Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet11/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Arabu-Ajamda mashhur bo‘lgan “Hidoya” kitobi sohibining qabri ham inshoollo o‘sha yerdadur1.
Fikrimizcha vaqtlar o‘tishi bilan Burhoniddin Marg‘inoniy qabri to‘g‘risida turli rivoyatlar paydo bo‘lgan. Masalan, Vasliy Samarqandiyning (1869-1925) “al - Kalomu-l-afham fi manoqibi-l-Imomi-l-A’zam” (Imomi A’zam manoqibiga oid tushunarli so‘zlar) nomli risolasidagi quyidagi ma’lumotlarga e’tibor beraylik:
Janobi faqihi Muhaqqiq ibn Obidin “Durr – ul-muxtor ” hoshiyasi “Radd ul- muxtor”da yozmishlarki, Samarqandda bir mazor bordur. Anda to‘rt yuz Muhammad nomli hanafiy mazhab ulug‘ ulamolarning qabrlari bordur. Har qayulari ahli fatvo, ahli tasnif va tadris erdilar. Alarda ko‘p buyuk ulamo chiqg‘on, to‘la shogirdlar va o‘zga musulmonlar foyda etqon erdilar. Qachonki “Hidoya”ning sohibi olamdan o‘tdilar, shundog‘ zotni o‘shal ulamolar qatorida qo‘ymoq beadablik bo‘lur, deb dafn qilmoqni man qildilar”2. Bizningcha, Vasliy Samarqandiyning bu tarzda ma’lumot keltirishida Burhoniddin Marg‘inoniyning tiriklik vaqtida ayrim shaxslar o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar sabab bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Qolaversa, o‘tgan asrning 40-50-yillarida Chokardiza qabristonini buzib yuborilishi natijasida Sohibi Hidoyaning qabri qaerda joylashganligi to‘g‘risida turli taxminlarni keltirib chiqargan.
Shunday rivoyatlardan biri to‘g‘risida taniqli jurnalist marg‘ilonlik Adham Karimov o‘zining “Islom olamining yo‘lchi yulduzi” nomli maqolasida keltirib o‘tgan edi: “Asli namanganlik bo‘lgan Abdumo‘min qori Berdi o‘g‘li avval Qo‘qon madrasasida ta’lim olgan. U diniy bilimlar qomuschisi va tarixchi bo‘lgan. 1930 yillar boshida dindorlarga uyushtirilgan qatag‘on tufayli Xatirchiga kelib qolgan ulamo edi. Abdumo‘min qachon Samarqandga yo‘li tushsa, albatta Marg‘inoniy qabrini ziyorat qilardi. Ana shunday tashriflarning birida Abdumo‘min qori ko‘hna qabristonni tekislanib borayotganligini ko‘rib, yuragi uvishib ketadi. Shundan keyin Abdumo‘min qori bir necha marta tushida Burhoniddin Marg‘inoniy bilan muloqotda bo‘ladi. Alloma, “hali o‘g‘il ko‘rasan, ismini “Burhoniddin” qo‘yasan. Mening hokimni bu yerdan olib ketgin...”- deyardi har gal. Naql qilishlaricha, haqiqatdan ham, Abdumo‘min qori oilasida o‘g‘il tug‘ildi, uni Burhoniddin deb atadilar. Abdumo‘min qorining ko‘p sayi-harakatlari bilan Burhoniddin al- Marg‘inoniyning suyak va xoklari Samarqanddagi Chokardiza qabristonidan Xatirchi tumaniga olib ketildi”.
Shu o‘rinda Burhoniddin Marg‘inoniyning qabrini aniqlash borasida ko‘pdan beri tadqiqot olib borgan samarqandlik tarixchi Komilxon Kattaevning izlanishlariga alohida to‘xtab o‘tish lozim:
“...Shuni ma’lum qilamizki, ikki buyuk Imom - kalom va aqida ilmining asoschisi Imom Moturidiy (944 y. vafot etgan) hamda fiqhshunoslikning hanafiya mazhabidagi peshvosi va piri Imom Burhoniddin Marg‘inoniy (1197


1 Abul Hakimi Samarqandiy.Qandiya... – B.12.
2Vasliy Samarqandiy. Al - kalomu-l-afham fiy manoqibi-l-imomi-l-a’zam. T., 1991. ––
B.9.
y. vafot etgan)larning dafn etilgan mavzelari Samarqandning Chokardiza qabristonida ekanligini butun islom olami olimlari bir fikrda bo‘lib tasdiqlaganlar.
Va lekin, asrimizning 30-yillariga kelib, Chokardiza qabristoni mustabid tuzum davrida yer bilan tekislanib tashlandi. Natijada qabrlarning ustidan uylar qurila boshlandi.
Ikki allomaning qabrlari haqidagi asosiy ma’lumotlar “Samariya”, “Qandiya” hamda asrimiz boshlaridagi rus olimlarining asarlarida yozilgan ma’lumotlar bo‘lib, mualliflar ushbu Imomlarning qabrlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan ekan.
Bizning hozirgi taxminiy fikrimizga ko‘ra, Imom Moturidiyning qabrlari G‘ijduvon ko‘chasidagi 4-6 son hovlilarda; Imom Burhoniddin Marg‘inoniyning qabrlari esa o‘sha ko‘chadagi 1-son hovlida joylashgandir (ushbu hovlilar viloyat hokimi rahbarligida borib ko‘rildi).
Hozirgacha biror manba qabrlarning aniq nuqtali joyini ko‘rsata olmagani holda biz nimaga asoslanib bu fikrni aytayotirmiz?
Keksa kishilarning, mullalarning og‘zaki guvohliklarini asosiy manba deb qabul qilishimiz mumkin. Chunki, Imomlarning qabrlari bor-yo‘g‘i 60 yil oldin mavjud bo‘lgan. Hozirgi keksalar ularni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan, otalaridan eshitishgan. Shularni hisobga olgan holda Imomlarning qabrlari ushbu ikki hovlida bo‘lishi mumkin, degan 70-80% foizlik fikr bildira olamiz.
2000 yil boshlarida Imom al-Moturidiy va Imom Burhoniddin al- Marg‘inoniylarga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjuman arafasida markaziy matbuotda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rahim Qodirning maqolasi e’lon qilinadi (“O‘zbekiston ovozi” gazetasi 2000 yil 14 mart). Unda muallif Imom Burhoniddin Marg‘inoniyning qabri va suyaklari Samarqandda emas, balki Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ekanligiga o‘quvchini ishontirishga harakat qilgan. To‘g‘ri, Rahim Qodir o‘z maqolasida ushbu satrlar muallifining isbotli dalillariga hurmat bilan qarashini yozgan ersa-da, ammo, Marg‘inoniyning qabri Xatirchi tumanida, deb o‘z fikrida qat’iy turib oldi (yozuvchi do‘stimiz ushbu maqolasini yozishdan oldin ikki karra uyimizga tashrif buyurganida, Imomning qabr joyi Samarqandning Chokardiza mavzeida hozirga qadar turganligini dalillar vositasida isbot qilishga uringan edim)...
O‘rtaga tashlangan muammoni hal qilish uchun Respublika komissiyasi topshirig‘i bilan Samarqand viloyat hokimyati qoshida komissiyasi tuzilib, uning xulosasi quyida aynan keltirilmoqda:
...Samarqand tarixiga oid bir necha mo‘tabar manbalarda, shuningdek, Islom tarixi yoritilgan manbalarda Burhoniddin Marg‘inoniy Samarqand shahridagi Chokardiza qabristonida dafn etilgani qayd etilgan va mazkur qabrning aniq o‘rni ko‘rsatilgan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling