Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


BURHONIDDIN MARG‘INONIY XONADONI


Download 1.2 Mb.
bet13/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147
Bog'liq
02 (3)

BURHONIDDIN MARG‘INONIY XONADONI


Yuqorida aytib o‘tganimizdek Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosiga bo‘lgan qiziqish asrlar davomida tadqiqotchilarni diqqat markazida bo‘lib kelgan. Biroq uning ajdod va avlodlari tarixi hamda


1Ahmad ibn Mahmud Buxoriy. “Mu’in al-fuqaro”. Tarixi Mullozoda(“Buxoro mozorlari zikri”). So‘zboshi, fors tilidan tarjima, izohlar mualliflari: Sh.Vohidov, B.Aminov. T.: Yangi asr avlodi. 2009 –B. 31-32.
ularning Movaruonnahr xalqlari tarixida tutgan o‘rni mavzusi bir muncha kam o‘rganilgan. Buni avvalo ma’lumotlarning yetarli emasligi bilan izohlash mumkin.
Yozma adabiyotlarda Burhoniddin Marg‘inoniy islom tarixida “Xulafoi roshidin” (“to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar”), Movarounnahrda choryorlar deb atalgan dastlabki to‘rt xalifadan birinchisi (632-634), Muhammad (s.a.v.)ning qayinotasi, yirik savdogar, Makkanning Quraysh qabilasidan bo‘lgan Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhoqa ibn Omirning (571/572-634) avlodi, ya’ni “Siddiqiy” ekanligi ta’kidlanadi. Bu haqda Davlatshoh Samarqandiy “Samarqand ulug‘larining nasabi Abu Bakr Siddiqqa... ulanadi” degan ma’lumotni keltirsa, “Qandiya” kitobida “Ollohning ahli (Ahlulloh) orasinda uch aziz buzurgvor mashhurdirlar. Birinchisi – Sulton Burhoniddin ibni shayx Alloiddin Sog‘archi. Ikkinchisi – Sayid Burhoniddin Qilich bo‘lib, ul zot Imom Abdullo avlodidandurlar va Dahbed xojalari ul zotning naslidandurlar. Uchinchisi: – “Hidoya”ning sohibi Imom Burhoniddin Siddiqi bo‘lib, ul zotning qabrlari Chokardiza mozoridadir va Xuloku ul zotning nazdida musulmon bo‘lgandur”1 degan ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
Aytib o‘tish joizki O‘zbekiston mustaqillikka erishgach aziz-avliyolar bilan bog‘liq ko‘plab manoqib va nasabnomalar topilib, nashr etilmoqda. Bu avvalo xalqimizning milliy madaniy meroslariga bo‘lgan e’tiborida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bir necha o‘n yillar mobaynida yashirib saqlab kelgan mazkur asarlarni mustaqillik tufayli keng jamoatchilikka havola etishning imkoniyati tug‘ildi. Shu paytga qadar yo‘qolgan deb qaralgan nasabnoma va shajaralarni nafaqat ko‘rish balki ulardan foydalanish uchun ham shart- sharoitlar vujudga keldi. Bunday manoqib va nasabnomalarning yana bir jihati shundaki, ularda nafaqat ma’lum bir avliyoning balki u yashagan davr hamda boshqa mashhur kishilarning hayotiga doir ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan. Jumladan, Burhoniddin Marg‘inoniy nasabini Abu Bakr Siddiqqa borib ulanishi haqidagi muhim ma’lumotlar Abdulhay ibn Abdulfath al- Husayniy qalamiga mansub “Nasabnomai Xoja Ubaydulloh Ahror” (Xoja Ubaydulloh Ahror nasabnomasi) asarida uchraydi. Bu haqda Abdulhay al- Husayniy shunday yozadi:
Sohibi Hidoya”ning nasablari shul tariqadadir: Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljamil ibn Xalil ibn Abu Bakr ibn Muhammad ibn Abdurahim ibn Umar ibn Omir Abu Bakr ibn Abdulloh ibn Qosim ibn Muhammad ibn Amir al-mo‘minin Abu Bakr Siddiq sohibi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Olloh ulardan rozi bo‘lsin!)”2.
Aytish joizki, Burhoniddin Marg‘inoniyga qadar ham Movarounnahr faqihlari orasida Abu Bakr Siddiq avlodlaridan bo‘lgan farg‘onalik ulamolar yashab o‘tganlar.Yoqut Hamaviyning keltirilgan ma’lumotlariga ko‘ra, Ash-Sharif Hamza ibn Ali ibn al-Muhsin ibn Muhammad ibn Ja’far ibn Muso Farg‘onaning Haylam shahridan bo‘lib, al-Haylamiy nomi bilan mahur


1 Abul Hakimi Samarqandiy. Qandiya… – B.67.
2 Xoja Ubaydulloh Ahror.Tabarruk risolalar. Nashrga tayyorlovchilar: Mahmud Hasaniy, Bahriddin Umrzoq, Hamidulloh Amin.T.: Adolat, 2004. – B.278.
bo‘lgan. Yoqut al-Haylamiyni Abu Bakr Siddiq avlodlaridan ekanligini zikr qiladi. Fozil faqihlardan bo‘lgan ushbu zot 1119 yil Samarqandda vafot etgan1.
Darvoqe Burhoniddin Marg‘inoniy ajdodlari haqida so‘z yuritilganda, albatta Marg‘ilon shahridagi Puri Siddiq ziyoratgohi xususida ham to‘xtab o‘tish lozim bo‘ladi. Bizningcha, Burhoniddin Marg‘inoniy ajdodlarini Farg‘ona vodiysiga kelishlari aynan shu ziyoratgohda dafn etilgan zot bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa kerak. Zero, Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrda yuqorida aytib o‘tilganidek Farg‘ona vodiysida xalifa Abu Bakr Siddiqning bir qancha avlodlari yashagan bo‘lib, bu yerda ularning ajdodlari bilan bog‘liq ziyoratgoh ham bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas.
Pur Siddiq mozori (yana boshqa nomlari Puri Siddiq, Fur Siddiq) Marg‘ilon shahri Yo‘rmado‘z mahallasida joylashgan. Ziyoratgohning dastlabki qurilgan davri noma’lum. Biroq avvalgi vaqtlarda maqbara g‘ishtlari orasida Qoraxoniylar davriga oid pishiq g‘ishtlarning mavjud bo‘lganligidan ziyoratgohning dastlabki qurilgan davri XI-XII asrlarga mansub bo‘lsa kerak degan taxminni aytishimizga imkon beradi. Biroq shunisi aniqki, Pur Siddiq mozori temuriylar va o‘zbek xonlari davrida nafaqat Marg‘ilonda balki Movarounnahrda ham mashhur bo‘lgan.
Mashhur boshqird sharqshunosi Zaki Validiy To‘g‘on (1890-1970) keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro xoni Subxonqulixon (1680-1702) tomonidan Pur Siddiq mozoriga vaqf yerlari ajratilgan edi2.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pur Siddiq ziyoratgohi va shu nom bilan ataluvchi masjid va madrasa uchun Pur Siddiq, To‘qsoba mahallasidagi do‘konlar, Oq ariq, Toshloq, Zarkent, Varzak, Qaqir, Boyiston qishloqlaridagi yerlar vaqf qilingan bo‘lib, ulardan yer solig‘i ham olinmagan. Bu haqda Qo‘qon xonlari Madalixon, Xudoyorxon tomonidan Puri Siddiq ziyoratgohi mutavalliylariga maxsus yorliqlar berilgan3.
Davrlar o‘tishi bilan ziyoratgohning atrofida masjid, minora maqbarali hovli, darvozaxona hamda kaptarxonadan iborat bo‘lgan arxitektura kompleksi paydo bo‘lgan4. Shu sababli u xalq o‘rtasida “Kaptarli mozor” deb ham ataladi.


1 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.165.
2 Validov Z. A. Nekotorыe dannыe po istorii Ferganы XVIII- stoletiya // Protokolы zasedaniy i soobщeniya chlenov Turkestanskogo krujka lyubiteley arxeologii. Vыp 2-y T., 1916. S 73.
3Qarang: SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. .№ 3; SGA. Uzbekistan. Fond
№I-19 Op.№ 1, D. № 34746. № 7; SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34746. № 2; SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. № 2; SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. № 6; SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. № 8; SGA. Uzbekistan. Fond
№I-19 Op.№ 1, D. № 34739. № 4; SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. № 11; SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. № 13.
4Rahmatillaev H, Jaborov M. XVIII-XIX asrlarda Marg‘ilonda bunyod etilgan tarixiy majmualar//Marg‘ilon asrlar silsilasida (Respublika ilmiy-amaliy seminar materiallari). Farg‘ona. 2005. – B.72.
Qadimdan Pur Siddiq mozoridagi kaptarlarni ushlash yoki o‘ldirish gunoh hisoblangan.
Odatda qabriston va ziyoratgohlar muqaddas joy hisoblanganligi uchun, bu hududdagi jonzotlar va o‘simliklarga ozor bermay kelingan. Bilaks ularga kishilar har doim g‘amxo‘rlik qilib kelganlar. Shu sababdan ham Pur Siddiq ziyoratgohi majmuasidagi kaptarlarga har davrda g‘amxo‘rlik qilinganligi uchun, kaptarlar bu muqaddas joyni tark etmaganlar. Bu holatni Madinai Munavvaraning Haram yonidagi islom dunyosidagi eng mashhur Jannatul Baqi’ qabristonida ham ko‘rish mumkin.
Naql qilishlaricha, Pur Siddiq dushmanlaridan qochib g‘orga yashiringanlarida kaptarlar qanotlari bilan g‘or og‘zini berkitib turganlar. Shundan so‘ng Pur Siddiq kaptarlar bilan do‘stlashib qolibdi. Kaptarlar ham Pur Siddiq vafotidan so‘ng u bilan birga qolish uchun mozorda yashab qolibdilar. Mozor shu sababdan keyinchalik Kaptarlik mozor nomini olgan ekan1.
Markaziy Osiyodagi mashhur ziyoratgohlarda kaptarlar bilan bog‘liq xalqona qarashlar bir necha asrlik tarixiga ega bo‘lib, har bir ziyoratchi ziyoratga kelgan vaqt shu kaptarlarga don berishi ziyoratning ma’lum bir odatlaridan hisoblangan. Agar ular kaptarlarni cho‘chitmay don bera olsalar, ishlari yurishib, balo-qazodan xalos bo‘ladi deb qaralgan2. Bu yerdagi kaptarlar bilan bog‘liq rivoyat Muhammad payg‘ambar(s.a.v.) bilan g‘orda yashiringan sahoba Abu Bakr Siddiq (r.a.) voqeasini o‘ziga xos talqinlaridan biri bo‘lsa kerak. Chunki, Muhammad payg‘ambar (s.a.v) dushmanlardan yashirinish uchun g‘orga kirishlari bilan sodir bo‘lgan voqeada kaptarlar alohida tilga olingan edi. Bu haqda din va davlat arbobi Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885–1976) “Tarixi Muhammadiy” asarida quyidagilarni bayon etadi:
Payg‘ambarimiz Abu Bakr Siddiq bilan shu kuni qorong‘u kechada Abu Bakr Siddiq uyidin chiqib, Maka atrofidagi tog‘ tomonga qarab yurdilar. Bosgan izlarini bildirmasga oyoq uchlari ila yurar edilar. Yo, Rasulalloh, bunda ziyonlik, zaharlik jonivor bo‘lmasin, siz kirmay turing, men g‘orning ichini tozalab chiqay, deb Abu Bakr Siddiq dastlab g‘orga o‘zlari kirdilar. G‘or ichini arig‘dab (tozalab), teshiklariga ridolarini yirtib tiqdilar... Ertalab turib qarasalar g‘or og‘zida bir tup butog‘lik yog‘och (daraxt) unib chiqmishdur. U yog‘ochga bir juft yovvoyi kaptar kelib uyalib, tuxum solmishdur, buning ustiga o‘rgamchiklar qalin to‘r tortib, g‘or og‘zini qoplamishlar edi. Bundoq xojat vaqtida har turlik mo‘jizalar ko‘rsatib, payg‘ambarlarini quvvatlash Olloh taoloning odatidur. Ammo Quraysh kofirlari bo‘lsa, payg‘ambarimiz haqida qilgan makr-xiyonatlari bo‘shga chiqib, alarning qo‘rqinchlari yana ham ko‘paydi. Har tarafga jar chaqirib, kishi choptirdilar. Muhammadni o‘ldirib, yoki tiriklay tutib keltirguvchilar bo‘lsa, yuz qizil tuklik nor tuya berishlarini hammaga bildirdilar. Quraysh yigitlaridan bir nechalari


1 Dala tadqiqotlari. 2004 yil . Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, O‘qchi mahallasi.
2Abdulahatov N. Farg‘ona ziyoratgohlari // «Buyuk ipak yo‘li va Farg‘ona vodiysi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2004. – B. 54.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling