Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet16/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Avhaddin Nasada quvg‘inlikda ajal topdi. U taqdir yordamida o‘z nasibasidan ortig‘iga ega bo‘lmadi. Avhaddin o‘limidan keyin uning akasi Jaloliddin Sulton nomidan Mozandaronda vazirlik qilayotgan Amididdin al-Dehistoniy taklifiga




1 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.58-59.
2Chexovich O. D. Vakufnыy dokument vremeni Timura iz kolleksii Samarkandskogo muzeya
// Epigrafika Vostoka IV.M. - L.,1951. S. 56-63.
3Masson M. Ye. Gorodiщa Nisы v selenii Bagir i ix izuchenie // Trudы Yujno– Turkmenistanskoy arxeologicheskoy kompleksnoy ekspeditsii. Tom I. Ashxabad, 1949. S.70.
ko‘ra Dehistonga ko‘chib o‘tdi. U bu yerda yashab hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ldi. Totorlar barcha mamlakatlarga hujum qilib shaharlar aholisini qirg‘in-barot etganda ham u shu yerda yashayotgan edi. Uning shundan keyingi taqdiri menga noma’lum1.
Biz Nasaviy tilga olgan Jaloliddin aynan Burhoniddin Marg‘inoniyning uchinchi farzandi Jaloliddin bo‘lmasligi ham mumkin. Ammo vaqt va shaxslar nomini bir davrga to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, Burhoniddin Marg‘inoniy o‘g‘illaridan biri Nasaga surgin qilingali ehtimoldan xoli emas. Axir Qoraxoniylar hukmdorligi bilan yaqindan aloqada bo‘lgan mazkur xonadon vakillarini Samarqandda turishi sultonga xush kelmaganligi haqiqatga yaqin. Chunki Samarqand hukmdori Usmonning Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi o‘z navbatida uning tarafdorlarini ham ta’qibga olinishidan darak berar edi.
Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlarini Chingizxon va uning avlodlari hukmronligi davrida taqdiri bizga noma’lum. Biroq bu davrlarda ham ularni Samarqandda shayxul islom vazifasida turganliklari aniq. Zero, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning nevarasi Abulfath Zaynuddin Abdurahim ibn Imomiddin Samarqandda yashab, ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan va shayxulislom vazifasida turgan. Manbalarda yozilishicha, 1254 yili Samarqand shahrida sud mahkamalariga doir “Al-fusulul-imodiyya” nomli asar yozgan. U to‘g‘risida taniqli sharqshunos Odiljon Qoriev quyidagilarni keltiradi:
Abdurrahim Abu-l-Fath Zaynuddin ibn Abu Bakr Imoduddin ibn Ali ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy al-Marg‘inoniy, “al-Hidoya” muallifining nabirasi, ”Fusul al-Imodiyya” (Imodiy fasllari) asarining muallifi. O‘z otasi hamda Majiduddin al-Ustrushaniyning shogirdi Husomuddin al-Ulya Bodiydan ta’lim olgan. Alloma “al-Fusul” asarini 1254 yili Samarqandda yozib tugatgan. Unda turli fiqhiy masalalarni teran va nafis shaklda berar ekan, ko‘p o‘rinlarda “al- Hidoya”ga ishora qiladi. Bu allomani Burhonuddin al-Marg‘inoniyning ukalari degan taxmin ham bor2.
Bundan ko‘rinadiki, Abulfath Zaynuddinga shayxul islomlik vazifasi uning otasidan, ya’ni aynan Imomiddindan o‘tganligi ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, mo‘g‘ullarning bosqinchilik yurishi davrida Samarqandda shayxul islom vazifasida Burhoniddin al-Marg‘inoniyning Imomiddin ismli farzandi turgan bo‘lsa kerak.
Ta’kidlab o‘tish joizki, yozma manbalarda mo‘g‘ullarni Samarqand olish chog‘ida qilgan vahshiyonaliklari so‘z borar ekan faqatgina Samarqand shayxul islomining sa’yi-harakatlari tufayligina 50 mingdan ortiq kishi tirik qolganligi aytiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) o‘zining “To‘rt ulus tarixi” nomli asarida quyidagicha hikoya qiladi:


1Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Siyrat as-sulton Jalol ad-ddin Manguburni. T.: O‘zbekiston, 1999. – B.59.
2 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.59.
Shu kuni kechgacha hisor tepasidan turib jangu jadal bilan mashg‘ul bo‘ldilar va qato’, manjaniq, kamon, toshlardan o‘qqa tutdilar. Ularning jasorati va dilovarliklari sindi. Dillarini xavfu haros egalladi. Shahar xalqi ikki guruhga bo‘lindi. Ularning bir guruhi shahardan tashqari chiqib, (Chingizxon) qahridan omon tilamoqni afzal bildilar; boshqa bir jamoa jangu jadal haroratini ixtiyor qildi. Nazm (mazmuni);

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling