Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Chokardiza qabristoni o‘tgan asrning 40-yillarigacha deyarli to‘liq saqlangan. Ammo 1946-55 yillarda qabriston surib tashlanib, uy-joy qurish uchun talabgorlarga bo‘lib berilgan. Shu tariqa xalqimizning ming yillik sha’n-
shavkatiga hujjat bo‘lmish jahoniy siymolarimizning maqbaralari vayron etilib, avlodlar xotirasidan butunlay o‘chirib tashlangan. Shunday ulug‘ makonda bila-turib uy-joy qurishga jazm etgan manfur kimsalar hatto sag‘ana toshlarini poydevorga ishlatishdan toymaganlar. Oxirgi uy-joylar 1955 yilda qurib bitkazilgan. Xuddi shu davrda mo‘tabar manbalarda tilga olingan Burhoniddin Marg‘inoniy va Imom Abu Mansur al-Moturidiy qabrlarini aniqlab turgan belgilar yo‘q bo‘lib ketgan. Masalaning nechog‘lik muhim ekanligini qalbdan his etgan Respublika komissiyasi mutasaddilari darhol viloyatning ko‘zga ko‘ringan olimlarini yig‘ib, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning qabri borasida yuzaga kelgan bahsni yechishga chaqirishdi. Tezda iqtidorli olimlardan iborat guruh tashkil etildi. Uning tarkibida samarqandlik manbashunoslar, arxeolog olimlar va diniy ulamolar... arxiv materiallari asosida Chokardiza qabristonida alloma qabri o‘rnini aniqlash, qabriston va unga tutash hududning bahsda ko‘tarilgan 1966 yilgacha bo‘lgan qiyofasini tiklash bilan shug‘ullandilar. Shuningdek, ular qabristonning 1940 hamda 1955 yilgacha bo‘lgan xaritasini tiklashdi va shu asosda dastlabki quyidagi xulosalarini berdilar: Chokardiza qabristoni 1946 yilgacha to‘liq saqlangan. 1946 yilda qabriston o‘rni... o‘zlashtirilib uy-joy qurilgan. Qurilishlar 1955 yilda nihoyasiga yetgan. Burhoniddin Marg‘inoniy qabri shu davrgacha, ya’ni 1955 yilgacha saqlangan bo‘lishi mumkin, ammo 60-yillarning o‘rtalarida qabr bo‘lmaganligi aniq. Buni o‘sha yillarda o‘rta yoshlarda bo‘lgan Chokardiza mahallasi fuqarolarining e’tiroflaridan ham bilsa bo‘ladi. Tadqiqotchilar hay’ati quyidagilarni ma’lum qilishni o‘z burchi deb hisoblaydilar: Imom Burhoniddin Marg‘inoniy qabri Samarqanddagi Chokardiza qabristonidadir...”1. Komilxon Kattaevning keltirigan ma’lumotlaridan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, demak Samarqand shahrining G‘ijduvon ko‘chasidagi 1-sonli xonadon hovlisida Imom Burhoniddin Marg‘inoniy qabri saqlanib qolgan. Boshqa hududlardagi Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar esa aslida qadamjolar sifatida e’zozlab kelingan. Bundan ko‘rinidaki tarixchilar orasida o‘z yechimini topmagan jumboqlardan biri, yuqorida ta’kidlanganidek, buyuk faqih Burhonidinning qabri masalasidir. Zotan, biron-bir aniq ilmiy xulosaga ega bo‘lmasak-da, yuqorida keltirilgan rivoyatlarni (o‘rni kelsa asosli rivoyatlarni) e’tibordan qochirmaslikni so‘rardik. Masalan, Rishtondagi “Sohibi Hidoya” ziyoratgohini olaylik. Mazkur ziyoratgoh yaqin o‘tmishda barpo bo‘lib qolmagan. Aksincha “Sohibi Hidoya” mozori bir necha asrlik tarixga ega. Chunki qabrga terilgan g‘ishtlar orasida temuriylar davriga doir pishiq g‘ishtlarning mavjudligi ham “Sohibi Hidoya” mozorini qadimiy ziyoratgoh ekanligidan dalolat beradi. XX asrning 1 Kattaev K. Imom Burhoniddin Marg‘inoniy...–B. 35-43. ikkinchi yarmida olingan “Sohibi Hidoya” mozoridagi qabr surati saqlangan bo‘lib, unda bitilgan forscha baytni ham o‘qish mumkin: Ma’lum shud zi junbish basinam yaki Nafas dar dasti ixtiyor naboshad. Bayoni umr har dam barangi shifta soat, Nigoh ko‘n g‘ofil nabosh az safar karvon umr. Mazmuni:
Umrning har nafasi o‘zining turfa tusini ko‘rsatadi, Qolma g‘aflatda ibrat ol umr karvoni o‘tganlardan. Tabiiyki, bizning ushbu ma’lumotlarimiz o‘z navbatida “Burhoniddin Marg‘inoniy Samarqandda ko‘milgan bo‘lsa, qanday qilib, Rishtonda, Marg‘ilonda va Xatirchida uning nomi bilan bog‘liq qabrlar bo‘lishi mumkin?”, degan savolni keltirib chiqarishi muqarrar. Shunday ekan ushbu masalada “Tarixi Mullozoda” kitobida keltirilgan quyidagi fikrga e’tibor beraylik: “Kashf va ayon ahlidan bo‘lgan ba’zi kishilar aytishicha, agar [ziyorat qiluvchi] kishilar biror bir aziz yoki ulug‘ turbatiga yetishsa va o‘sha buzurg shu joyda dafn etilgan deb ishonch Xosil qilsa va u haqiqatda bunday bo‘lmasa-da, o‘sha buzurgning fayzi va madadi uning kamol tariqiga nuqsonsiz yetkazadi, chunki ruhlar olamidda yaqinlik va uzoq bo‘lish tushunchasi yo‘qdir... [Xoja Porso] yuqorida aytilganlarni ma’qulladilar. Bas, qaysi bir mozor biror-bir ulug‘ nomi bilan shuhrat topgan bo‘lib, aslida boshqa shaxs ko‘milgan bo‘lsa [ham], ziyoratchi uni muazzam va mukarram tutmog‘i lozim, toki ul aziz ruhining barakotidan bahramand bo‘lsin”1. Yuqorida keltirilgan “Tarixi Mullozoda” asaridagi ushbu bayonlar bizga Rishtondagi “Sohibi Hidoya” mozori xususidagi mavjud munozaralarga ham nuqta qo‘yadi degan umiddamiz. Binobarin, qadimdan Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq “Sohibi Hidoya” mozori bundan keyin ham yurtimizning tabarruk qadamjolari sifatida halqimiz tomonidan e’zozlab kelinaveradi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling