoh Samarqandiyning ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Amir Temur zamoniga qadar “...qadimgi odat bo‘yicha, ushbu mansab uning muborak xonadonidan chiqqan avlodlar qo‘lida...” bo‘lgan. Biz yuqorida keltirgan mo‘g‘ullar davridagi diniy peshvolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga bu so‘zlar yana bir karra asos bo‘ladi. Vaholanki, Sohibi Hidoyaning avlodlari Movarounnahrda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlarda faol ishtirok etib kelganlar. Xoja Abdul Malik to‘g‘risida tarixchi Ibn Arabshoh ham ma’lumotlar keltirib o‘tgan: “O‘z saltanati kunlarida Temur Samarqandga fiqh olimlaridan mavlono Abul Malikni shayxul islom lavozimiga tayin etgan edi. U Hidoya sohibining avlodlaridan bo‘lib, mudarrislik qilar, shatranj va nard o‘yinlaridan ta’lim berar, hamda yagona bir holatda she’r ham nazm qilardi”.2 Shunisi ahamiyatlikki, Amir Temurga va uning siyosatiga tanqidiy munosabatda bo‘lgan Ibn Arabshoh Abdul Malikka nisbatan samimiy baho beradi. Bu esa shayxul islomga nisbatan Arabshohda ham hurmat hissi bo‘lganligini ko‘rsatadi. Amir Temur zamonidagi shayxul islom Xoja Abdul Malik Samarqandiyni qachon vafot etganligi, afsuski, noma’lum. Bizningcha, u Amir Temur hukmronligining oxirlarida, so‘nggi besh yil ichida olamdan o‘tgan ko‘rinadi. Chunki, Sohibqiron Amir Temurning 1403-1404 yillarda Qorabog‘ga qilgan yurishi vaqtida shayxul islom lavozimida Abdul Malikning amakivachchasi Abdul Avval turgan edi. Xoja Abdul Avval Amir Temurning so‘ngi damlarigacha yonida bo‘lgan ulamolardan biri edi. U jiyani Isomiddin (Abdul Malikning o‘g‘li) bilan birga temuriylar xonadoni uchun eng og‘ir musibatli damlarda ham, ya’ni Sohibqiron vafot etgan kunlardan boshlab uni dafn marosimigacha o‘tkazilgan barcha marosimlarda ishtirok etishgan. Ular bu marosimlarda Sohibqiron Amir Temurga bo‘lgan sadoqatlarini namoyon qilganlar. Holbuki, dafn marosimlaridagi yuzlarini tilib, sochlarini yulib yig‘lash musulmon shariat qonun-qoidalariga zid keluvchi odatlardan biri bo‘lishiga qaramasdan, Sohibqironning azasida bu holatga befarq qaraldi. Mazkur odatlar, albatta o‘sha davrda shayxul islom vazifasida turgan Xoja Abdul Avval tomonidan ta’qiqlanishi lozim edi. Biroq, bu gal Abdul Avvalning o‘zi ham qayg‘uli marosimlarning bevosita ishtirokchisiga aylandi3. 1Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo‘stoni. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1981. – B. 131. 2 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 2-kitob.T.: Mehnat, 1992. – B. 85. 3 Abdulahatov N., Hoshimov B. Burhoniddin al-Marg‘inoniy davri…– B. 61. “Zafarnoma” da ta’kidlanganidek: “O‘zga shahzodalar va beklar va akobiru ashrof, misli Xoja Abdul Avval va Xoja Isomiddin va Sayyid Sharif Jurjoniy va Amirak Donishmand va g‘ayru barcha liboslarini tag‘ayyur borib, hozir bo‘ldilar. Va samarqandiylarning ahli barcha do‘konlarini bog‘lab, nola va faryod qilur erdilar. Va holati bo‘ldikim, sharh qila bo‘lmas”1. Amir Temur vafotidan keyin uning saltanatida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mamlakat o‘zaro nizolar iskanjasiga tushib qoldi. Garchi Sohibqiron vasiyatiga ko‘ra, nabirasi Pirmuhammad (1376-1407) taxt vorisxo‘ri sifatida tan olingan bo‘lsa-da, Samarqand Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton (1384-1411) qo‘liga o‘tdi. Mojar (venger) olimi Herman (Armin)Vamberining (1832-1913) ta’biri bilan aytganda, “Pirmuhammad sharob kosasini qo‘yib, qo‘liga urush qurolini olib, darhol askar to‘plab Samarqand ustiga kelganda, buvasining taxtiga ega bo‘lur edi”2. Zotan, Xalil Sultonni Samarqand uchun qilgan harakatlaridan Pirmuhammad xabardor edi. Uning sustkashliklari Xalil Sultonga ayni mudao bo‘ldi va u bobosining taxtini osonlik bilan egallab oldi. Bu vaqtda Samarqand shayxul islomi Xoja Abdul Avvalning o‘zi edi. U sharobxo‘r Pirmuhammaddan ko‘ra, Xalil Sultonni Samarqandda hokimlik qilishini ma’qul ko‘rgan. Xoja Abdul Avvalning so‘zlari Pirmuhammadga ta’sir qilmadi. Vaholanki, shayxul islom nafaqat din peshvosi, balki o‘sha davrning valiysifat odamlaridan bo‘lib, uning bashoratlari keyinchalik haqiqatga aylandi. Ammo uzoqni ko‘ra olmaydigan Pirmuhammad o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib, nasihatlarga umuman amal qilmasdi. Bu haqda Herman Vamberi shunday yozadi: “Pirmuhammad yana bir necha marta o‘z omadini sinab ko‘rdi. Biroq, har safar Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling