Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
niyozmandlik bilan va talabgorlik bilan kelganlarga aytar edilarki, Hazrati qutb al-aqtob Shayx Nuriddin Basirning mozorlari ziyoratchilarning murodlari Xosil bo‘lishi uchun tanho mavze’dir”, deb hamma ziyoratchilarni ul zotning mozorlari sari yuborar edilar”.
Binobarin, shayxzodaning bu so‘zlariga amal qilgan Amir Temur Ko‘ragoniy hazrati Nuriddin Basirning nurga to‘la mozorlarini ko‘p ziyorat qilardi va hojati amalga oshib sohibqiron bo‘ldi. Naql qilibdurlarkim, Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragoniy Iroq davlatiga lashkar tortib borganida nogoh lashkariga dushman shikast yetkazib, yengila boshlaydi. Vazirlar va lashkarboshilar bu ishdan xavotirlanib, orqaga qaytishni maslahat berdirlar. Amir ularning maslahatlarini qabul qilmay, avliyolarning arvohi toyibilaridan madad so‘raydi. Shunda ilohiy yordam kelib, Amir Temurning lashkari dushmanni mag‘lub qildilar va zafar topdilar. G‘alaba bilan Samarqandga qaytib kelgan Amir Temurni istiqboligi chiqqan shahar aholisi orasida hazrati Qutbi chahodarho‘m – Nuriddin Basirning nabiralari shayx Nizomiddin ham bor edilar. Shayxzodaga Amir Temurning ko‘zi tushib, darhol ul zotning oldilariga borib etaklarini yuziga surtib, ziyorat qildi. B holni ko‘rib vazir va ulamolar Amir Temurdan so‘radilar: “Yo Amir! Oldingi safar shayxzodaga kamroq ta’zim qilar edingiz. Bu safar esa ko‘proq hurmat bildirishingizning boisi nedur?!”. Amir Temur aytdilar: “Qachonkim lashkarimga katta shikast yetganida, sizlar menga orqaga qaytishni maslahat berdingiz. Ammo men mashoyixlarning arvohi toyibalardan madad so‘rab iltijo qildim. Nogahon g‘oyibdin katta lashkar paydo bo‘lib, unga Hazrati Shayxzoda boshchilikchilik qilar edilar. Binobarin, ular yordamida biz dushman ustidan g‘olib keldik”1. Shayxul islom Xoja Abdul Malik faqatgina diniy ilmlar sohibi bo‘lib qolmasdan, she’riyat ilmidan yaxshi xabardor bo‘lgan. U “Isomiy”(Asomiy) taxallusida she’rlar bitganligi to‘g‘risida Po‘latjon Domulla Qayyumov shunday yozadi: “Asomiy – bu kishi fors shoirlaridandan bo‘lub, Samarqandlikdur. Buyuk olim edi. Nomi Mavlono Abdumalikdur. Amir Temur Ko‘ragoniyning o‘z davrida Samarqand shahrida uzoq vaqt shayxul islomlik vazifasida bo‘lmish edi. Shul bayt jumlai ash’oridandur: Dur az tu xabare xesh Asomiy, Aknunki, shunidiy xabari mo morov oxir”2. Ta’kidlab o‘tish joizki, Xoja Abdul Malik to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarni asosan Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirot ush-shuaro” asarida keltirilgan: “Xoja Abdul Malik Samarqandiy Samarqand ulug‘lari jumlasidan ... bo‘lib, ilmu fazilatda tenggi yo‘q edi. Shu kunlarda qadimiy odat bo‘yicha, ushbu mansab (shayxul islomlik mansabi) uning muborak xonadonidan chiqqan avlodlar qo‘lidadir. Xojaning ilmi fazli bilan birga nafis ash’ori ham bor. Mavlono Bisotiy 1 Abul Hakimi Samarqandiy. Qandiya...– B.65-66. 2 Po‘latjon Domulla Qayyumov. Tazkirat ush-shuaro...– B. 15-16. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling